Antidangasalik
“Qarmoqlar metodi” uchun jadval
Download 341.9 Kb. Pdf ko'rish
|
Antidangasalik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Multitaskingni to‘xtating!
- Fikrlash modellari
“Qarmoqlar metodi” uchun jadval
2013-yilda Hayder (Fahmeed Hyder) 17 va boshqalar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, tana massasining 2 foizini tashkil qiluvchi miya taxminan energiyaning 20- 25 foizini va kislorodning 50 foizini yutishi ma’lum bo‘ldi. Chala qolgan ishlar bu energiya miqdorini oshirib yuborishi va sizda holsizlik kuzatilishi mumkin. Shu boisdan miyadagi ortiqcha fikrlarni chiqarib tashlash juda ham foydali. Multitaskingni to‘xtating! Hozirgi davr odamlarining qariyb hammasi multitasking bilan shug‘ullanadi, ya’ni bir vaqtning o‘zida ikki va undan ortiq vazifalarni qilishga urinadi. Ammo 2009-yil 24- avgustda 18 Stenford universitetida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, bir vaqtning o‘zida ko‘p vazifani bajarish imkonsiz bo‘libgina qolmay, u zararli ham ekan. London universitetida o‘tkazilgan yana bir tadqiqotga 19 ko‘ra, multitasking bilan shug‘ullanish IQ darajasini 15 ballgacha pasaytirishi aniqlangan. Fikrlash modellari Inson fikrlashining turli xil modellari bor. Ulardan ikkitasi bilan tanishib o‘tamiz. Amerikalik psixolog, Nobel mukofoti sovrindori Daniel Kaneman (Daniel Kahneman) 2011-yil chop etilgan kitobida inson fikrlashi ikkita tizimdan iborat ekanligini keltiradi 20 : “Tezkor” va “Sekin” tizim. Biz uchun ikkala tizim ham zarur va biri ikkinchisidan yomon emas. Har ikkisining ham o‘z vazifasi, ustunligi va kamchiliklari mavjud. Tezkor tizim asosan ongsiz ravishda ishlaydi. Bunda biz avtomatik ravishda ishlarni bajaramiz. Misol uchun, mashina haydab ketayotganingizda to‘satdan qarshingizdan kimdir chiqib qolsa, siz o‘ylab o‘tirmay, rulni o‘ng yoki chapga burasiz. Foydali taraflari: • tez qaror qabul qiladi; • o‘ylash uchun deyarli energiya sarflamaydi. 15 Zararli taraflari: • ko‘p holatlarlarda noto‘g‘ri qaror qabul qiladi; • boshqarish juda qiyin. Sekin tizim ongli ravishda kechadigan jarayonlarda ishtirok etadi. Bunda siz o‘ylash uchun kuch sarflashingizga to‘g‘ri keladi. Misol uchun, ilmiy masalalar ishlashda, reja tuzishda va hokazo ishlarda bu tizim asosiy vazifani bajaradi. Foydali taraflari: • kam xato qiladi; • murakkab ishlarni hal qilishda yordamlashadi. Zararli taraflari: • sekin qaror qabul qiladi; • ko‘p energiya sarflaydi. Download 341.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling