Anorganik kimyo ii
Download 406.07 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vodorod
- Laboratoriya
Ishlatilishi. Xlor suvni dezinfeksiya qilishda, to‘qimachilik va qog‘oz sanoatida oqartiruvchi modda sifatida, xlorid kislota olishda, qishloq xo'jalik zararkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladigan moddalar, masalan, DDT, geksaxloran tayyorlashda, bo'yoq moddalar, dori-darmonlar sintez qilishda, erituvchilar tayyorlashda, xlorli ohak, bertole tuzi olishda ishlatiladi. Erkin holdagi xlorda bo‘g‘uvchanlik xususiyati bo'lgani sababli ko'zdan yosh oqizuvchi (xlorpikrin va b.), qayt qildiruvchi (iprit, lyuizit), nafasni bo‘g‘uvchi (fosgen) kabi zaharli moddalar (ZM) ishlab chiqarishda ishlatiladi. Uning ko‘p qismi xlorid kislota, xlorli ohak, shuningdek, tarkibida xlor bo‘ladigan turli xil kimyoviy birikmalar olishda sarflanadi.
7 | G R A N D Vodorod xlorid rangsiz, o'tkir hidli, zaharli gaz. U bilan nafas olinganida nafas yo‘llarini yallig‘lantiradi va bo‘g‘adi. Nam havoda „tutaydi“, ya’ni havodagi suv bug‘lari bilan birikib, mayda tuman tomchilarini hosil qiladi. Havodan qariyb 1,3 marta og‘ir. Havoda va kislorodda yonmaydi va yonishga yordam bermaydi. 1 l suvda 0 °C temperaturada 500 l vodorod xlorid eriydi. Uning suvdagi eritmasi xlorid kislota deyiladi. Quruq holdagi vodorod xlorid metallarga ta’sir etmaydi. Nam holdagi vodorod xlorid esa faol metallar bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi, organik moddalar bilan reaksiyaga kirishib, tarkibida xlor bo'lgan organik birikmalar hosil qiladi. Laboratoriya sharoitida vodorod xlorid natriy xloridni konsentrlangan sulfat kislota bilan reaksiyasi natijasida olinadi. Bunda vodorod xlorid va nordon tuz (natriy gidrosulfat) hosil bo‘ladi. Bu reaksiya past temperaturada yoki 450 °C gacha isitilganda quyidagi tenglamaga muvofiq boradi: NaCl + H2SO4 = NaHSO4 + HCl𝗍 Agar reaksiya 500 °C dan yuqorida olib borilsa, vodorod xlorid bilan o‘rta tuz Na2SO4 hosil boladi: NaCl + H2SO4 = HCl + NaHSO4 Sanoatda xlorid kislota olish usullari ana shu reaksiyalarga asoslangan. NaCl bilan konsentrlangan H2SO4 orasidagi o‘zaro ta’sir reaksiyasiga asoslangan usul sulfatli usul deyiladi, vodorodning xlorda yonish reaksiyasiga asoslangan usul sintetik usul deyiladi. H2 + Cl2 = 2HCl Ikkala holda ham olingan vodorod xlorid maxsus yuttirish minoralarida suvga yuttiriladi. Gaz suvda ancha to‘liq erishi uchun gaz bilan suv bir-biriga qarama-qarshi harakat qiladi (gaz pastdan yuqoriga, suv yuqoridan pastga). Download 406.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling