Anorganik moddalarning muhim sinflari. Oksid,asos,kislota va tuzlar
Download 302.49 Kb.
|
2-M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Galogenidlar
Gidridlarning olinishi
2Me + H2 = 2MeH (Me = Li, Na, K) Me + H2 = MeH2 (Me = Mg, Ca) Nomlanishi: Element nomiga „gidrid” so’zi qo’shiladi: CaH2-kalsiy gidrid; FeH2-temir (II) gidrid; NaH-natriy gidrid; va h.k. IV va V guruhning asosiy guruhcha elementlari hosil qilgan gidridlar maxsus nom bilan nomlanadi: SiH4- silan; Si3H8- trisilan; SbH3-stibin, AsH3-arsin, BiH3-vismutin, PH3-fosfin, As2H4- diarsin, BH3-boran, B2H6-diboran, B5H11-pentaboran va h.k. Galogenidlar –galogenlar (F, Cℓ, Br, I) ning elektromanfiyligi kichik bo’lgan elementlar bilan hosil qilgan birikmalari. Past (+1, +2, ba’zan +3) oksidlanish darajasiga ega bo’lgan metallarning xloridlari – ion kristall panjarali qattiq moddalar bo’lib, yuqori temperaturada suyuqlanadigan va suvda yaxshi eriydigan moddalardir. Oraliq metallarning yuqori oksidlanish darajasiga ega bo’lgan galogenidlari molekulyar kristall panjarali kovalent birikmalar bo’lib, suyuqlanish temperaturasi past, organik erituvchilarda eriydigan va suv ta’sirida gidrolizlanadigan moddalardir. Elementlarning galogenli birikmalarida elementlarning maksimal valentligi galogenga nisbatan F-Cℓ-Br-I qatorida chapdan o’ngga o’tgan sari kamayadi. Masalan, SF6 mavjud, ammo SCℓ6 mavjud emas, shuningdek PF5, PCℓ5 mavjud bo’lgani holda PBr5, PI5 , PBr3, PI3 lar mavjud emas. Kovalent bog’lanishli (ba’zi p va d-elementlarning galogenidlari) galogenidlar „ko’prikli” polimer tuzilishli zanjirlar hosil qiladi: Alyuminiy xlorid faqatgina 7000C dan yuqori haroratda AℓCℓ3 holida, undan past temperaturada esa polimer ko’rinishda mavjud: Temir (III) xlorid bilan ham xuddi shunday reaksiyalarni yozish mumkin. Galogenidlarning ionli yoki kovalent tabiatga ega bo’lishi elementning oksidlanish darajasiga ham bog’liq. Masalan: FeCℓ2 ionli tabiatga ega bo’lsa, FeCℓ3 kovalent xarakterga ega. PbCℓ2 ionli tabiatga PbCℓ4 esa kovalent tabiatga ega va h.k. Metallmaslarning galogenidlari suyuq yoki gaz holidagi kovalent bog’lanishli birikmalardir. Trigonal bipiramida shakliga ega bo’lgan sp3d – gibridlangan ba’zi galogenidlarning tuzilish formulalari quyida berilgan: PF5 SF4 CℓF3 (ArF2) AsF5 SeF4 BrF3 KrF2 SbF5 TeF4 IF3 XeF2 Tipik metallmaslarning galogenidlari (CCℓ4; SF6; NI3 va h.k) suvda kam eriydi va amalda gidrolizlanmaydi. Ba’zi galogenidlar (HgCℓ2, CdI2, PtCℓ4, AuCℓ3 va shunga o’xshashlar) suvda eriydi, ammo amalda dissotsilanmaydi va shuning uchun gidrolizga uchramaydi. Download 302.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling