Antidangasalik


Download 341.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/29
Sana18.11.2023
Hajmi341.9 Kb.
#1783760
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Antidangasalik



 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
ANTIDANGASALIK
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Hasan Mehmonov
 
 
 



KIRISH 
Bu kitobda keltirilgan barcha ma’lumotlar turli treninglar, kitoblar va tadqiqotlar
asosida shakllantirilgan. Agar siz dangasalikni yengish yo‘llarini bilib olish uchun kitobni
xarid qilgan bo‘lsangiz, sizga undan zarracha foyda bo‘lmaydi. Agar siz kitobni bir kunda
o‘qib tugatishni niyat qilgan bo‘lsangiz, bunda ham sizga kitobning foydasi tegmaydi.
Buning sababi shundaki, avvalo, bilib olishning o‘zi yetarli emas! “Bilim kuch emas,
amalda qo‘llangan bilim — kuch”. Siz kitobning har bir bobini o‘rtacha ikki-uch kunda
vaqt tashlab, shoshilmasdan o‘qishingiz va har bir aytilgan vazifani bajarib borishingiz
kerak bo‘ladi. Shundagina sizga kitobdan foyda bo‘lishi mumkin. Unutmang, “Rim bir
kunda qurilmagan”.
Bu kitob yaratilishida eng katta hissasi teggan inson — ustozim Dovranbek
Turdiyevga minnatdorchilik bidirmoqchiman. Kitobning ko‘p qismi u kishidan olgan
bilimlarim va treninglari asosida to‘plangan.



I BOB 
Nimadan boshlash kerak? 
Barcha insonlarda orzu-istaklar bor, ammo odamlar o‘z orzularini amalga oshirish
o‘rniga, ijtimoiy tarmoqlarga, kompyuter o‘yinlariga, foydasiz uchrashuv va boshqa
narsalarga mukkasidan ketishadi. Asosiy ish esa doimgidek dangasalik tufayli qolib
ketaveradi. Siz ham shular qatorida bo‘lmasangiz, katta ehtimol bilan bu kitobni qo‘lingizga
olmagan bo‘lardingiz.
Psixologiyada “dangasalik” o‘rniga “prokrastinatsiya” iborasi ishlatiladi.
Prokrastinatsiya — bu topshiriqlarni berilgan muddatdan o‘tkazib yuborish, asosiy ishlarni
keyinga surish harakati. Bu odat, ayniqsa, talabalar orasida juda keng tarqalgan. 2007-yilda
Kalgari universiteti psixologi Pirs Stil (Piers Steel) tomonidan o‘tkazilgan meta-tahlil
1
shuni
ko‘rsatadiki, oliy ta’lim muassasasi o‘quvchilarining 80 foizdan 95 foizgacha qismi
topshiriq va kurs ishlarini bajarishni muntazam ravishda kechiktiradi. Shu sababli biz siz
bilan prokrastinatsiyani yengishga harakat qilamiz. 
Prokrastinatsiya kelib chiqishining ko‘plab sabablari bor. Shifokorga ko‘rinish orqali
davolanadigan sabablariga depressiya, obsessiv-kompulsiv buzilish (OKB), diqqat
yetishmasligi/giperaktivlik buzilishi (DYGB) va boshqalar kiradi. Shuningdek, xohish,
qiziqish, kayfiyat yo‘qligi, nimadan boshlashni bilmaslik, ish hajmidan qo‘rqish va boshqa
sabablar tufayli ham sizda prokrastinatsiya kuzatiladi.
Demak, siz prokrastinatsiyani yengish uchun bir qoidani mukammal o‘zlashtirib
olishingiz kerak. “Mayda o‘zgarishlar katta o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi”. Hayotingizdagi
barcha narsalar mayda o‘zgarishlar oqibatida kelib chiqqan.
“Kapalak effekti — qachondir Avstraliyadagi kapalakning birgina qanot qoqishi
tufayli bir necha yillar o‘tib Amerikada to‘fon hosil bo‘ladi”. Bu shuni anglatadiki, barcha
narsalar bir-biriga chambarchas bog‘liqlikda bo‘lganligi tufayli siz bu mukammal
mexanizmdagi biror mayda elementni o‘zgartirish orqali undan keyingi katta
elementlarning ham o‘zgarishiga sababchi bo‘lib qolasiz. Hayotingizda bu effekt ta’sirini
qo‘llashingiz mumkin. Ya’ni siz o‘z hayotingizni o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, eng mayda



o‘zgarishlardan boshlashingiz kerak. Biz doim qilayotgan ishlarimizning natijasini tezroq
ko‘zimiz bilan ko‘rishga harakat qilamiz. Shu sababli biror ishni boshlashning o‘zidayoq
ko‘proq bajarishga urinamiz. Masalan, siz chet tilidan lug‘at yodlashni boshlaysiz va bir
necha kun davomida kuniga 150 tadan yangi so‘z yodlaysiz. Undan keyin sizda ishtiyoq
so‘nadi, barchasi qiyindek tuyuladi va ishni tashlab qo‘yasiz. Fitnes bilan shugullanishni
boshlaysiz: birinchi bir necha kunlikda siz qiyin mashqlarni qilasiz va qarabsizki,
tanangizdagi og‘riqlar kuchli. So‘ngra siz barini tashlab qo‘yasiz. Ko‘pincha mayda
o‘zgarishlardan boshlagan insonlar ham tashlab qo‘yishadi. Buning sababi, yuqorida
aytganimizdek, bizning miyamizga o‘rnashib qolgan natijani tezroq ko‘rish bilan bog‘liq
tushunchadir. Mayda o‘zgarishlar bilan boshlangan ishlar, -15 
li xonadagi muzni eritish

uchun xonani sekinlik bilan qizdirishga o‘xshaydi. Siz xona haroratini 0 
ga ko‘tarishga

ketgan vaqtingiz mobaynida muzda hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi. 0 
dan keyin muz

erishni boshlaganini ko‘rishingiz mumkin. Hayotingizga kiritadigan kichik o‘zgarishlar
mohiyati ham xuddi shunday. Bir qancha vaqtgacha o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmaydi,
ammo bir kuni uyg‘onganingizda ko‘p narsa o‘zgarganini payqab qolasiz. O‘sha kungacha
sabr bilan kichik o‘zgarishlarni amalga oshirishda davom etish kerak. Bu kitobni xarid qila
olgan ekansiz, demak, men beradigan mayda vazifalarni ham bajara olasiz degan
umiddaman.

Download 341.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling