II BOB
Miyamiz qanday tuzilgan?
Inson hayotini tartibga solishi, yangilanishi uchun o‘zgarishlar amalga oshishi kerak
bo‘lgan organizmni — miyani o‘zgartirish zarur bo‘ladi. Agar sizda miya tuzilishi bo‘yicha
bilim mavjud bo‘lmasa, nima qilayotganingizning mantig‘iga yeta olmaysiz. Shu bois hozir
miya fiziologiyasidan biroz tushunchaga ega bo‘lishimiz foydadan xoli bo‘lmaydi.
Hozirgi kungacha dunyo aholisining katta qismi miyaning 10 foizi ishlashi haqidagi
afsonaga ishonib hayot kechirmoqda. 1936-yilda
8
yozuvchi va jurnalist Deyl Karnegi (Dale
Carnegie) tomonidan boshlangan miyaning 10 foizi ishlashi haqidagi afsona 2001-yildagi
9
Markus Reychel (Marcus Rachel) va undan keyingi barcha tadqiqotlar
10
miyaning barcha
qismlari to‘laqonli faoliyat yuritishining isbot-dalillari bilan yakunlandi. Miyamiz asosan
neyron va gelial hujayralardan tuzilgan. Neyron hujayralarimiz bir-biriga sinapslar orqali
ma’lumot almashadi. Biror narsa haqida sizda ma’lumotlarning ko‘pligi o‘sha
ma’lumotlarni saqlovchi baza (neyron hujayralar to‘plami)da neyron hujayralari soni ko‘p
va zichligini anglatadi. Agar siz biror odatni shakllantirmoqchi bo‘lsangiz,
shu odatga
taalluqli bo‘lgan neyron hujayralaringizni ko‘paytirishingiz kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: