Anorganik moddalarning muhim sinflari. Oksid,asos,kislota va tuzlar


Past oksidlanish darajasiga ega bo’lgan metall gidroksidlarini oksidlab


Download 302.49 Kb.
bet18/18
Sana19.06.2023
Hajmi302.49 Kb.
#1619341
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
2-M

6. Past oksidlanish darajasiga ega bo’lgan metall gidroksidlarini oksidlab asoslar olish: 4Fe(OH)2 ↓+ O2 + 2H2O = 4Fe(OH)3
Kimyoviy xossalari
1. Asoslar kislotalar, kislotali va amfoter oksidlar bilan reaksiyaga kirishadi:
NaOH + HCℓ = NaCℓ + H2O; Cu(OH)2↓ + H2SO4 = CuSO4 + 2H2O
2NaOH + SiO2 Na2SiO3 + H2O; Ca(OH)2 + CO2 = CaCO3 + H2O
Aℓ2O3 + 2NaOH 2Na2AℓO2 + H2O; ZnO + 2NaOH + H2O = Na2[Zn(OH)4]
2. Suvda eriydigan asoslar tuzlar bilan reaksiyaga kirishadi:
2NaOH + FeCℓ2 = Fe(OH)2↓ + 2NaCℓ
3. Ba’zi metallmaslar ishqorlar ta’sirida disproporsiyalanish reaksiyasiga kirishadi:
2NaOH + Cl2 = NaCl + NaClO + H2O (sovuqda)
6NaOH + 3Cℓ2 = NaCℓO3 + 5NaCℓ + 3H2O (qizdirilganda)
6NaOH + 3S 2Na2S + Na2SO3 + 3H2O
3KOH + 4P + 3H2O PH3↑ + 3KH2PO2
2NaOH + Si + H2O = Na2SiO3 + 2H2
4. Gidroksidlari amfoter xossaga ega bo’lgan metallar ishqorlar bilan reaksiyaga kirishadi:
2NaOH + Zn + 2H2O = Na2[Zn(OH)4] + H2
2NaOH + 2Aℓ+ 10H2O = 2Na[Aℓ (OH)4 (H2O)2] + 3H2
5. Turli xil moddalar bilan asoslar kompleks birikmalar hosil qiladi:
Cu(OH)2 + 4NH4OH = [Cu(NH3)4] (OH)2 + 4H2O
Cu(OH)2 + 4HCN = H2[Cu(CN)4 ] + 2H2O
6. Haroratning ta’siri
• Ishqoriy metallarning gidroksidlari (LiOH dan tashqari) qizdirilganda parchalanmasdan suyuqlanadi. Qolgan barcha metallarning gidroksidlari qizdirilganda tegishli metall oksidiga va suvga parchalanadi:
2LiOH = Li2O + H2O
Me(OH)2 = MeO + H2O (Me = Mg, Ca, Sr, Ba, Cu, Ni)
2Me(OH)3 = MeO(OH) = Me2O3 + 3H2O (Me = Al, Cr, Fe va h.z).
7. Amfoter gidroksidlar kislotalar va asoslar bilan reaksiyaga kirishib, kompleks birikmalarni hosil qiladi.
KOH + Al(OH)3 = K[Al(OH)4]; NaOH + Cr(OH)3 = Na[Cr(OH)4]
Ba(OH)2 + Zn(OH)2 = Ba[Zn(OH)4]; KOH + Fe(OH)3 = K[Fe(OH)4]
Sr(OH)2 + Be(OH)2 = Sr[Be(OH)4]
Amfoter gidroksidlar kislotalar bilan reaksiyaga kirishganda o’rta va asosli tuzlar hosil qiladi:
Al(OH)3 + 3HCl → AlCl3 + H2O; Al(OH)3 + 2HCl → Al(OH)Cl2 + H2O
Al(OH)3 + HCl → Al(OH)2Cl + H2O; Al(OH)3 + H2SO4 → Al(OH)SO4 + H2O
Al(OH)3 + 2H2SO4 → [AlOH]2SO4 + H2O; Al(OH)3 + 3H2SO4 → Al2(SO4)3 + H2O

12.15. Tuzlar

Suvdagi eritmalari dissotsilanganda metall kationlariga (Fe+2, Cu+2, Cr+3, Na+va h.z.) yoki murakkab kationlarga (NH , CℓO , [Cu(NH3)4]+2 va kislota qoldig’i anionlariga ajraladigan moddalar –tuzlar deyiladi.


Tuzlar tarkibiga ko’ra oltiga bo’linadi:
I. O’rta tuzlar–kislota tarkibidagi barcha vodorod kationlari metall kationlariga to’liq almashinadi:
H2SO4 + 2NaOH = Na2SO4 + 2H2O; 2Fe(OH)3 + 3H2SO4 = Fe2(SO4)3 + 6H2O

  • O’rta tuzlar hosil bo’lish reaksiyalari

1. Asos + kislota = tuz + suv
1 a) Asosli gidroksid + kislota → …
2NaOH + H2SO4 = Na2SO4 + 2H2O; Cu(OH)2 + 2HNO3 = Cu(NO3)2 + 2H2O
1 b) Amfoter gidroksid + kislota → …
2Al(OH)3 + 3H2SO4 = Al2(SO4)3 + 6H2O; Zn(OH)2 + 2HNO3 = Zn(NO3)2 + 2H2O
1d) Asosli gidroksid + amfoter gidroksid → …
NaOH + Al(OH)3 = NaAlO2 + 2H2O (suyuqlanmada)
2NaOH + Zn(OH)2 = Na2ZnO2 + 2H2O (suyuqlanmada)
Agar ushbu reaksiyalar eritmada olib borilsa, kompleks tuzlar hosil bo’ladi:
NaOH (kons) + Al(OH)3 = Na[Al(OH)4]; KOH (kons) + Cr(OH)3 = K3[Cr(OH)6]
2NaOH (kons) + Me(OH)2 = Na2[Me(OH)4] (Me = Be, Zn)
KOH (kons) + Me(OH)2 = K[Me(OH)3] (Me = Sn, Pb)
2. Asosli oksid + kislota → tuz + suv
2 a) Asosli oksid + kislotali gidroksid → …
Na2O + H2SO4 = Na2SO4 + H2O; CuO + 2HNO3 = Cu(NO3)2 + H2O
2 b) Amfoter oksid + kislotali gidroksid → ….
Al2O3 + 3H2SO4 = Al2(SO4)3 + 3H2O; ZnO + 2HNO3 = Zn(NO3)2 + H2O
2 d) Asosli oksid + amfoter gidroksid → …
Na2O + 2Al(OH)3 = 2NaAlO2 + 3H2O (suyuqlanmada)
Na2O + Zn(OH)2 = Na2ZnO2 + H2O (suyuqlanmada)
3. Asos + kislotali oksid → tuz + suv
3 a) Asosli gidroksid + kislotali oksid →…
2NaOH + SO3 = Na2SO4 + H2O; Ba(OH)2 + CO2 = BaCO3 + H2O
3 b) Amfoter gidroksid + kislotali oksid → …
2Al(OH)3 + 3SO3 = Al2(SO4)3 + 3H2O; Zn(OH)2 + N2O5 = Zn(NO3)2 + H2O
3 d) Asosli gidroksid + amfoter oksid → …
2NaOH + Al2O3 = 2NaAlO2 + H2O (suyuqlanmada)
2NaOH + ZnO = Na2ZnO2 + H2O (suyuqlanmada)
4. Asosli oksid + kislotali oksid = tuz
4 a) Na2O + SO3 = Na2SO4 ; BaO + CO2 = BaCO3
4 b) Amfoter oksid + kislotali oksid → …
Al2O3 + 3SO3 = Al2(SO4)3; ZnO + N2O5 = Zn(NO3)2
4 d) Asosli oksid + amfoter oksid →…
Na2O + Al2O3 = 2NaAlO2 ; Na2O + ZnO = Na2ZnO2
II. Kislotali tuzlar – kislotaning vodorod kationlari metall kationlariga to’liq almashmagan bo’ladi: H2SO4 + 2NaOH = 2NaHSO4 + 2H2O
Kislotali tuzlar tarkibida vodorod saqlovchi kislota qoldiqlari (HCO , H2PO , HPO va boshqalar) bo’ladi. Kislotali tuzlar asoslarga, amfoter gidroksidlarga yoki o’rta tuzlarga mo’l miqdor ikki yoki uch negizli kislotalar ta’sir ettirilganda xuddi shuningdek mos ravishda kislotali oksidlar ta’sir ettirilganda hosil bo’ladi:
NaOH + H2SO4 kons = NaHSO4 + H2O; Ba(OH)2 + 2H3PO4 kons = Ba(H2PO4)2 + 2H2O
Zn(OH)2 + H3PO4 kons = ZnHPO4 ↓ + 2H2O; PbSO4 + H2SO4 kons = Pb(HSO4)2
K2HPO4 + H3PO4 kons = 2KH2PO4; Ca(OH)2 + 2EO2 = Ca (HEO3)2 (E = C, S)
Na2EO3 + EO2 + H2O = 2NaHEO3 (E = C, S)
Kislotali tuzlarga tuz tarkibiga kiruvchi metall gidroksidi ta’sir ettirilganda o’rta tuzlar hosil bo’ladi:
NaHSO4 + NaOH = Na2SO4 + H2O; Pb(HSO4)2 + Pb(OH)2 = 2PbSO4↓ + 2H2O
Ba(H2PO4)2 BaHPO4↓ Ba3(PO4)2
NaHCO3 + NaOH = Na2CO3 + H2O
Ikki asosli kislotalar 2 xil (Na2SO4 o’rta va NaHSO4 nordon yoki kislotali); uch negizli kislotalar (Na3PO4 o’rta, nordon Na2HPO4 va NaH2PO4) 3 xil tuzlar hosil qiladi.
Kislotali tuz tarkibida vodorod atomlari soni qancha ko’p bo’lsa, ularning eruvchanligi shuncha yuqori bo’ladi.
Masalan; Ca3(PO4) → CaHPO4 → Ca(H2PO4)2 qatorida tuzlarning suvda eruvchanligi ortib boradi. Faqatgina NaHCO3 va KHC4H4O6 (kaliy gidrotartrat)larning eruvchanligi ularning o’rta tuzlarining eruvchanligidan kam bo’ladi ya’ni ularning o’rta tuzlari yaxshi eriydi.
Umuman olganda kislotali tuzlarga kislotali oksidning mol nisbati asosli oksidning mol nisbatidan katta bo’lgan tuzlar ham kiradi:
Masalan; Na2B4O7; Na2S2O7; Na4P2O7.
Bu tuzlarga asosli oksid yoki asos ta’sir ettirilganda o’rta tuzlar hosil bo’ladi:
Na2Cr2O7 +2NaOH=2Na2CrO4+H2O; CaO+Na2B4O7 = 2NaBO2 + Ca(BO2)2.
III. Asosli tuzlar–ko’p kislotali asoslarning to’liqmas neytrallanishi natijasida hosil bo’ladi.
Mg(OH)2 + HCℓ = Mg(OH)Cℓ + H2O
Ikki negizli asoslar bitta normal va bitta asosli tuzlar, uch negizli asoslar esa bitta normal va ikki xil asosli tuz hosil qiladi.
Asosli tuzlar tarkibida OH- (gidrokso) guruh bo’ladi. Masalan: FeNO3(OH), [CaOH]2SO4 yoki Ca2SO4(OH)2, Cu2CO3(OH)2 va h.z. Tarkibida kamida ikkita OH guruh saqlagan asoslarga kislotalar ta’sir ettirib olinadi:
Co(OH)2 + HNO3 = CoNO3(OH)↓ + H2O
2Ni(OH)2 + H2SO4 = [NiOH]2SO4 + 2H2O
2Cu(OH)2 + H2CO3 = [CuOH]2CO3 + 2H2O
Asosli tuzlarga tuz tarkibiga kiruvchi kislota qoldig’ini saqlovchi kislotalar ta’sir ettirilganda o’rta tuzlar hosil bo’ladi:
Co(OH)NO3 + HNO3 = Co(NO3)2 + H2O
[NiOH]2SO4 + H2SO4 = 2NiSO4 + 2H2O
Gidrokso tuzlar uchun tuzlarga va asoslarga xos bo’lgan reaksiyalar xarakterlidir:
FeOHSO4 + 2NaOH = Fe(OH)3 + Na2SO4
2FeOHSO4 + H2SO4 = Fe2(SO4)3 + 2H2O
Asosli tuzlar suvda kam eriydi va qizdirilganda suv ajratib parchalanadi.
Sb, Bi, Ti, V, W, U kabi elementlar hosil qilgan gidroksituzlar osonlik bilan suv ajratib oksotuzlar hosil qilib parchalanadi:
BiCℓ3 + 2NaOH = Bi(OH)2Cℓ + 2NaCℓ; Bi(OH)2Cℓ = BiOCℓ + H2O
vismut oksoxlorid yoki umumiy holda
BiCℓ3 + 2NaOH = BiOCℓ + 2NaCℓ + H2O
Sb(OH)2Cl = SbOCl + H2O
Bi(OH)2NO3 = BiONO3 + H2O
Oksotuzlar asosli tuzlarning barcha xossalarini namoyon qiladi.
IV. Qo’sh tuzlar-tarkibida bir xil turdagi anion va har xil turdagi kation bo’ladi.
KAℓ(SO4)2 ∙ 12H2O, NH4Fe(SO4)2 ∙ 18H2O
Ko’pgina qo’sh tuzlar o’rta tuzlarning to’yingan eritmalardan birgalikdagi kristallanishi natijasida hosil bo’ladi: K2SO4+MgSO4+ 6H2O = K2Mg(SO4)2 · 6H2O↓
Qo’sh tuzlarning suvda eruvchanligi alohida olingan o’rta tuzlarning eruvchanligidan kichik bo’ladi.
V. Aralash tuzlar –tarkibida har xil turdagi anion (kislota qoldig’i) bo’ladi.
Masalan; CaCℓ(OCℓ)-xlorli ohak.
VI. Kompleks tuzlar-tarkibida donor-akseptor mexanizmi bo’yicha bog’langan murakkab kation yoki anion saqlagan murakkab moddalardir.
Molekulyar formulalar yozishda kompleks anion yoki kation kvadrat qavs ichiga yoziladi: K3[Fe(CN)6]-qizil qon tuzi; K4[Fe(CN)6]-sariq qon tuzi, Na[Aℓ(OH)4(H2O)2]; [Ag(NH3)2]OH; [Cu(NH3)4] (OH)2.
Tuzlarning olinishi: 1. Metallar kislotalar bilan reaksiyaga kirishganda tuzlar hosil bo’ladi:
Cr + 2HCℓ = CrCℓ2 + H2; Cu + 4HNO3(kons) = Cu(NO3)2 + 2NO2↑ + 2H2O
2. Metallarning ishqorlar bilan reaksiyasi natijasida ham tuzlar hosil bo’ladi:
2Aℓ + 2NaOH + 10H2O = 2Na[Aℓ (OH)4 (H2O)2 ] + 3H2
3. Metallar va metallmaslarning o’zaro ta’sirlashuvidan ham tuzlar hosil bo’ladi: 2Fe + 3Cℓ2 2FeCℓ3; Zn + S ZnS
4. Metallarning aktivlik qatorida aktivligi yuqori bo’lgan metall eritmalarda tuzlaridan aktivligi pastroq bo’lgan metallni siqib chiqaradi.
Fe + CuSO4 = FeSO4 + Cu; Cu + 2AgNO3 = 2Ag + Cu(NO3)2
Tuz tarkibiga kiruvchi metallning oksidlanish darajasi o’zgaruvchan bo’lsa, tuz tarkibidagi metallni aktivligi pastroq metall eritmalarda qaytaradi:
2FeCℓ3 + Cu = 2FeCℓ2 + CuCℓ2; 2FeCℓ3 + Hg = 2FeCℓ2 + HgCℓ2
5. Metallmaslarning ishqorlar bilan reaksiyasi natijasida (asoslarning xossalariga qarang) tuz olinadi.
6. Aktivligi yuqori bo’lgan metallmas tuzlardan aktivligi pastroq bo’lgan metallmaslarni siqib chiqaradi:
2NaBr + Cℓ2 → 2NaCℓ + Br2; 2NaI + Br2 = 2NaBr + I2
7. Ikkita turli xil oksidlarning o’zaro ta’siri:
K2O + SO3 = K2SO4 Na2O + Aℓ2O3 2NaAℓO2
ZnO + SO3 ZnSO4; 2FeO + 4SO3 → Fe(SO4)3 + SO2
8. Neytrallanish reaksiyasi:
HNO3 + KOH = KNO3 + H2O; H2SO4 + Zn(OH)2 = ZnSO4 + 2H2O
Bu vaqtda ko’p asosli kislota olinsa kislotali, yoki ko’p kislotali asos olinsa asosli tuz hosil bo’ladi:
H3PO4 + NaOH = NaH2PO4 + H2O; Aℓ(OH)3 + HNO3 = Aℓ(OH)2NO3 + H2O
NaH2PO4 + NaOH = Na2HPO4+ H2O; Aℓ(OH)2NO3 +HNO3 = Aℓ(OH)(NO3)2 + H2O
Na2HPO4 + NaOH = Na3PO4 + H2O; Aℓ(OH) (NO3)2 + HNO3 = Aℓ(NO3)3 + H2O
9. Kislotali yoki amfoter oksidlarni ishqorlarda eritish yoki suyuqlantirish:
CO2 + 2KOH = K2CO3 + H2O; SiO2 + 2NaOH Na2SiO3 + H2O
ZnO + 2NaOH + H2O = Na2[Zn(OH)4]; Aℓ2O3 + 2NaOH 2NaAℓO2 + H2O
10. Amfoter yoki asosli oksidlarning kislotalar bilan reaksiyasi natijasida:
CuO + 2HCℓ = CuCℓ2 + H2O; ZnO + 2HNO3 = Zn(NO3)2 + H2O
FeO + 4HNO3(kons) = Fe(NO3)3 + NO2↑+ 2H2O
Download 302.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling