Antidangasalik


SMARTER texnikasini ko‘rib chiqamiz. SMARTER


Download 341.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/29
Sana18.11.2023
Hajmi341.9 Kb.
#1783760
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
Bog'liq
Antidangasalik

SMARTER texnikasini ko‘rib chiqamiz.
SMARTER mnemonik qisqartma bo‘lib, ingliz tilidagi so‘zlarning bosh harflaridan
tuzilgan.
31 


Specific — maxsus
Sizning maqsadingiz maxsus yo‘nalishga ega bo‘lishi kerak. Aynan o‘zingizga
tegishli, yo‘nalishli maqsad bo‘lishi shart. Maqsadingiz orqali qanday natijaga
erishmoqchiligingiz va u nimagalini aniqlab oling. Deylik, siz tennis bo‘yicha jahon
chempioni bo‘lmoqchisiz. O‘zingizga “Nima uchun jahon chempioni bo‘lmoqchiman?”
degan savolni bering. Agar bu ishni shunchaki qilmoqchi bo‘lsangiz, boshqa —
hayotingizga foydali bo‘lgan biror maqsadni tanlang.
Measurable — o‘lchovli 
Maqsadingiz aniq o‘lchovlarga ega bo‘lishi kerak. Aniq ma’lumotlarsiz, haqiqiy
maqsad yo‘q, shunchaki noaniq yo‘nalish bor bo‘ladi xolos. Sizda “pul topmoqchiman”,
“ozmoqchiman” kabi maqsadlar bo‘lishi mumkin. Shu misollar kabi maqsadingiz noaniq
bo‘lsa, bu sizning ongingiz psixologiyasiga maqsadlaringizni bekor qilish imkonini beradi.
Siz unchalik aniq bo‘lmagan ishni qilishdan osongina qochish uchun his-tuyg‘ularga berilib
ketasiz. Maqsadlaringiz “men bir yildan keyin oyiga ming dollar pul topmoqchiman”, “men
uch oy ichida 10 kilogramm vaznimni yo‘qotmoqchiman” kabi bo‘lsin. Maqsadingizga
qachon erishishingizni yozib oling. Aniq sana belgilang. Qanday daraja sizni
maqsadingizga erishganingizni qiyoslab berishini ham aniqlab oling. 
Achievable — erishsa bo‘ladigan
Maqsadlaringizni hozirgi holatingizdan kelib chiqqan holda qo‘ying. Misol uchun,
hozir siz oyiga 100 $ pul topayotgan bo‘lsangiz, uch oydan keyin 10 000 $ topishni maqsad
qilib qo‘ymang. Iloji boricha real maqsadlar bo‘lsin. Maqsadingizning amalga oshishiga oid
mavjud resurslaringiz, bilim va tajribangiz, vaqtingiz, mablag‘ingiz, imkoniyatlaringiz bor
yoki yo‘qligini aniqlab oling. Shunga qarab maqsadingizga miqdor belgilang.

Download 341.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling