Anorganik moddalarning muhim sinflari. Oksid,asos,kislota va tuzlar
Download 302.49 Kb.
|
2-M
Anorganik moddalarning muhim sinflari. Oksid,asos,kislota va tuzlar. Hozirgi vaqtda anorganik moddalarning soni yuz mingdan ortiq. Anorganik moddalar kimyoviy tarkibi va xossalariga ko’ra oddiy va murakkab moddalarga bo’linadi. Bir xil element atomlaridan tashkil topgan moddalar oddiy moddalar deyiladi. Har xil element atomlaridan tashkil topgan moddalar murakkab moddalar deyiladi. Murakkab moddalar ham o’z navbatida 4 ga bo’linadi: 1) binar birikmalar; 2) kislotalar; 3) asoslar; 4) tuzlar. Binar birikmalar-ikki xil element atomlaridan tashkil topgan bo’ladi:
Gidridlar- vodorodga nisbatan elektromanfiyliklari kichik bo’lgan metall va metallmaslarning vodorod bilan hosil qilgan birikmalaridir. • Aktiv metallarning gidridlari suv ta’sirida gidroksidlar hosil qilib parchalanadigan qattiq tuzsimon birikmalardir. • Ishqoriy va ishqoriy-yer metallari ionli gidridlar hosil qiladi. • Oraliq metallarning gidridlari – qattiq, mo’rt, metallga o’xshash fazali hamda doimiy tarkibga ega bo’lmagan moddalardir. • Oraliq metallar, lantanoid va aktinoidlar magnit xossalariga ega bo’lgan metallsimon gidridlar hosil qiladi. Davrlarda va guruhlarda oraliq metallarning tartib raqami ortishi bilan gidridlarda vodorodning miqdori kamayib boradi. • Metallsimon gidridlar gomogenligi va tarkibining o’zgaruvchanligi bilan xarakterlanadi. • Metallmaslarning gidridlari kovalent birikmalar bo’lib, ularning ko’plari gazsimon, suv ta’sirida kislotalar hosil qilib parchalanadi. • IV-VII guruhlaring qo’shimcha guruhcha elementlari, shuningdek Be, Aℓ, Ga, Ge, Sn, Sb va boshqalar kovalent bog’lanishli polimer gidridlar hosil qiladi. Ularning gidridlari odatdagi sharoitda qattiq, uchuvchan emas, qutbsiz erituvchilarda erimaydi. • Faqatgina borning elektronodefitsit (elektron taqchil) polimer gidridlari uchuvchandir. Uchuvchan vodorodli birikmalarning termik barqarorligi guruhlarda yuqoridan pastga tushganda va davrlarda chapdan o’ngga o’tganda kamayadi. Masalan: PbH4, PoH2 va AtH olingan emas, BiH3 esa hosil bo’lishidayoq parchalanadi. Uchuvchan gidridlarda bog’ning qutbliligi davrlarda chapdan o’ngga (IV A dan VII A ga) o’tganda ortadi, guruhlarda esa yuqoridan pastga tushganda kamayadi. Bog’larning mustahkamligi va qutbliligi o’zgarishi bilan uchuvchan vodorodli birikmalarning suvga munosabati, shuningdek kislota – asosli xossalari ham o’zgaradi. Bog’ qancha kuchsiz va qutbli bo’lsa, suvli eritmalarda shuncha kuchli dissotsilanadi. VA guruh elementlarining gidridlari suvda yaxshi eriydi va suv bilan ta’sirlashuv mahsulotlari asoslar kabi dissotsilanadi: EH3 + H2O ↔ EH OH- Qutbliligi yuqori bo’lgan gidridlar H2S, H2Se va H2Te suvda eritilganda kislota tipi bo’yicha dissotsilanadi: H2S ↔ H++ HS- yoki H2O + H2S ↔ H3O+ + HS- Guruhlarda yuqoridan pastga tushgan sari gidridlarning kislotalik xossalari ortadi. Ionli gidridlar kovalent gidridlar bilan birikib, kompleks gidridlarni (Li[AℓH4], Na[BH4] , Li[GaH4], U[BH4 ]4) hosil qiladi. 4LiH + AℓCℓ3 → Li[AℓH4] +3LiCℓ 2LiH + B2H6 → 2LiBH4 va boshqalar. Demak, vodorod to’rt xil: ionli, kompleks, kovalent va singdirilgan birikmalar tipidagi gidridlar hosil qiladi. Download 302.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling