Oksidlarning fizikaviy xossalari: Oksidlarning suyuqlanish va qaynash temperaturalari juda keng oraliqda o’zgaradi. Xona temperaturasida kristall panjaralarining turiga qarab ular turli xil agregat holatda bo’lishi mumkin. Bu esa ulardagi kimyoviy bog’lanish tabiatini (ionli yoki qutbli kovalent) aniqlaydi.
Molekulyar kristall panjarali oksidlar xona temperaturasida suyuq yoki gaz holatda bo’ladi. Molekulaning qutbliligi ortishi bilan ularning suyuqlanish va qaynash temperaturalari ortadi.
Ba’zi oksidlar - CaO, BaO va boshqalar qattiq moddalar bo’lib, ular juda yuqori (t>10000C) temperaturada suyuqlanadi.
Bir qancha oksidlar (Aℓ2O3, SiO2, TiO, BeO) qutbli kovalent bog’lanishli birikmalar bo’lsa ham, ular juda yuqori temperaturada suyuqlanadi. Bu ularning atomlari kislorod atomlari bilan bir necha „ko’prik” hosil qilishi bilan tushuntiriladi:
Oksidlar xossalarining o’zgarish qonuniyatlari: Elementning oksidlanish darajasining ortishi va ularning ion radiuslari kamayishi (bunda O-2 ionining effektiv zaryadi kamayadi) bilan oksidning kislotalik xossasi ortadi. Bu esa oksidlarning asosli, amfoter va kislotali xossalari ma’lum qonuniyatlar bilan o’zgarishini tushuntiradi. Davrlarda elementning tartib raqami ortishi bilan ularning kislotalik xossalari va ular hosil qilgan kislotalarning kuchi ortib boradi:
Na2O MgO Aℓ2O3 SiO2 P4O10 SO3 Cℓ2O7
asosli asosli amfoter kislotali kislotali kislotali kislotali
Guruhlarda yuqoridan pastga tushgan sari oksidlarning va ular hosil qilgan gidroksidlarning asos xossalari ortib boradi.
Element atomlarining oksidlanish darajasi ortishi bilan ular hosil qilgan oksidlarining kislotalik xossalari ortadi:
CrO Cr2O3 CrO3 MnO MnO2 MnO3 Mn2O7
Asosli amfoter kislotali asosli amfoter kislotali kislotali
oksid oksid oksid oksid oksid oksid oksid
Do'stlaringiz bilan baham: |