Antidangasalik


Ko‘nikmali maqsadlar bilan ishlash


Download 341.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/29
Sana18.11.2023
Hajmi341.9 Kb.
#1783760
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
Bog'liq
Antidangasalik

Ko‘nikmali maqsadlar bilan ishlash 
Maqsadlar ikki xil bo‘ladi. Biz yuqorida shuning birinchi turi haqida gaplashdik.
Bunday maqsadlarga do‘kon ochish, mashina sotib olish, sayohatga chiqish va hokazolar
misol bo‘ladi. Ikkinchi turdagi maqsadlarga ko‘nikma shakllantirish orqali erishiladi. Misol
uchun: IELTS'dan 7 ball olish, OTMga kirish, rus tilini o‘rganish va boshqalar. Bunday
loyihalarni loyihachalarga ajratib amalga oshirib bo‘lmaydi. Hozir shunday loyihalarni
amalga oshirishni o‘rganamiz.
Ko‘nikma — bu avtomatizmgacha yetkazilgan mahorat. Misol uchun, o‘n yildan beri
mashina haydaydigan taksichi yo‘lda harakatlanayotganda o‘zini erkin tuta oladi. Sababi,
uning mahorati avtomatizmga yetgan. Yangi o‘rganuvchilardek qaysi pedalni bosishni
o‘ylab o‘tirmaydi.
Ko‘nikmani shakllantirishning asosiy qoidasi: ko‘nikmaga qancha ko‘p kuch va vaqt
sarflasangiz, u shunchalik tez shakllanadi. Misol uchun, agar siz ingliz tili bilan kuniga
yarim soatdan shug‘ullansangiz va sizning do‘stingiz ingliz tili bilan kuniga ikki soatdan
shug‘ullansa, uning ingliz tilini bilish darajasi siznikiga qaraganda tezroq shakllanadi. 
Ingliz tilini o‘rganadiganlarning ko‘pchiligi dars qilishni istamasligining sababi — ular
bir o‘tirganda kamida 2-3 soat davomida ingliz tili bilan band bo‘lishi kerak. Buncha vaqt
davomida aqliy mehnat bilan shug‘ullanish har qanday odamni ish boshlanmasidan turib
36 


dangasalikka chorlaydi. Katta vaqt hajmi tufayli biz ongsiz ravishda ishni boshlashdan
qo‘rqamiz. Shunday holatda ham bir necha soatlab tinimsiz ishlashga undovchi samarali
usul mavjud. 1980-yillarda universitet talabasi bo‘lgan Franchesko Chirillo (Francesco
Cirillo) o‘zining “Pomodoro” texnikasini
27
yaratadi. Bu hozirda dunyodagi vaqtni
boshqarish texnikalari orasida eng mashhuri hisoblanadi. 

Download 341.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling