Anor (Punica granatum L.) uncha baland o‘smaydigan butasimon o‘simlik bo‘lib, asosan mevalari uchun ekib o‘stiriladi. O‘zbekistonda 40 dan ortiq navlari mavjud bo‘lib sovuqga chidamsiz bo‘lganligi uchun asosan qishda ko‘mib ekib o‘stiriladi. Bog‘larni ѐshi hamda navlarga qarab, har gekgar bog‘dan 15-35 s hosil olish mumkin. Mevalari, tarkibida juda ko‘p biokimѐviy moddalar mavjudligi tufayli, oddiy iste’mol uchun va tibbiѐtda keng ishlatiladi. O‘zbekistonda anor ekini keng tarqalgan: uni janubiy xududlardan (Surxondarѐ) tashqari, nisbatan shimoliy bo‘lgan Xorazm va Qorakalpog‘istonda ham ekishadi. Ammo eng sifatli meva Surxondarѐning Sherobod tumani va Dashnabodida hamda Farg‘ona vodiysining Quva tuman Hududlarida etishtiriladi. - Bog‘ ne’matlaridan bo‘lmish anordan yuqori va sifatli hosil olish hamda ularga bo‘lgan aholi extiѐjini qondirish uchun bu daraxt va uning mevasini turli zararli organizmlardan himoya qilish zarur. CHunki anor daraxtining ildizidan tortib bargining uchigacha shifobaxsh hisoblanadi. SHu asnoda mutaxassislarga yaxshi ma’lumki, anorning daraxtsimon butasiga asosan quyidagi xasharotlar zarar keltiradi: shira (Aphidinea), komstok qurti (Pseudococcus comstoci Kuw) va anor mevaxo‘ri (Euzophera punicaella Mooze). Bularning ichida keyingi yillarda anor mevaxo‘ri xasharotining ta’siri ayniqsa kuchayib, masalaning dolzarbligi hatto anorchilikning bo‘lish bo‘lmasligiga qadar ko‘tarildi. Zararkunandaning Toshkentviloyatlari xo‘jaliklarida tezda tarqalib, zararlangan daraxtlar hosilining 95 foizigacha shikastlanishi bunga dalil bo‘la oladi. Yiliga bir necha avlod berib rivojlanadigan bu hasharot, savdo yo‘llari orqali boshqa mintaqalarga ham tezda tarqala boshladi.
- Anor mevasini yeyishdan tashqari, po‘chog‘i va ildizini qaynatib, suvidan meditsinada oshqozon ichak kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Anordan olinadigan oshlovchi moddalar va limon kislota teri oshlashda ishlatiladi. Uning ѐg‘ochi qimmatbaho material hisoblanadi. Anor manzarali o‘simlik sifatida ham o‘stiriladi.
- Anor o‘simligining mevasi, poya va ildiz po‘stlog‘i, meva po‘stlog‘i turli kasalliklarga davo hisoblanadi. Xalq tabobatida anor ildizlari maydalanib aloe sharbati bilan aralashtirilib suyak singanda og‘riq qoldiruvchi sifatida ishlatiladi.
- Anor po‘stlog‘i tarkibida alkoloidlar, oshlovchi moddalar, smola, bo‘ѐq va boshqa birikmalar, meva po‘stlog‘ida ko‘p miqdorda oshlovchi moddalar mavjuj uning mevasida organik kislota, qandlar, vitamin S va boshqa birikmalar uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |