Anorganik moddalarning muhim sinflari. Oksid,asos,kislota va tuzlar
Elektron juftlarini beruvchi kation, anion yoki neytral molekulalar Lyuis asoslari deyiladi
Download 302.49 Kb.
|
2-M
Elektron juftlarini beruvchi kation, anion yoki neytral molekulalar Lyuis asoslari deyiladi.
Kislotalar turli belgilariga ko’ra sinflarga bo’linadi: 1) organik (HCOOH, CH3COOH, C2H2O4 va h.z) va anorganik ( HNO3, HCℓ, HCℓO3, H2SO4 va h.z) kislotalar; 2) kislorodli (HNO3, H2CO3, HCℓO4, H3PO4) va kislorodsiz (HCℓ, HBr, HCN, HCNS) kislotalar. Kislorodli kislotalar oksokislotalar deyiladi. Oksidlanish darajasi +3 va undan yuqori bo’lgan elementlar oksokislotalar hosil qiladi. 3) asosliligiga ko’ra kislotalar bir asosli (HNO3, HCℓ, HCℓO3, HCℓO4, HMnO4, HBr), ikki asosli (H2SO4, H2CO3, H2S, H2Se), uch asosli (H3PO4, H3AsO4) va h.k larga bo’linadi. Kislota qoldiqlarining nomi odatda kislota hosil qiluvchi element nomiga - at yoki –it qo’shimchasini qo’shish bilan hosil qilinadi. Masalan: = SVIO4 - sulfat, = SIVO3 – sulfit. Eng muhim oksokislota va ular kislota qoldiqlarining formulasi va nomi
• Oksokislotalarda vodorod kislorod atomi orqali kislota hosil qiluvchi element atomi bilan bog’langan bo’ladi. Ayni shunday vodorod atomlari kislotalarning asosligini belgilaydi. Ba’zi kislotalarda vodorod atomi kislota hosil qiluvchi element atomi bilan bevosita bog’langan bo’ladi. Bunday vodorod atomlari metall ionlariga almashinmaydi va kislotaning asosliligini aniqlamaydi (belgilamaydi): Masalan: H3PO4 H3PO3 H3PO2 Kislotaning asosliligi: 3 2 1 Organik kislotalarda kislotalilik molekula tarkibida vodorod atomlarining umumiy soni bilan emas, balki karboksil (-COOH) guruhlar soni bilan aniqlanadi: bir asosli ikki asosli. Bir negizli (asosli) kislotalar faqat o’rta tuzlar, ko’p negizli kislotalar esa o’rta va nordon tuzlar hosil qiladi. Ko’p asosli kislotalar bosqichli dissotsilanadi va bir necha xil (o’rta va nordon) tuzlar hosil qiladi: H2CO3 → HCO + H+; HCO CO + H+ H3PO4 esa uch xil (fosfat, gidrofosfat va digidrofosfat) tuz hosil qiladi. (HPO ) (H3PO4) (H2 PO ) gidrofosfat ortofosfat digidrofosfat kislota 5. Kislotalar barqarorligiga ko’ra: a) beqaror (H2SO3, H2CO3, HCℓO, HCℓO2 va h.k. bunday kislotalar suvli suyultirilgan eritmalardagina mavjud bo’la oladi); b) barqaror (H2SO4, tqay=296,50C) kislotalarga bo’linadi. 6. Suvda eruvchanligiga ko’ra: a) eriydigan (HNO3, H3PO4) va b) erimaydigan (SiO2∙nH2O; H2MoO4) kislotalarga bo’linadi. 7. Suv va kislota qoldig’i nisbatiga ko’ra –orto, -meta va –piro kislotalarga bo’linadi, ularning tarkibi o’zgaruvchan bo’ladi: H2O : ExOu > 1 bo’lsa, orto kislota (Masalan; = 3:1) H3PO4 H2O : ExOu = 1 bo’lsa, meta kislota (Masalan; = 1:1) HPO3 H2O : ExOu < 1 bo’lsa, piro kislota ( H4P2O7, H2S2O7 va h.z) Piro kislotalar orto kislotalardan suvning ajralishi natijasida: 2H3PO4 H4P2O7 + H2O Yoki kislotalarda kislota oksidi eritilganda H2SO4 + SO3 = H2S2O7 hosil bo’ladi. Ba’zi kislotalarda suv va kislota oksidi nisbatlari kislotaning olinish usuliga bog’liq bo’ladi: xSiO2∙yH2O; xSnO2∙yH2O; xTiO2∙yH2O va h.k. Bunday kislotalar kolloid eritma holida uchraydi. Download 302.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling