III. Kislotalarning haroratga munosabati:
2HIO3 → I2O5 + H2O
2H3AsO4 = As2O5 + H2O; H2SeO4 = SeO3 + H2O
H2EO3 = EO2 + H2O; (E = C, Si, Ge, Sn)
MeO + H2O = Me(OH)2 (Me = Ca, Sr, Ba)
Mg + H2O = MgO + H2; 2Al + 3H2O → Al2O3 + 3H2
12.14. Asoslar
Asoslar turli belgilariga ko’ra turlicha sinflarga bo’linadi.
• Kislotaliligiga ko’ra –bir kislotali (NaOH, KOH, NH4OH va h.k), ikki kislotali (Mg(OH)2, Ca(OH)2, Ba(OH)2 va h.k ) va h.k bo’ladi. Ko’p kislotali asoslar bosqichli dissotsilanadi, shuning uchun turli xil (o’rta va gidrokso) tuzlar hosil qiladi.
Masalan: [MgOH]2CO3-magniy gidroksokarbonat; MgCO3-magniy karbonat.
• Eruvchanligiga ko’ra : a) eriydigan va b) erimaydigan asoslarga bo’linadi.
Ishqoriy va ishqoriy-yer metallarining gidroksidlari, talliy (I) gidroksid, ammoniy gidroksid suvda eriydi.
Qolgan barcha metallarning gidroksidlari suvda erimaydi.
• Dissotsilanish darajasiga ko’ra kuchli va kuchsiz asoslarga bo’linadi.
Ishqoriy va ishqoriy-yer metallarining gidroksidlari kuchli asoslar (ishqorlar) deyiladi.
• Termik barqarorligiga ko’ra ham 2 xil barqaror va beqaror. Ko’pgina asoslar qizdirilganda metall oksidiga va suvga ajraladi.
Eng beqaror gidroksidlarga kumush va simob gidroksidlari (AgOH, Hg2(OH)2, Hg(OH)2 kiradi. Ular hosil bo’lishi zahoti oksid va suvga parchalanadi.
• Ishqoriy metallarning gidroksidlari (LiOH dan tashqari) parchalanmasdan suyuqlanadi. LiOH esa Li2O va H2O ga parchalanadi.
• Litiy, stronsiy, bariy va radiy gidroksidlari suyuqlanish temperaturasidan yuqori temperaturada parchalansa, qolgan barcha metallarning gidroksidlari suyuqlanish temperaturasiga yetmasdan parchalanadi.
• Asoslarni kislota va ishqorlarga munosabati bo’yicha asosli va amfoter gidroksidlarga bo’lish mumkin.
• Asosli gidroksidlar faqatgina kislotalarda eriydi, ishqorlar bilan ta’sirlashmaydi;
• Amfoter gidroksidlar esa ham kislota, ham ishqorlar bilan reaksiyaga kirishadi.
•Asosli gidroksidlarga ishqoriy va ishqoriy-yer metallarining gidroksidlari, magniy gidroksid va past oksidlanish darajali oraliq metallarning gidroksidlari kiradi.
Amfoter gidroksidlarga esa Be(OH)2, Zn(OH)2, Aℓ(OH)3, Sn(OH)2 va o’rtacha oksidlanish darajasiga ega bo’lgan oraliq metallarning gidroksidlari, Masalan; Cr(OH)3, Fe(OH)3 va boshqalar kiradi.
Bir negizli (kislotali) asoslar o’rta tuz; ko’p negizlilari esa o’rta va gidrokso tuzlar hosil qiladi. Masalan;
Do'stlaringiz bilan baham: |