Anorganik moddalarning muhim sinflari. Oksid,asos,kislota va tuzlar
Amfoter oksid + kislota = tuz + suv
Download 302.49 Kb.
|
2-M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amfoter oksidlar + ishqor = tuz + suv
- Amfoter oksid + kislotali oksid tuz
- Amfoter oksid + asosli oksid tuz
- Oksidlarning olinishi
- 12.11. Gidroksidlar Gidroksidlar
- 12.12. Kislotalar
Amfoter oksid + kislota = tuz + suv
ZnO + 2HNO3 = Zn(NO3)2 + H2O Aℓ2O3 + 3H2SO4 = Aℓ2(SO4)3 + 3H2O 2) Amfoter oksidlar ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib tuz va suv hosil qiladi. Amfoter oksidlar + ishqor = tuz + suv ZnO + 2NaOH = Na2ZnO2 + H2O; Aℓ2O3 + 6KOH = 2K3AℓO3 + 3H2O 3) Amfoter oksidlar qizdirilganda kislotali oksidlar bilan reaksiyaga kirishib tuz hosil qiladi: Amfoter oksid + kislotali oksid tuz ZnO + CO2 ZnCO3, Aℓ2O3 + 3SO3 Aℓ2(SO4)3 4) Amfoter oksidlar qizdirilganda asosli oksidlar bilan reaksiyaga kirishib tuz hosil qiladi. Amfoter oksid + asosli oksid tuz ZnO + Na2O Na2ZnO2 BeO + K2O K2BeO2 • Tuzsimon oksidlar kislotalar bilan reaksiyaga kirishganda ikki xil tuzlar aralashmasi hosil bo’ladi (shuning uchun tuzsimon oksidlarni qo’sh oksidlar deb ham atash mumkin): Fe3O4 + 4H2SO4 → Fe2(SO4)3 +FeSO4 + 4H2O Mn3O4 + 8HNO3 → 2Mn(NO3)2 + Mn(NO3)4 +4H2O Oksidlarning olinishi: Oksidlar turli xil usullar bilan olinadi. 1) Oddiy moddalarning (oltin, platina va inert gazlardan tashqari) kislorod bilan o’zaro ta’sirlashuvi: S + O2 = SO2, 2Ca + O2 = 2CaO, 4Li + O2 = 2Li2O Na havoda, yonganda peroksid K, Rb, Cs, Ba lar, nadperoksidlar hosil bo’ladi; 2Na + O2 = Na2O2 yoki K + O2 = KO2 Bu metallarning oksidlari ularning peroksidlariga tegishli metallarni ta’sir ettirib yoki ularni termik parchalab olinadi: Na2O2 + 2Na = 2Na2O yoki 2BaO2 2BaO + O2 2) Binar birikmalarni yoqib olinadi: 4FeS2 + 11O2 = 2Fe2O3 + 8SO2; 2CuSe + 3O2 = 2CuO + 2SeO2 4PH3 + 8O2 = P4O10 + 6H2O → 4H3PO4; CS2 + 4O2 = CO2 + 2SO3 2Ca3P2 + 8O2 = 6CaO + P4O10. 3) Tuzlarni parchalab olinadi: a) karbonatlarni parchalash: CaCO3 CaO + CO2↑; umumiy holda MeCO3 MeO + CO2; • Ishqoriy metallarning karbonatlari (Li2CO3 dan tashqari) qizdirilganda parchalanmasdan suyuqlanadi: Li2CO3 Li2O + CO2↑ Me2CO3 parchalanmasdan suyuqlanadi. Na2CO3 parchalanmasdan suyuqlanadi. •Ishqoriy metallarning sulfatlari ham qizdirilganda parchalanmaydi: Me2SO4 parchalanmasdan suyuqlanadi. b) nitratlarni parchalash: 4LiNO3 (qattiq) 2Li2O + 4NO2 + O2 Litiydan boshqa ishqoriy metallarning nitratlari qizdirilgan metal nitriti va kislorod hosil qilib parchalanadi: 2MeNO3 → 2MeNO2 + O2 • Ishqoriy-yer metallarining hammasi ham Ca(NO3)2 kabi parchalanadi: 2Ca(NO3)2 2CaO + 4NO2 + O2 2Cu(NO3)2 2CuO + 4NO2↑+O2↑ • Agar tuz oksidlovchilik xossasiga ega bo’lgan o’zgaruvchan valentli metall kationlaridan va kislota qoldig’i anionlaridan hosil bo’lgan bo’lsa, elementning boshqa oksidlanish darajasiga ega bo’lgan oksidi hosil bo’ladi: 4Fe(NO3)2 2Fe2O3 + 8NO2↑ +O2↑ 2FeSO4 Fe2O3 + SO2 + SO3↑ (NH4)2Cr2O7 N2↑ + 4H2O + Cr2O3 4. asoslarni va kislorodli kislotalar termik parchalab ham oksidlar olinadi: Umumiy holda Me(OH)2 MeO + H2O; 2Me(OH)3 Me2O3 + 3H2O H2EO3 EO2 + H2O; H2SO3 SO2↑ + H2O; Ca(OH)2 CaO + H2O; SiO2 ∙ nH2O SiO2 + nH2O; 2Fe(OH)3 Fe2O3 + 3H2O Ishqoriy metallarning gidroksidlari qizdirilganda parchalanmasdan suyuqlanadi: MeOH parchalanmasdan suyuqlanadi. 5. a) oksidlarni oksidlab oksidlar olish: 4FeO + O2 = 2Fe2O3; 2NO + O2 = 2NO2 ; 2NO2 + O3 = N2O5 + O2 ; 2SO2 + O2 2SO3 b) oksidlarni qaytarib: Fe2O3 + CO 2FeO + CO2 6. O’rtacha aktivlikka ega bo’lgan metallarga suv ta’sir ettirib: Fe + H2O FeO + H2 7. Tuzlarga kislotali oksidlar ta’sir ettirib oksid olish: Na2CO3 + SiO2 Na2SiO3 + CO2↑; 2Ca3(PO4)2 + 6SiO2 6CaSiO3 + P4O10 2Na2SO4 + 2B2O3 4NaBO2 + 2SO2↑ + O2↑ 4NaNO3 + 2Aℓ2O3 4NaAℓO2 + 4NO2↑+ O2↑ 8. Metallarga oksidlovchi –kislotalarni ta’sir ettirish: Cu + 2H2SO4(kons) =CuSO4 + SO2↑+ 2H2O Zn + 4HNO3(kons) =Zn(NO3)2 + 2NO2↑ + 2H2O 9. Kislota va tuzlarga suvni tortib oluvchi moddalar ta’sir ettirish: 4HNO3 + P4O10 = (HPO3)4 + 2N2O5 2KMnO4 + H2SO4(kons) = K2SO4 + Mn2O7 + H2O 2KCℓO4 + H2SO4(kons) = K2SO4 + Cℓ2O7 + H2O 10. Beqaror kuchsiz kislota tuzlariga kuchli kislotalar ta’sir ettirish: Na2CO3 + 2HNO3 = 2NaNO3 + CO2↑ + H2O 12.11. Gidroksidlar Gidroksidlar – ftor va kisloroddan tashqari barcha elementlarning OH- (gidroksoguruh) bilan hosil qilgan birikmalari. Gidroksidlarda elementlarning oksidlanish darajasi har doim musbat (+1 dan +8 gacha) bo’ladi. Gidroksoguruhlar soni 1 tadan 6 tagacha bo’ladi. Gidroksidlar kimyoviy tarkibiga va xossasiga ko’ra 3 ga bo’linadi: 12.12. Kislotalar Kislota va asos tushunchalari fanga XVII asrda kiritilgan. Kislota va asoslarning bir nechta nazariyalari bor. Biz kislota va asoslarning 3 xil nazariyasini ko’rib chiqamiz. Elektrolitik nazariya: Kislota suvli eritmalarida dissotsilanganda kation sifatida faqat vodorod ionlari (gidroksoniy H3O+) ni va kislota qoldig’i anionlarini hosil qiladigan elektrolitlar: HNO3 ↔ H+ + NO ; HCℓO4 ↔ H+ + CℓO ; H2SO4 ↔ 2H+ + SO Asoslar-metall kationlariga va anion sifatida faqat gidroksil (OH-) guruh anionlariga dissotsilanadigan moddalar: KOH ↔ K+ + OH- ; NH4OH ↔ NH + OH- Bundan tashqari Brensted-Lourining protolitik va Lyuisning elektron nazariyalari ham bo’lib ularning mohiyati quyidagi jadvalda berilgan:
Download 302.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling