Antibiotik ( Antibiotiklar) Антибиотикларни ўсимликларни ҳимоя қилишда фойдаланиш rejim
Oziq-ovqat va konservalash sanoatida
Download 21.06 Kb.
|
Антибиотики
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oziq-ovqat va konservalash sanoatida
Oziq-ovqat va konservalash sanoatida - maxsulotlarni buzadigan mikroorganizmlarga qarshi kurashish uchun fizik va kimyoviy usullar bilan bir qatorda qo‘llaniladi. Lekin bu maqsadlar uchun tibbiyotda qo‘llaniladigan antibiotiklardan foydalanib bo‘lmaydi. Antibiotiklar orasida oziq-ovqat va konserva sanoatida ishlatiladiganlari subtilin, nizin va boshqalarni keltirish mumkin. Subtilinni Bacillus subtilis kulturasi hosil qiladi, kimyoviy tarkibi polipeptiddir. Grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan, shular qatorida kislotaga chidamli batsillalar ham faol ta’sir ko‘rsatadi. Sabzavotlarni konservalashda subtilinni qo‘llab, termik ishlov berishdan birmuncha saqlaniladi, bu konservada vitaminlar saqlanishi va mazasini yo‘qotmasligida katta ahamiyatga ega. Nizin - yuqori molekulali peptid, Str.lactis sintezlaydi. Nizindan tibbiyot amaliyotida foydalanilmaydi, uni pomidor, ko‘k no‘xat, gul karam va boshqa maxsulotlarni konservalashda qo‘llaniladi. Pishloq saqlashda ham samarali natija beradi. Antibiotik bir qancha termofil spora hosil qiluvchi bakteriyalar taraqqiyotini to‘xtatadi. Odam uchun zararli emasligi bilan xarakterlanadi.
Download 21.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling