Yo’l poyining ustki yuzasini va yon rezervlarini tekislash jarayonini tushuntiring:
Yo’l poyi to’kmasi avtogreyderlar yordamida tekislanadi. Yo’l poyini ikki bosqichda tekislanadi:
a) Yo’l poyining ustki yuzasini va yon rezervlarini tekislash;
b) Ko’tarma va qazilmalarni yon bag’irlarini tekislash.
Dastlab yo’l poyining ustki yuzasini va yon bag’irlarini tekislash uchun yuzalarini aniqlanadi va keyin yo’l poyi sirtini avtogreydr va o’simta qatlamini yon bag’irlarga joylashtirish uchun buldozerning rusumi tanlaymiz.
Tashib keltirilgan gruntni yoyish jarayoni:
- Gruntni yoyish uchun buldozerdan foydalanamiz. Tanlab olingan buldozerning rusumi tanlab. Uning ish unumdorligi tegishli formula orqali aniqlaymizya’ni buldozerning 1 smenadagi ish unumdorligini aniqlaymiz. Trassadagi ishlarni bajarishning smenalar hisobidagi davomiyligini aniqlaymiz.
- Avtogreyderning ish unumdorligi quyidagi formula bilan aniqlanadi va uning ishlash davomiyligini smenalar hisobidagi sonini aniqlaymiz;
- Avtogreyderning FIK va ish vaqtini aniqlaymiz va bir ish kunidagi ish ko’lami (qamrov uzunligi) ni topamiz;
- Yoyilgan gruntni yengil katok bilan zichlashda yengil katokni (massasi ) tanlaymiz va katokning ish unumdorligini aniqlaymiz;
- Bir smenadagi ish unumdorligi aniqlaymiz va katokning soni aniqlanadi;
- Buldozer yordamida qirqib olingan o’simlik qatlamini yon bag’rga joylashtirish uchun uning rusumini tanlaymiz;
- Bir smenadagi ish unumdorligi aniqlaymiz, trassadagi ishlarni bajarishning smenalar hisobidagi davomiyligini aniqlaymiz, buldozerning FIK va oqim uzunligini aniqlaymiz.
1- topshiriq.
Quyidagi savollarni muhokama qiling va savollarga javob bering:
1. Yo’l poyining ustki yuzasini va yon rezervlarini tekislash jarayonini tushuntiring;
2. Ko’tarma va qazilmalarni yon bag’irlarini tekislash jarayonini tushuntiring;
2-topshiriq.
Quyidagi mavzu bo‘yicha qisqacha ESSE yozing.
“Yo’l poyining ustki yuzasini va yon rezervlarini tekislash jarayoni” va “Ko’tarma va qazilmalarni yon bag’irlarini tekislash jarayoni”.
Do'stlaringiz bilan baham: |