Anorganik moddalarning muhim sinflari. Oksid,asos,kislota va tuzlar


Download 302.49 Kb.
bet4/18
Sana19.06.2023
Hajmi302.49 Kb.
#1619341
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
2-M

Xalkogenidlarning olinishi
2Me + S = Me2S (Me = Li, Na, K, Rb, Cs, Ag)
Me + S = MeS (Me = Be, Mg, Ca, Sr, Zn, Mn, Fe, Co, Ni)
2Me + 3S = Me2S3 (Me = Al, Cr, Ga)
3Cu + 2S → Cu2S + CuS (aralashma hosil bo’ladi)
2As + 3S = As2S3; 2E + 5S = E2S5 (E = P, As); E + 2S = ES2 (E = C, Si)
Nomlanishi:
Na2S-natriy sulfid, Cu2Se-mis(I) selenid, CS2- uglerod sulfid, P2S5- fosfor (V) sulfid, K2Te- kaliy tellurid, H2Se-vodorod selenid, H2Te- vodorod tellurid.
Nitridlar–elektromanfiyligi past bo’lgan elementlarning azot bilan hosil qilgan birikmalari. Oraliq metallarning nitridlari metallga o’xshash, yuqori temperaturaga chidamli juda qattiq, o’zgaruvchan tarkibli birikmalardir.
Nitridlarning olinishi:
3H2 + N2 ↔ 2NH3; 6Me + N2 = 2Me3N (Me = Li, Na, K);
3Me + N2 = Me3N2 ; (Me = Be, Mg, Ca); 2Al + N2 = 2AlN ;
3Si + 2N2 = Si3N4
Nomlanishi: V3N-vanadiy nitrid, Mg3N2- magniy nitrid, Cℓ3N – xlor (I) nitrid, BN- bor nitrid (oq grafit), NH3-ammiak (vodorod nitrid), N2H4- gidrazin, HN3-vodorod azid. Vodorod azidning suvli eritmasi kislotali xossaga ega bo’lib, azid kislota deb nomlanadi. Uning hosilalariga azidlar deyiladi: LiN3-litiy azid, Pb(N3)2-qo’rg’oshin azid.
Fosfidlar-fosforning elektromanfiyligi kichik bo’lgan elementlar bilan hosil qilgan birikmalari.
Metallmaslarning ba’zi fosfidlari kovalent birikmalar bo’lib ular gaz holida bo’ladi. Metallarning fosfidlari esa qattiq moddalardir.
Ishqoriy va ishqoriy –yer metallarining fosfidlari qattiq, tuzlarga o’xshash, oson gidrolizlanadigan moddalardir.
Oraliq metallarning fosfidlari esa metallga o’xshash, qiyin eriydigan, kimyoviy aktivligi kam moddalardir.
Nomlanishi:
Ca3P2-kalsiy fosfid; Fe3P2-temir (II) fosfid; K3P- kaliy fosfid; H3P (PH3)-vodorod fosfid; H4P2-vodorod perfosfid.
Karbidlar- elementlarning uglerod bilan hosil qilgan birikmalari.
• Metallmaslarning karbidlari –kovalent bog’lanishli birikmalar bo’lib, polimer tuzilishli bo’ladi.
Ular juda qattiq, qiyin suyuqlanadigan, kimyoviy jihatdan inert birikmalardir.
• Oraliq metallarning karbidlari ham xuddi shunday xossalarga ega bo’lgan, metallga o’xshash, o’zgaruvchan tarkibli birikmalardir.
• Ishqoriy va ishqoriy-yer metallarining, alyuminiy hamda lantanoidlarning karbidlari –qattiq, tuzlarga o’xshash moddalar bo’lib, suv ta’sirida oson parchalanadi.
Elektromanfiyligi kichik bo’lgan metallar ionli karbidlar hosil qiladi. Ularning kristallari rangsiz va tiniq bo’lib, ular odatdagi temperaturada elektr tokini o’tkazmaydi.
Uglerod ionlari eritmada mavjud bo’lmaganligi sababli ionli karbidlar suv yoki suyultirilgan kislotalar ta’sirida uglevodorodlar hosil qilib parchalanadi.
Shunga ko’ra ionli karbidlar 3 ta katta guruhga bo’linadi:


Download 302.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling