Anorganik moddalarning muhim sinflari. Oksid,asos,kislota va tuzlar


Download 302.49 Kb.
bet7/18
Sana19.06.2023
Hajmi302.49 Kb.
#1619341
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
2-M

Oksidlar-biri kislorod bo’lgan ikki elementdan tashkil topgan murakkab moddalar. Umumiy formulasi: EmOn
Oksidlar gaz (CO2, SO2, NO2), suyuq (SO3, N2O4) va qattiq (K2O, Aℓ2O3, P2O5) holatlarda bo’ladi.
Oksidlar kimyoviy xossalariga ko’ra ikkiga bo’linadi:

Suvda erish-erimasligiga ko’ra suvda eriydigan (ishqoriy va ishqoriy-yer metallarining oksidlari) va suvda erimaydigan (qolgan barcha metallarning oksidlari) oksidlarga bo’linadi. SiO2 dan tashqari barcha kislotali oksidlar suvda eriydi.
Tuz hosil qiladigan oksidlar ham o’z navbatida 3 ga bo’linadi:
1) asosli oksidlar- Na2O, K2O, MgO, CaO, CuO, FeO, CrO va h.k.
Asosli oksidlarning gidratlari asoslar hisoblanadi:



Faqatgina metallar asosli oksidlar hosil qiladi. Metallmaslar asosli oksid hosil qilmaydi.
2) amfoter oksidlar- BeO, ZnO, Aℓ2O3, Cr2O3, H2O, Fe2O3, SnO2, MnO2 va h.z.
Amfoter oksidlarga amfoter gidroksidlar mos keladi.



Amfoter oksidlarni metallar hosil qiladi. Metallmaslar amfoter oksidlar hosil qilmaydi.
3) kislotali oksidlar- SO2, SO3, SiO2, CO2, Cℓ2O7, MnO3, Mn2O7, CrO3 va h.k.
Kislotali oksidlarning gidratlari kislotalar hisoblanadi. Masalan:



V, VI va VII valentli metallar kislotali oksidlar hosil qiladi. Masalan, V2O5 → HVO3; MnO3 → H2MnO4; Mn2O7 → HMnO4; CrO3 → H2CrO4 (H2Cr2O7); WO3 → H2WO4 va h.k.
Umuman olganda kislotali oksidlarni barcha metallmaslar (F, He, Ne, Ar, Kr dan tashqari) va yuqori oksidlanish darajada (+5, +6, +7) turgan (V2O5, CrO3, Mn2O7, MnO3 va h.k) metallar hosil qiladi.
Tuz hosil qilmaydigan oksidlar ham o’z navbatida 3 ga bo’linadi:

Download 302.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling