Anorganik moddalarning muhim sinflari. Oksid,asos,kislota va tuzlar
Download 302.49 Kb.
|
2-M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Intermetallidlar
Karbidlarning olinishi:
2Me + 2C = Me2C2 (Me = Li, Na); 2Be + C = Be2C Me + 2C = MeC2 (Me = Ca, Sr, Ba); 4Al + 3C = Al4C3; Si + C = SiC Nomlanishi: Aℓ4C3-alyuminiy karbid; TaC- tantal karbid; CaC2 –kalsiy karbid; Mg2C3-magniy karbid va h. k… Intermetallidlar- ikki yoki undan ortiq metallarning kimyoviy birikmasi. Masalan: Mg2Sn2, KNa2, AuCu3, Na3Pb7, CuZn3 Intermetall birikmalar suvda erimaydi, ammo ularning ba’zi vakillari suvsiz erituvchilarda (Masalan: NH3 da) eriydi. Bunda ular elektrolitlar kabi erish jarayonida ionlar hosil qilib, almashinish reaksiyasiga kirishadi: 2Ca(NO3)2 + K4Pb = Ca2Pb + 4KNO3; 4Zn(CN)2 + 10Na = 2NaZn4 + 8NaCN Intermetall birikmalarning eritmalari yoki suyuqlanmalari elektroliz qilinganda elektromanfiyligi katta bo’lgan metall anodda, elektromanfiyligi kichik bo’lgan metall esa katodda ajralib chiqadi. Masalan: Na4Pb9 ning ammiakdagi eritmasi elektroliz qilinganda katodda natriy, anodda qo’rg’oshin ajralib chiqadi. Suvsiz erituvchilarda erigan metallar o’zaro reaksiyaga kirishib intermetall birikmalar hosil qiladi. 4Na + 9Pb = Na4Pb9; 3Na + 7Sb = Na3Sb7; 3Na + 7Bi = Na3Bi7 Metallar va metall qotishmalari metall kristall panjara hosil qiladi. Metall kristall panjarali moddalar o’zgaruvchan tarkibli bo’ladi. Shuning uchun ularga bertollidlar deyiladi. Eng past (minimal) suyuqlanish temperaturasiga ega bo’lgan ikki yoki undan ortiq moddalardan iborat aralashma evtektik qotishma deyiladi. Masalan: qalay va qo’rg’oshin 1830C dan past temperaturada suyuqlanadigan evtektik qotishma hosil qiladi. Qandaydir tuz va suvdan hosil bo’lgan evtektik aralashma kriogidrat deyiladi. Masalan: NaCl va suv -21,20C da muzlaydigan kriogidrat hosil qiladi. Silitsidlar - kremniyning metallar va metallmaslar bilan hosil qilgan birikmalari. Kremniy uglerod va bor bilan 20000C da reaksiyaga kirishib SiC va SiB3 tarkibli silitsidlar hosil qiladi. Barcha metallar bilan kremniy yuqori temperaturada reaksiyaga kirishib silitsidlar hosil qiladi. Faqatgina Na, K, Rb, Cs, Aℓ, Sn, Pb, Ag, Au, Zn, Cd va simobning silitsidlari olingan emas. Umuman IIIA va IVA guruh metallari hamda barcha p- metallar kremniy bilan birikma hosil qilmaydi. s- elementlarning silitsidlari suv va suyultirilgan oksidlovchilik xossasiga ega bo’lmagan kislotalar ta’sirida silan va uning gomologlarini hosil qilib parchalanadi. Oraliq metallarning silitsidlari issiqlikka chidamli. Hattoki, yuqori temperaturada ham oksidlanishga barqaror birikmalar bo’lib, oksidlovchilik xossasiga ega bo’lmagan kislotalar ularga ta’sir etmaydi. • Ko’pgina binar birikmalar suv bilan to’liq reaksiyaga kirishadi. Gidrolizlanishi natijasida oksidlanish darajalari o’zgarmaydi. Ammo gidridlar qaytaruvchi sifatida reaksiyaga kirishadi. Nadperoksidlar esa dismutatsiya reaksiyasiga kirishadi: PCl5 + 4H2O = H3PO4 + 5HCl; SiBr4 + 2H2O = SiO2↓ + 4HBr P2S5 + 8H2O = 2H3PO4 + 5H2S↑; SiS2 + 2H2O = SiO2↓ + 2H2S Mg3N2 + 8H2O = 3Mg(OH)2 ↓ + 2NH4OH; Na3N + 4H2O = 3NaOH + NH4OH Be2C+4H2O=2Be(OH)2↓+CH4↑; MeC2+2H2O=Me(OH)2+C2H2↑ (Me=Ca, Sr, Ba) Al4C3 + 12H2O = 4Al(OH)3↓ + 3CH4; MeH + H2O = MeOH + H2 (Me = Li, Na, K) MgH2 + 2H2O = Mg(OH)2↓ + H2↑; CaH2 + 2H2O = Ca(OH)2 + H2↑ Na2O2 + 2H2O = 2NaOH + H2O2 2MeO2 + 2H2O = 2MeOH + H2O2 + O2 ↑ (Me = K, Rb, Cs) • Ba’zi binar birikmalar suv ta’siriga chidamli bo’lib, suv bilan ta’sirlashmaydi (gidrolizlanmaydi). Masalan: SF6, NF3, CF4, CS2, AlN, Si3N4, SiC, Li4Si, Mg2Si va Ca2Si. Download 302.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling