a) gidrolizlanganda metan hosil qiluvchi karbidlar. Bu guruh karbidlariga Be2C va Aℓ4C3 larni kiritish mumkin:
Aℓ4C3 + 12H2O → 3CH4↑ + 4Aℓ(OH)3↓
Be2C + 4H2O → 2Be(OH)2↓ + CH4↑
b) gidrolizlanganda atsetilen hosil qiluvchi karbidlar. Bu guruh karbidlari (atsetilenidlari) ga Na2C2, K2C2, CaC2, SrC2, BaC2, Cu2C2 va Ag2C2 kiradi :
: -C ≡ C-: + 2H2O → CH ≡ CH + 2OH-
Cu2C2 va Ag2C2 suvda gidrolizlanmaydi, ammo xlorid kislota ta’sirida atsetilen hosil qilib parchalanadi.
Quruq holatda mis (I) va kumush atsetilenidlar qizdirilganda yoki ozgina ta’sir natijasida kuchli darajada portlaydi.
d) gidrolizlanganda atsetilen va to’yinmagan uglevodorodlar hosil qiluvchi karbidlar. Lantanoidlar ( LaC2, CeC2, PrC2, NdC2) ning hamda uran (UC2) va toriyning (ThC2) karbidlari bunday karbidlarga misol bo’ladi.
• Magniy karbid Mg2C3 gidrolizlanganda propin hosil bo’ladi. MgC2 gidrolizlanganda atsetilen hosil bo’ladi.
• Sementit Fe3C gidrolizlanganda esa suyuq va qattiq uglevodorodlar va erkin uglerod hosil qiladi.
Rux, kadmiy, simob, galliy, indiy, germaniy, qalay, qo’rg’oshin va talliylar karbid hosil qilmaydi.
B4C va B13C2 tarkibli karbidlar juda qattiq moddalar bo’lib, ulardan yuqori temperaturada suyuqlanadigan charxtoshlar tayyorlanadi. Ular qattiqligi jihatdan olmosdan keyingi o’rinda turadi. SiC (karborund) ham shunday xossaga ega. Titan, sirkoniy, gafniy, vanadiy, niobiy va tantal karbidlari juda qattiq va issiqlikka chidamlidir.
Platina guruhi elementlarida uglerod eriydi, ammo individual (sof) birikmalar ajratib olinmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |