Anotatsiya. Bu maqolada zamonaviy ta`lim tizimida yetakchi texnologiyalaar va ularning tasnifi to`g`risida fikr yuritilgan. Hozirgi axborotlashgan davrda shaxs sotsiogen
Download 20.48 Kb.
|
maqola[1]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’zlar
- Ключевиеслова
- Key words:technology
Shodiyeva M.Sh., O’zDJTU talabasi ZAMONAVIY TA`LIM TIZIMIDA YETAKCHI TEXNOLOGIYALAR VA ULARNING TASNIFI
Key words:technology, ______________________________________________________ «Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq…1» Hozirgi kunda ta`lim sohasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot natijalari, mamlakatimiz hayotidagi iqtisodiy, madaniy-siyosiy o`zgarishlar, islohotlar borasida to`plangan katta tajribalar, doimiy ravishda yuzaga kelayotgan innovatsion jarayonlar tizimli tahlillarni va umumlashtirishni taqozo etadi. Bunday vaziyatda turli texnologiyalarning amaliyotga tadbiq etilishi va undan foydalanishni yo`lga qo`yish sohani rivojlantirishga, turli kamchiliklarning oldini olishga yordam beradi. Texnologiya (yunoncha techne – san`at, mahorat, malaka, logos – ta`limot degan ma`nolarni anglatadi) tushunchasi juda ko`p talqinlarga ega. Biroq u ayni paytda metodlar, malakalar, ko`nikmalar, bilimlar, faoliyat usullari va algoritmlar majmuyi, biror muammoni hal etishning ilmiy ishlanmasidir2. Ular ko`p hollarda ta`limni yangilash va o`zgartirishda muhim omil hisoblanadi. N.F.Talizina uning mohiyatini “belgilangan masadga erishishning oqilona usullarini aniqlashdan iborat” deb tushuntirsa, V.P.Bespalko “texnologiya – bu o`qituvchi amaliyotiga joriy etish mumkin bo`lgan pedagogik tizim loyihasi” degan fikrni ilgari suradi. Ilmiy adabiyotlarda keltirilishicha, «texnologiya» lingvodidaktik tushuncha sifatida «kam vaqt, kuch va mablag‘ sarflab, ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlovchi sa’y-harakatni ilmiy tashkil qilishning oqilona usullari majmui»ni ifodalaydi3. Umuman olganda, faqat bitta omil, metod, prinsipdan foydalanadigan monotexnologiya yo`q. U doimo kompleks holda qo`llaniladi. Ammo ta`lim jarayonining muayyan bir tomoniga urg`u berish bilan texnologiya o`ziga xos xususiyat kasb etadi va uning nomi ham xuddin ana shundan kelib chiqadi: tajribani o`zlashtirishning ilmiy konsepsiyasi bo`yicha assotsiativ-reflektor, bixevioristik, rivojlantiruvchi texnologiyalar alohida ajratib ko`rsatiladi; shaxs tuzilmalariga yo`naltirilganligi bo`yicha-axborot texnologiyalari (fanlar bo`yicha bilim, malaka, ko`nikmalarni shakllantirish); operatsion texnologiyalar (aqliy faoliyat usullarini shakllantirish); hissiy-badiiy va hissiy-axloqiy texnologiyalar (estetik va axloqiy munosabatlar sohasini shakllantirish); mazmuni va tuzilish xususiyati bo`yicha-ta`lim beruvchi va tarbiyalovchi, dunyoviy va diniy, umumta`lim va kasbga yo`naltiruvchi, gumanitar va texnokratik, turli sohaga oid, predmet (fan) larni o`qitishda qo`llaniladigan texnologiyalar, shuningdek, monotexnologiyalar4. G.K.Selevkoning fikricha, monotexnologiyalarda butun o`quv-tarbiya jarayoni biror ustuvor (yetakchi) g`oyaga, prinsipga, konsepsiyaga asoslanadi; kopmplex texnologiyalarda-o`quv-tarbiya jarayoniturli monotexnologiya elementlaridan tashkil topadi. bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish turi bo`yicha V.P.Bespalko ta`lim tizimi texnologiyalarini tasniflashning o`ziga xos modelini taklif etgan. Xususan, o`qituvchi va o`quvchining o`zaro erkin suhbati ham misol bo`lishi mumkin. avtoritar texnologiyalarda pedagog o`quv-tarbiya jarayonining birdan-bir tanho subyekti hisoblanadi, o`quvchi esa faqat “obyekt”, “vintcha” xolos; didaktosentrik texnologiyalarda o`quvchining shaxsiga e`tibor berilmaydi5; ta`lim jarayonini tashkil etish va boshqarish samaradorligi asosidagi pedagogic texnologiyalar. Masalan, dasturlashtirilgan ta`lim, tabaqalangan ta`lim texnologiyalari, ta`limni individuallashtirish texnologiyalari, ilgarilovchi ta`lim, ta`lim berishning guruhiy va jamoaviy usullari, kompyuter, axborot texnologiyalari; alternative texnologiyalar: R.Shteynerning valdorfs pedagogikasi, S.Frenenning erkin mehnat texnologiyasi, A.M.Lobkaning ehtimolda tutilgan ta`lim texnologiyasi va boshqalar zamonaviy ta`lim tizmidagi yetakchi texnologiyalar sirasiga kiradi6. Bugungi kunda texnologik yondashuvlar va texnologiyani ijtimoiy jarayonlarda, ma`naviy ishlab chiqarish, ta`lim sohasida qo`llash bizning mamlakatimiz hayotida yangilik hisoblanadi. Biroq, ta`lim-tarbiya ishlari bilan shug`ullanuvchi kishilar texnologiyani mukammal egallashsa, o`zlarining kasbiy faoliyatlarini samarali tashkil etadilar, voqealarni oldindan ayta oladilar, ijtimoiy jarayonlarni loyihalay biladilar. Zero, XXI asrda zamonaviy ta`lim tizimiga texnologiyaning kirib kelishi natijasida murakkab ijtimoiy, xususan, pedagogik jarayonlarni boshqarish imkoniyati paydo bo`ldi. 1 Islom Karimov. «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch». T.: «Ma’naviyat» 2008, 61-bet. 2 I. Xolliyev, J.Husanov. Kasb-hunar ta`limi: Texnologiya. Ma`naviyat. Mahorat. T.: “O`qituvchi” 2003, 190-bet 3 http://www.fikr.uz/blog/18161.html 4 I. Xolliyev, J.Husanov. Kasb-hunar ta`limi: Texnologiya. Ma`naviyat. Mahorat. T.: “O`qituvchi” 2003, 200-bet 5 I. Xolliyev, J.Husanov. Kasb-hunar ta`limi: Texnologiya. Ma`naviyat. Mahorat. T.: “O`qituvchi” 2003, 201-bet 6 I. Xolliyev, J.Husanov. Kasb-hunar ta`limi: Texnologiya. Ma`naviyat. Mahorat. T.: “O`qituvchi” 2003, 204-bet Download 20.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling