Antidangasalik


Download 341.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/29
Sana18.11.2023
Hajmi341.9 Kb.
#1783760
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Antidangasalik

Hech narsa qilmang! 
2011-yilda Illionoys universitetida o‘tkazilgan tadqiqotlar
6
faol ish vaqtida qisqa
muddatli tanaffuslar miyaning faollashishi va energiyani qayta to‘plashini ko‘rsatdi.
Shuningdek, prokrastinatolog Maksim Dorofeyev “2 daqiqa hech narsa qilmaslik”
amaliyotini bajarishni taklif qiladi. Ikki daqiqa oralig‘ida sizdan shunchaki hech narsa
qilmaslik talab etiladi. Undan tashqari, 2009-yil 12-mayda Britaniya Kolumbiya universiteti
psixologlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda
7
biz xayol surganimizda miyamizning



murakkab masalalarni hal qiluvchi bo‘limlari boshqa paytlarga qaraganda faolroq ishlashi
aniqlangan. “2 daqiqa hech narsa qilmaslik” topshirig‘ini ham “Amaliyotlar” bo‘limiga
qo‘shib qo‘yishingiz kerak bo‘ladi.
Sizning cheklistingiz hozirgacha quyidagi ko‘rinishni oldi:
Sana:
Uyqu soatlari
6
6
7
8
6
7
8
7
8
8
Ekranda tungi va o‘qish rejimi
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
2 daqiqa hech narsa qilmaslik
+
+
+
+
+
+
+
+
+
+
Bugunning hisobidan kitobning shu qismigacha kelgan bo‘lsangiz, shuning o‘zi
yetarli. Hozir o‘rgangan barcha narsangizni amaliyotda qo‘llab chiqing. Agar amalda
qilmasangiz, kitobning qolgan qismini o‘qiganingizdan sizga foyda bo‘lmaydi. “Bu juda
kam-ku”, deyishingiz mumkin. Ammo kitob boshida aytganimizdek, mikroqadamlar
sizning o‘zgarishingizga katta ta’sir o‘tkazadi. Har kuni ushbu oddiy topshiriqlarni bajarish
sizning yaxshi tarafga o‘zgarishingizga turtki beradi. Ikki kundan keyin kitobning davomini
o‘qib, berilgan topshiriqlarni amaliyotda qo‘llab ko‘rishingiz mumkin.

1
/0

Download 341.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling