Anorganik moddalarning muhim sinflari. Oksid,asos,kislota va tuzlar


Asosli oksidlarning kimyoviy xossalari


Download 302.49 Kb.
bet10/18
Sana19.06.2023
Hajmi302.49 Kb.
#1619341
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
2-M

Asosli oksidlarning kimyoviy xossalari: asoslarga mos keladigan oksidlar asosli oksidlar deyiladi. Metallarning +1 va +2 oksidlanish darajasiga ega bo’lgan oksidlari asosli oksidlardir.
1) asosli oksidlar kislotalar bilan reaksiyaga kirishib tuz va suv hosil qiladi:
Asosli oksid + kislota = tuz + suv
MgO + 2HCℓ = MgCℓ2 + H2O CuO + H2SO4 = CuSO4 + H2O
MgO + 2H+ = Mg+2 + H2O CuO + 2H+ = Cu+2 + H2O
Na2O + 2HNO3 = 2NaNO3 + H2O
Na2O + 2H+ = 2Na+ + H2O
2) asosli oksidlar kislotali oksidlar bilan reaksiyaga kirishib tuz hosil qiladi:
Asosli oksid + kislotali oksid = tuz
CaO + CO2 = CaCO3; 3Na2O + P2O5 = 2Na3PO4
3) ishqoriy va ishqoriy-yer metallarining oksidlari suv bilan reaksiyaga kirishib, asos(ishqorlar) hosil qiladi:
Oksid + suv = ishqor
K2O + H2O = 2KOH, BaO + H2O = Ba(OH)2
Kislotali oksidlarning kimyoviy xossalari: Kislotalarga to’g’ri keladigan oksidlar – kislotali oksidlar deyiladi.
• Tipik metallmaslardan faqatgina S, Se, P, As, C va Si lar havoda yondirilganda SO2, SeO2, P2O5, As2O3, CO2 va SiO2 tarkibli oksidlar hosil qiladi.
• Cl2O, Cl2O7, I2O5, SO3, SeO3, N2O3, N2O5 va As2O5 larni yuqoridagi oksidlar kabi tegishli metallmaslarni havoda yoqib olib bo’lmaydi. Ular boshqa usullar yordamida olinadi.
NO2 va ClO2 larga mos keluvchi kislotalar yo’q. Ammo ular suv va ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib, 2 xil kislota yoki kislota tuzlarini hosil qiladi:
2NO2 + 2NaOH = NaNO2 + NaNO3 + H2O
2ClO2 + H2O sovuq = HClO2 + HClO3
2ClO2 + 2NaOH sovuq = NaClO2 + NaClO3 + H2O

Download 302.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling