Antidangasalik
Download 341.9 Kb. Pdf ko'rish
|
Antidangasalik
1
/0 1 2 /0 1 3 /0 1 4 /0 1 5 /0 1 6 /0 1 7 /0 1 8 /0 1 9 /0 1 1 0 /0 1 In d ik at o rl ar Ekranda tungi va o‘qish rejimi + + + + + + + + + + 2 daqiqa hech narsa qilmaslik + + + + + + + + + + Qarmoqlar metodini bajarish + + + + + + + + + + Topshiriqlarni tuzish + + + + + + + + + + Loyihalar ro‘yxatini ko‘rib chiqish + + + + + + + + + + Telefonni olishdan oldin yashil topshiriq + + + + + + + + + + 41 A m al iy o tl ar IV BOB Diqqatni kuchaytirish usullari 2015-yil Microsoft korporatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot 29 natijalariga qaraganda, hozirgi davr odami 8 soniyadan ortiq diqqatini bir narsaga uzluksiz qaratib tura olmas ekan. 2000-yilda 30 bu ko‘rsatkich 12 soniyani tashkil etgan. Raqamli dunyoning turmush tarziga tobora chuqurlashib borishi diqqatning susayishiga olib kelmoqda. Siz kitob o‘qiyotganingizda yoki yangi so‘zlarni yodlayotganingizda birdan boshqa narsalar haqida o‘ylab ketasiz. Muammo diqqatingiz qaysi payt bo‘linganini bilmay qolishingizda. Agar siz diqqatingiz bo‘lingan vaqtni payqashni o‘rgansangiz, uni qaytarishni ham o‘rganib olasiz. Aslini olganda, diqqat bo‘linishi bu insondagi tabiiy mexanizm hisoblanadi, shuning uchun uni 100% kuchaytirishning imkoni yo‘q. Atrofingizdagi oddiy tovushlarning ham sizni chalg‘itishiga reflekslaringiz sababchi bo‘ladi. Shunga qaramasdan, diqqatni shug‘ullantirish orqali bir joyga jamlab turishni o‘rganish mumkin. Diqqatni shug‘ullantirish ham ko‘nikmali jarayonga kiradi, ammo bunda biroz muammolar mavjud. Biz avvalgi bobda bilib olganimizdek, ko‘nikma shakllantirishda unga qancha ko‘p kuch bersak va vaqt ajratsak, u shunchalik tez rivojlanadi. Ammo diqqatni shug‘ullantirish mashqlarida ma’lum chegaradan keyin sarflangan kuchning ta’siri bo‘lmay qoladi. Go‘yoki bir stakan suv to‘lgach, unga ortiq suv quyish imkonsiz bo‘lib qolganidek. Download 341.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling