Antidangasalik
Download 341.9 Kb. Pdf ko'rish
|
Antidangasalik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Komfort zonadan chiqish yo‘llari 1. “Kelajakdagi o‘zimni sevish”
- 2. Ideomotor mashg‘ulotlar
O‘rganish jarayoni
Avvaliga siz o‘rganishni boshlab olganingizdan keyin ma’lum vaqt davomida rivojlanish tez sur’atda o‘sadi. Oradan bir qancha vaqt o‘tgach, sizning mahoratingiz 45 ma’lum darajaga yetadi va o‘sish sur’ati deyarli o‘zgarmas bo‘lib qoladi. Aynan shu “OK” nuqta deyiladi. “OK” platformasida jarayon sekin kechishiga misol qilib dunyoning eng tezkor odami Huseyn Bolt (Usain Bolt)ning gapini keltirsak bo‘ladi: “Mening 100 metrga yugurishdagi vaqtimni 10 soniyadan 9 soniyagacha tushirish uchun 4 yil vaqtim ketdi”. Komfort zonadan chiqish yo‘llari 1. “Kelajakdagi o‘zimni sevish” Deylik, siz talabasiz. Sizga qaysidir fandan ertagacha mustaqil ish yozish vazifasi topshirilgan. Siz esa yozish o‘rniga YouTubeda video ko‘rib o‘tiribsiz. Agar shu zaylda o‘tiraversangiz, ikki xil holat yuz beradi: yo siz tuni bilan uxlamasdan vazifani yozib chiqasiz, yoki yozmaysiz va shu fandan past baho olasiz. Shunda o‘zingizga o‘zingiz ovoz chiqarib shunday deng: “Kel, Hasan, shu mustaqil ishni o‘zimiz uchun emas, kechqurun uyqusidan kechib yozib chiqadigan “Hasan” uchun bajarib qo‘yaylik, unga rahmimiz kelsin”. Yoki xonani yig‘ishtirish borasida “Kel, Hasan, o‘zimiz uchun emas, kechki payt darsdan charchab keladigan “Hasan” uchun shu xonani hozir yig‘ishtirib ketaylik”. Biz avval aytganimizdek, kelajakdagi o‘zimizga ortiqcha baho berib yuboramiz. Buning o‘rniga kelajakdagi o‘zingizga yordam berish haqida o‘ylash sizga foyda keltiradi. 2. Ideomotor mashg‘ulotlar Bu bilan ko‘pchiligimiz maktab davrlarida shug‘ullanganmiz. Siz kinoda qaysidir qahramonni ko‘rasiz va uning boshqalardan ajralib turadigan qobiliyatlariga juda havas qilasiz. Shunda o‘zingizni ham xuddi o‘sha qahramon deb tasavvur qilgan holda u qilgan ishlarni takrorlashga urinasiz, ya’ni taqlid qilasiz. Mana shu taqlid qilib o‘rganish ideomotor mashg‘ulotlarga kiradi. Ulg‘aygan insonlarning katta qismi turli omillar tufayli taqlidchilikni tashlab qo‘yadi. Ammo bu usul o‘zingizda mavjud bo‘lmagan narsalarni tezroq o‘rganishning eng samarali usullaridan biri. Buning uchun siz qaysidir yo‘nalishda o‘zingizga yoqqan shaxsni tanlaysiz va xuddi shu shaxs kabi harakat qilishga urinasiz. 46 Misol uchun, sahnada turib gapirish bo‘lsin. Shunda birorta kuchli notiqning sahnada turib gapirishi, qo‘l harakatlari, ohangini takrorlashga urinishingiz sizda ham notiqlik mahoratini o‘stiradi. Agar siz o‘zingizni “Yakkaman, hech kimga taqlid qilmaganman, qilmayman ham” desangiz, xato qilayotgan bo‘lasiz. Bilishingiz kerakki, har bir inson aslida taqlidchi. Hammamiz eng sodda narsalarni ham birovlarga taqlid qilib o‘rganganmiz, so‘ngra esa boshqalardan o‘rgangan narsalarimizni o‘zimizga moslashtirgan holda o‘zligimizni yaratganmiz. Demak, siz o‘zingiz uchun taqlid qilmoqchi bo‘lgan insonlarni tanlab oling, o‘sha ish bilan shug‘ullangan vaqtingizda tanlagan insoningizni xayolingizda ushlab turing va unga o‘xshab harakatlanishga urining. Download 341.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling