12.13. Kislota va asoslarning proton nazariyasi
Bu nazariyani 1923 yilda I.Brensted va T. Lourilar yaratgan. Bu nazariyaga ko’ra proton donorlari kislota, proton akseptorlariga asos deyiladi: Kislota → asos + H+
Bu nazariyaga ko’ra suvli eritmalarda karbonat -CO ioni asos hisoblanadi:
CO + H+ ↔ HCO
Proton nazariyasiga ko’ra kislotalar 3 turga bo’linadi:
1) neytral kislotalar, masalan: HCl, H2SO4, H3PO4 va boshqalar:
kation kislotalar, masalan: H3O+, NH
NH ↔ NH3 + H+
anion kislotalar, masalan: HSO , H2PO , HPO va boshqalar:
HSO ↔ H+ + SO
Xuddi shunday asoslar ham 3 turga bo’linadi:
1) neytral asoslar, masalan: NH3, H2O, C2H5OH va boshqalar;
NH3 + H+ ↔ NH
anion asoslar, masalan Cl-, CH3COO-, OH-;
CH3COO- + H+ ↔ CH3COOH
kation asoslar, masalan NH2 - NH
Yuqorida qayd etilgan tushunchalar asosida ammiakning asos xossasini namoyon qilishini ko’rib chiqamiz:
Bu reaksiyada kislotaning protoni azot atomidagi elektron juftlar hisobiga donor-akseptor mexanizmi bo’yicha ammoniy ionini hosil qiladi.
Kislota va asoslar haqidagi umumiy nazariyani G. Lyuis yaratgan. Uning nazariyasiga ko’ra kislota – asosli ta’sirlashuv bo’lishi uchun modda tarkibida proton bo’lishi shart emas. Bu nazariyaga ko’ra kimyoviy ta’sirlashuvlarda elektron juftlar asosiy rolni bajaradi.
Bir yoki bir nechta elektron juftlarni biriktirib oladigan kation, anion yoki neytral molekulalar Lyuis kislotalari deyiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |