Antidangasalik


Download 341.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/29
Sana18.11.2023
Hajmi341.9 Kb.
#1783760
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
Antidangasalik

3. Dominantalar nazariyasi
Bu nazariyani birinchi bo‘lib Aleksey Alekseyevich Uxtomskiy
32
(1875-1942)
yaratgan. Uxtomiskiydan keyin ko‘plab tadqiqotlar bu nazariyani to‘laqonli isbotlab,
yangiliklar kiritdi. Ularning ta’kidlashicha, bizning harakatlarimiz turli dominantalarning
o‘zaro almashunuvi tufayli boshqariladi. Dominanta — bu sizning miyangizda qaysidir
yo‘nalishda ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan neyron hujayralarining yig‘ilishi. Misol uchun,
sizning hozir kitobni o‘qib turganingizga sabab — shu kitobga qaratilgan dominantalaringiz
ayni damda boshqa dominantalarga qaraganda kattaroq bo‘lganligida. Agar hozir siz
chanqashni boshlasangiz, suv ichish xohishiga doir bo‘lgan dominanta yiriklashishni
boshlaydi va kitob o‘qishga qaratilgan dominantangizdan kattalashgan zahoti siz kitobni
qo‘yib, suv ichish uchun turib ketasiz. Dominantalar kattalashishi uchun unda ma’lumotlar
bazasi katta bo‘lishi zarur. Xuddi shuningdek, sizning qaysi yo‘nalishda bilim bazangiz
katta bo‘lsa, shu yo‘nalishda harakatlanishingiz oson bo‘ladi. Dominantalar nazariyasiga
asoslanib, har qanday yomon odatlarni ham yo‘qotish va yaxshilarini shakllantirish
mumkin. Deylik, siz tamaki chekasiz. Uni tashlay olmayotganingizga sabab chekish
zararligi haqidagi dominantangiz chekishga muhtojlikka oid dominantangizga nisbatan
kichikligidir. Agar siz chekishning zararli jihatlarini o‘rganishni boshlasangiz,
dominantangiz kattalashishni boshlaydi va bir kun kelib chekish zararligi borasidagi
dominantangiz ikkinchisidan ustun keladi, siz o‘sha kuniyoq chekishni tashlaysiz. Shu bilan
47 


birga, siz komfort zonadan chiqish, dangasalikdan qutilish, kompyuter o‘yinlari kabi zararli
odatlarni yo‘qotish va ular aksining foydasi bo‘yicha bilim bazangizni ko‘paytirish bilan
o‘zingizni yaxshi tarafga o‘zgartirishingiz mumkin. Biror zararli odatni yo‘qotishni tanlab,
shu bo‘yicha kuniga o‘n daqiqa ma’lumot to‘plashni cheklistingizga yozib, bajarsangiz
bo‘ladi. 
Ko‘pincha biz bajaradigan ishlar xohishlarimiz bilan bir xil bo‘lmaydi. Misol uchun,
chiroyli qomat egasi bo‘lishni xohlaymiz, ammo jismoniy mashqlarni bajarmaymiz, chet
tillarida gapirishni istaymiz, ammo ularni o‘rganmaymiz va hokazo. Xohishimizdagi
ishlarni bajarishga kelganda, muammolar paydo bo‘la boshlaydi. Ko‘pchiligimiz bu
vaziyatning yechimi sifatida motivatsiyaga yuzlanamiz. Ayniqsa, hozirga yoshlar faqat
motivatsiyaga bog‘lanib qolishgan. XX asr o‘rtalarida g‘arbda avj olgan motivatsion
treninglar endi bizga yetib keldi. Motivatsiyani bir lahzalik katta energiyaga o‘xshatish
mumkin. Siz motivatsion rolikni ko‘rib bo‘lganingizdan keyin xuddi ichingiz katta kuchga
to‘lib ketgandek bo‘ladi. Barcha bitmagan ishlaringizni hoziroq yakunlab qo‘yishni, bir
nechta tilni o‘rganishni, katta pullarni hoziroq topib qo‘yishni xohlab qolasiz. Ammo uzog‘i
yarim-bir soatda sizda bu ishtiyoqdan asar ham qolmaydi. Shuning uchun ham motivatsiya
sizga katta yordam bera olmaydi. U faqat sizning xohishingizni oshirib beradi, lekin
xohishning o‘zi ishni amalga oshirishga yetmaydi. Shuningdek, yana ko‘pincha bizda
o‘zimizning xayolimizdagi “Men” bilan hayotdagi “Men” boshqa-boshqa insonlar bo‘ladi.
Qachonki shu xayolimizdagi “Men”ga hayotda ham aylana olsak, dangsalikdan ham
qutulgan bo‘lamiz.
Biz topshiriqlarni tuzish va rejalashtirish haqida avvalgi boblarda suhbatlashgandik.
Shu topshiriqlarni bajarishni ideomotor mashg‘ulotlar bilan yanada osonlashtirish mumkin.
Buning uchun siz topshiriqni bajarishdan oldin xayolan bajarish jarayoningizni tasavvur
qilishingiz, ya’ni xayolan rejalashtirishingiz kerak bo‘ladi. Misol uchun, sizda “Darsdan
kelgandan keyin ingliz tilidan 50 ta yangi so‘z yodlash” degan topshiriq bor. Siz qilishingiz
kerak bo‘lgan ishni darsdan kelish vaqtida o‘ylaysiz: “Hozir uyga boraman, ichkaridagi
xonamga kiraman, shkafdan uy kiyimlarimni olib, formamni almashtiraman, keyin dars
stolimga o‘tiraman, sumkamdan lug‘at daftarimni olaman va taymerni 25 daqiqaga qo‘yib,
48 


so‘z yodlashni boshlayman”. Tadqiqotlarga qaraganda, xuddi mana shu zaylda har bitta
harakatni oldindan tasavvur qilish ishning bajarilish foizini oshirib berar ekan. Ideamotor
rejalashtirishni “Sekret” filmida keltiriladigan “Vizualizatsiya” bilan aralashtirib
yubormang. Siz hech qanday energiya tarqatmaysiz va hech narsani o‘zingizga
chorlamaysiz. “Vizualizatsiya” ish bermaydigan narsa, sababi, uning ilmda hech qanday
tasdig‘i yo‘q.

Download 341.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling