Anorganik moddalarning muhim sinflari. Oksid,asos,kislota va tuzlar


Download 302.49 Kb.
bet8/18
Sana19.06.2023
Hajmi302.49 Kb.
#1619341
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
2-M

1) indeferent (inert, befarq) oksidlar:
Befarq oksidlar: CO, NO, N2O, SiO, S2O, SO
Befarq oksidlarga hech qanday kislota yoki asos mos kelmaydi.
2) tuzsimon (qo’sh) oksidlar: Fe3O4, Mn3O4, Mn2O3, Pb3O4, Pb2O3, NO2 (MgAl2)O4; (CaTi)O3 va h.k.
Tuzsimon oksidlar tarkibida bir metall atomining turli xil oksidlanish darajasiga ega bo’lgan atomlari bo’ladi. Masalan:
Pb3O4 ≡ 2PbO ∙ PbO2; Pb2O3 ≡ PbO∙ PbO2
Fe3O4 ≡ FeO ∙ Fe2O3; Mn2O3 ≡ MnO ∙ MnO2 ; Mn3O4 ≡ MnO2 ∙ 2MnO
Tuzsimon oksidlarning tuzilish formulalarini quyidagicha yozish mumkin:
Fe3O4 ≡ (FeO ∙ Fe2O3) O=Fe-O-Fe-O-Fe=O
Fe3O4 ni asosli oksid hisoblangan FeO bilan amfoter oksid Fe2O3 ning o’zaro ta’sirlashuvidan hosil bo’lgan modda sifatida qarash mumkin.


Pb2O3 va Pb3O4 larda qo’rg’oshin +2 va +4 oksidlanish darajalariga ega. Shuning uchun orto va meta kislotalar tuzi sifatida qarash mumkin: Pb(PbO3) –metaplyumbat kislota tuzi, Pb2(PbO4)-ortoplyumbat kislota tuzi.
Metaalyuminatlar Me(AℓO2)2(shpinellar), shuningdek gausmanit Mn3O4 va magnetitlar kristall panjaralarida kislotalarga mos keluvchi atomlar guruhlari yo’q, shuning uchun ularni qo’sh yoki aralash oksidlar deb atash to’g’ri bo’ladi.
3) peroksidlar ( tarkibida –O-O- bog’lar bo’ladi.), nadperoksidlar (KO2) va ozonidlar (KO3). Na2O2-natriy peroksid, Na-O-O-Na, KO2 –kaliy nadperoksid va ozonid .
OF2; O2F2 lar ftor oksidi emas, balki kislorod ftoridi deyiladi. Ularda kislorodning oksidlanish darajasi: O+2F ; O F

Download 302.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling