Antidangasalik


 Ko‘pchilik yoqtirmaydigan narsalarni yoqtiring


Download 341.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/29
Sana18.11.2023
Hajmi341.9 Kb.
#1783760
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
Antidangasalik

2. Ko‘pchilik yoqtirmaydigan narsalarni yoqtiring
Maqsadlar sari harakat doim zerikarli va qiyin bo‘ladi. Shunisi odamlarga yoqmaydi.
Siz esa shu jarayondan o‘zingizga yoqadigan narsalarni topishga urining. Bu ingliz tili bilan
shug‘ullanayotgan vaqtda gaplarni talaffuz qilishda, oshpazlikni o‘rganayotgan vaqtda
taomni hididan zavqlanishda va hokazolarda bo‘lishi mumkin. Maqsadni emas, jarayonni
sevishni o‘rganing. Agar siz bunday jarayonni topa olmasangiz, buni sun’iy ravishda
yaratishingiz mumkin. Biz avvalgi boblarda Pavlovning shartli refleksi haqida ma’lumot
berib o‘tgandik. Siz ham o‘zingizda topshiriqlar bilan shartli refleks hosil qilishingiz kerak.
Buning uchun har bir qiyin ishni bitirganingizdan keyin (masalan, “Pomodoro” texnikasi
bilan shug‘ullanilgandan so‘ng) o‘zingiz yoqtirgan birorta ishni qilishingiz kerak bo‘ladi.
Bu bir finjon qahva ichish, bir dona shokolad yeyishda kuzatiladi. Ammo ishni bajarib
bo‘lish va o‘zni mukofotlash orasida boshqa ish bo‘lmasligi kerak. Vaqt o‘tgandan keyin
sizdagi shartli refleks qiyin ishlarni qilishni undan keyingi rohatlanish bilan bog‘lab
qo‘yadi. Shunda sizda qiyin ishlarni qilishda yoqimsiz holatlar yuzaga kelmaydi.
3. Kognitiv xatolarni bartaraf etish 
Kognitiv xatolar bu fikrlash jarayonidagi xatolar hisoblanadi. Shunday xatolardan
bittasi — insonlar o‘ziga obyektiv baho bera olmasligi, o‘z imkoniyatlarini oshirib yoki
50 


kamaytirib yuborishidir. Misol uchun, siz sport zaliga chiqib, turnik 30 ta tortilishni maqsad
qilib qo‘ydingiz. Shuncha miqdorda tortila olishingizga ishonyapsiz. Agar avvaldan
turnikda tortilib yurgan inson bo‘lmasangiz, katta ehtimol bilan siz bunday miqdorda tortila
olmaysiz. Tortilgan taqdiringizda ham, mushaklaringiz og‘rigani hisobiga ikkinchi bor
tortilish uchun kelmaysiz va bu maqsad ham o‘z-o‘zidan qolib ketadi. Bizning asl
chegaralarimiz biz o‘ylagan joyda bo‘lmaydi. Shuning uchun maqsad (topshiriq)
qo‘yishdan oldin shu jarayonni tajribangizda sinab ko‘ring, chegarangizni aniqlab oling.
Har kuni turnikda nechtadan tortilishni maqsad qilib qo‘yishni bilish uchun avval borib
tortilib ko‘ring, chegarangizni bilib olganingizdan keyin, shundan kelib chiqqan holda o‘z
oldingizga maqsadni to‘g‘ri qo‘ying. Shuningdek, fanda Danning-Kryuger effekti
33
ham
bor. Unga ko‘ra: 
“Professionallar o‘z qobiliyatlariga pastroq baho berishsa, havaskorlar o‘z
qobiliyatlarini oshirishga moyil bo‘ladi”. 
O‘zingizga obyektiv baho berish uchun avval test qilib ko‘rishni unutmang. 
4. Takrorlang
Yuqorida bilib olgan narsalaringizni hayotingizga tatbiq qiling va qayta-qayta
takrorlang. Kitobni ham yana bir marotaba takroran o‘qib chiqing. Bundan qo‘llanma
sifatida foydalanishingiz, yoningizda olib yurishingiz mumkin. Kitobni o‘qishni
boshlaganingizdan beri barcha bilganlaringizni amalda qo‘llab kelyapsiz degan umiddaman.
Shu zaylda davom ettirish sizni muvaffaqiyatga yetaklaydi. Agar yanada ko‘proq
ma’lumotlarga ega bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, Dovranbek Turdiyevning “Antidangasalik”
34
treningiga qatnashib ko‘ring. Harakatdan to‘xtamang. 
51 



Download 341.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling