Antidangasalik


Download 341.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/29
Sana18.11.2023
Hajmi341.9 Kb.
#1783760
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
Bog'liq
Antidangasalik

Linenberger tizimi
 
Prokrastinatolog Maksim Darafeyevning kitobida shunday tadqiqot
23
keltiriladi:
intellektual qobiliyatlari taxminan bir xil bo‘lgan odamlarni ikki guruhga ajratib olishgan.
Birinchi guruhga o‘nta topshiriq birdaniga berilgan, ikkinchi guruhga esa bitta topshiriqni
bajarib bo‘lishi bilan ikkinchisi berib borilgan. Kun oxiriga kelib natijalarga qaralganda
birinchi guruh topshiriqlarning 50-60 foizini, ikkinchi guruh esa topshiriqlarning 95-100
foizini bajarganiga guvoh bo‘lishgan. Shu bois ham Linenberger tizimida topshiriqlarni
stikerlarga yozish tavsiya qilinadi. Har kuni kechqurun uxlashdan oldin ertangi kunda
bajarmoqchi bo‘lgan topshiriqlaringizning har bittasini bitta stikerga yozib olasiz va har
ikkita sitikerni bloknotingizning bitta betiga yopishtirasiz. Stikerlarni bloknotning ikkinchi
betidan yopishtirib borishingiz kerak bo‘ladi. Birinchi betga birorta topshiriqni tanlab
yopishtirasiz. 
Bloknotning birinchi beti siz uchun topshiriqlarning bajarilish joyi vazifasini o‘taydi.
Bu qismga yopishtirilgan topshiriq albatta bajarilishi shart. Buni o‘zingiz uchun qonun qilib
olganingiz yaxshi. Undan tashqari, agar sizda topshiriqlarni yozish jarayoningizda ertaga
emas, bir necha kundan keyin qilishingiz mumkin bo‘lgan ishlaringiz chiqib qolsa, ularni
ham stikerga yozib, bloknot markaziga yopishtirishingiz kerak bo‘ladi. Bloknot markaziga
26 


yozilgan topshiriqlarni bajarish vaqti kelganida ularni birinchi betlarga olib qo‘yasiz.
Topshiriqni bajarib bo‘lishingiz bilan stikerni olib tashlaysiz va keyingi topshiriq yozilgan
stikerni birinchi betga yopishtirib, bajarishda davom etasiz. Birorta topshiriqni bajarib
bo‘lganingizdan keyin bloknotning orqa tarafiga yopishtirib qo‘yib, kechqurun ularni
sarhisob qilishingiz, nechta topshiriq bajarganingizni belgilab olishingiz mumkin. 
Avvalroq aytganimizdek, biz bu yerda energiyani markaziylashtirib olyapmiz. Shu
bois siz topshiriqlaringizga vaqt belgilashingiz yoki ketma-ketlikda yozishingiz shart
bo‘lmaydi. O‘zingizning fiziologik holatingizdan kelib chiqqan holda topshiriqlardan
birortasini tanlab, bajarishni boshlaysiz. Endi topshiriqlarni qanday qilib to‘g‘ri yozish
haqida gaplashamiz. 

Download 341.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling