Asoslarning olinishi: Asoslar turli usullar bilan olinadi.
1. Ishqoriy va ishqoriy-yer metallariga va metall oksidlariga suv ta’sir ettirib:
2Li + 2H2O = 2LiOH + H2↑; Sr + 2H2O = Sr(OH)2 + H2↑
Umumiy holda
Me2O + H2O = 2MeOH (Me = Li, Na, K, Rb, Cs)
MeO + H2O = Me(OH)2 (Me = Ca, Sr, Ba)
Suvda erimaydigan gidroksidlarni (Mg(OH)2, Cu(OH)2, Ni(OH)2 va boshqalar) bu usul bilan olib bo’lmaydi. Ularni bilvosita usul bilan olish mumkin. Masalan:
CuSO4 + 2NaOH = Cu(OH)2↓ + Na2SO4; NiCl2 + 2KOH = Ni(OH)2↓ + 2KCl
Ishqoriy va ishqoriy-yer metallaridan tashqari metallar suv bilan yuqori temperaturada reaksiyaga kirishadi, ammo bunda gidroksid hosil bo’lmaydi. Balki oksid hosil bo’ladi. Mg + H2O = MgO + H2; 2Al + 3H2O → Al2O3 + 3H2
2. Ishqoriy va ishqoriy – yer metallarining oksid va peroksidlariga suv ta’sir ettirish: CaO + H2O ↔ Ca(OH)2 Na2O2 + 2H2O = 2NaOH + H2O2
Ishqoriy va ishqoriy–yer metallarining oksidlaridan boshqa barcha metallarning oksidlari suv bilan reaksiyaga kirishmaydi.
3. Binar birikmalarni gidroliz qilib asoslar olish:
Li3N + 3H2O = 3LiOH + NH3↑; NaH + H2O = NaOH + H2↑
Ca3P2 + 6H2O = 3Ca(OH)2 + 2PH3↑; Mg2Si + 4H2O = 2Mg(OH)2↓ + SiH4↑
4. Ishqoriy va ishqoriy-yer metallarning xloridlarining suvdagi eritmalarini elektroliz qilish: 2NaCℓ + 2H2O 2NaOH + Cℓ2↑ + H2↑
5. Suvda erimaydigan asoslar ularning tuzlaridan cho’ktirib olinadi:
MgSO4 + 2KOH = Mg(OH)2↓+ K2SO4
AℓCℓ3 + 3NH4OH = Aℓ (OH)3↓+ 3NH4Cℓ
Do'stlaringiz bilan baham: |