Antropogenetik usul: Shajara va egizaklar usuli Reja


Download 42.32 Kb.
Sana01.04.2023
Hajmi42.32 Kb.
#1316227
Bog'liq
Antropogenetik usul


Antropogenetik usul: Shajara va egizaklar usuli
Reja:
1._________________________________________________
2._________________________________________________
3._________________________________________________
Shajara (arab. — daraxt) — kishilarning kelib chiqishi, ajdodlari va qon-qarindoshlik aloqalari majmui. Uni tarix fanining bir tarmogʻi — genealogiya fani oʻrganadi. Podsholar, hukmdorlar, afsonaviy qahramonlar nasl-nasabiga qiziqish qadim zamonlardanoq boʻlgan, lekin oʻrta asrlarda Shajara imtiyozli tabaqalarning paydo boʻlishi va ularning avlod-ajdodlarini rasmiylashtirishga qiziqishning kuchayishi bilan alohida ahamiyat kasb etgan. Bu, oʻz navbatida, 15-asrdan boshlab Shajara oʻrtasidagi nikoh aloqalari haqida guvohlik beruvchilarning paydo boʻlishiga olib kelgan. Shu davrlarda urugʻ yoki bir-biriga yaqin bir necha urugʻ aʼzolarining nasl-nasabiga oid bir necha daftarlar tuzila boshlagan. Osiyoda shahriga oid dastlabki yirik asarlar 15—17-asrlarda paydo boʻlgan. Ayniqsa, Abulgʻoziy Bahodirxonning "Shajarayi turk" va "Shajarayi tarokima" asarlari 13—17-asrlardagi moʻgʻul va turk urugʻlari, hukmdorlari haqida qimmatli maʼlumotlar beradi. Oʻrta Osiyoda nasab daftariga xoʻjalar, saidlar va boshqa ega boʻlib, bu hujjatlar ularning paygʻambar, sahobalar, tarxon, beklar naslidan kelib chiqqanligini koʻrsatuvchi dalil sifatida, shuningdek, soliq toʻlash, xalq hasharlariga chiqish va boshqa ishlarda alohida imtiyozga, umuman jamiyat hayotida yuqori mavqega ega bulishi uchun xizmat qilgan. Sh. hujjatlari dastlab shaxening siyosiy mavqeiga koʻra, guvohlar ishtirokida hukmdorlar huzurida tuzilgan va uning muxri bilan tasdiqlangan.
Egizaklar usulini birinchi bo'lib ingliz olimi F.Galton fanga kiritgan. Bu usul egizaklarning biri-biridan farqlarini o'rganishga asoslangan bo'lib, turli xil anomaliya va patologik belgilarning kelib chiqishida irsiyat va muhitni o'rganadi.

Egizaklar ikki xil bo'ladi. Monozigotali (Mz) va dizigotali (Dz). Monozigotali egizaklar bitta otalangan tuxumdan rivojlanadi va doimo bir xil jinsli, bir xil genotipli bo'ladi. Dizi­gotali egizaklar ikkita otalangan tuxumdan rivojlanadi va har xil jinsli bo'lishi mumkin. Bunda Hasan-Husan, Fotima-Zuhra yoki Hasan — Zuhra, Fotima — Husan tipidagi egizaklar bo'ladi.

Egizaklarni tekshirishda birnchi navbatda ularning mono — yoki dizigotali ekanligini aniqlash muhimdir. Ular qon guruhi, qon zardobidagi oqsillar, tana rangi, ko'zining tuzihshi, qosh va sochning shakli, lab shakli, bunmning tuzilishi, xromosomalar tahlillari natijalari orqali farqlanadilar. Agar biron-bir yagona farq topilsa, demak bu egizaklar dizigotali hisoblanadi.

Genlarning organizmda qanday namoyon bo'lishi, tashqi muhit ta'siriga qanchalik bog'liq ekanligini bir tuxumdan rivojlangan egizaklarni tekshirib batafsil o'rganish mumkin. Genetik ta'sir natijasida kelib chiqqan kasalliklar bir tuxumli egizaklarning ikkalasida ham baravar rivojlanadi. Ikkita jinsiy hujayradan o'sgan egizaklarda esa kasallanishda katta farq bo'ladi. Bu holni quyidagi misolda ko'rish mumkin.

Bir tuxumli egizaklarda shu narsa diqqatga sazovorki, ular ayrim vaqtlarda bir xil kasalliklar bilan baravar og'riydilar. Ayniqsa, xuruj bilan paydo bo'lgan kasalliklarda egizakarning ikkisida ham bu xuruj bir vaqtda, bir xil ko'rinishda ro'y berishi mumkin. Bunga bizning kuzatuvimizda bo'lgan bir tuxumli egizak lardagi epilepsiya kasalligi bir vaqtda, bab-baravar boshlanib, davolanganlaridan keyin ikkisida ham baravar to'xtadi.

Boshqa mualliflarning kuzatuviga binoan ham bir-biridan uzoq shaharlarda yashovchi bir tuxumli egizaklarda epilepsiya xurujlari bir vaqtda boshlanib, bir vaqtda tugagani qayd qilingan. Sankt — Peterburgdagi Bexterov nomidagi psixonevrologiya instituti professori G.Z. Levinning kuzatuvida bo'lgan bir tuxumli, yuz bichimi, gavda tuzilishlari bo'yicha, bir-biriga juda ham o'xshash opa-singil bo'lib, ularning qon gruppalari ham bir xil edi. Ular boshqa-boshqa shaharlarda yashasalarda, bir xil formadagi allergiya kasalligi bilan og'riganlar, ikkisida ham hayz ko'rish baravar to'xtab, klimaks kasalligi 51 yoshlarida baravar paydo bo'lgan. Har ikkala opa-singillarda 55 yoshida bir kunda miya insulti ro'y bergan. Bu opa-singillarning «Fotimasi» 1966-yili 22-noyabrda kasallik to'satdan chap qo'lining uvishishi va tilining g'uldirashi kabi belgilar bilan boshlanadi, «Zuhrasi» ham huddi shu yili, shu oy va shu kunda, ya'ni 22-noyabrda Chukotkadan Sankt-Peterburgga kelayotganda to'satdan o'ng qo'li va o'ng oyog'i falajlanib, tili g'uldirashi kabi belgilar bilan boshlanadi.


Egizaklar xususida ikki og'iz

Shunday qilib, bir-biriga juda ham o'xshaydigan, qon gruppalari ham bir xil bo'lgan bir tuxumli egizak ayollarning ikkovi ham allergiya kasalligiga uchragan, bir vaqtda hayz ko'rish to'xtagan, bir vaqtda klimoterik sindromi va bir vaqtda miya insulti paydo bo'lgan.

Monozigot egizaklarda qandli diabet kasalligi bilan og'rish 42 % egizaklarning har ikkalasida ham ro'y beradi. Har xil tuxumdan paydo bo'lgan egizaklarda esa atigi 12 % ni tashkil qiladi. Yurak yoki miya qon-tomir kasalligi ham qisman naslga bog'liq. Shuning uchun bir tuxumli egizaklarning 44 % da kasallanish bilan Hasan-Husan yoki Fotima-Zuhra baravar og'riydilar. Har xil tuxumli egizaklarda esa bu hoi 14 % ni tashkil qiladi. Revmatizm bir tuxumli egizaklarda 37 %, har xil tuxumli egizaklarda 6,6 % ni tashkil qiladi.

Ruhiy kasalliklar bilan og'rishda bir tuxumli egizaklarda yana ko'proq o'xshashlik topiladi. Masalan, bir tuxumdan paydo bo'lgan ikkala egizakda monikal-depressiv psixoz 96 % bo'lsa, aqliy zaiflik 97 % bo'ladi. Dizigota egizaklarda bu kasallik 19 % (monikal-depressiv psixoz) va 37 % aqliy zayiflik kuzatiladi.

Egizaklarni tekshirishda konkordantlik (egizaklarning ma'lum belgi jihatdan bir xil bo'lishi) va diskordantlik (egizaklarda har xil belgilar, kasalliklarni namoyon bo'lishi) farqi aniqlanadi. Agarda M2 — egizaklar biron-bir belgi yoki kasallik bo'yicha yuqori konkordantlikka (80 % gacha) D2 — egizaklar esa past konkordantlikka (20 % gacha) ega bo'lsa, demak bu belgi yoki kasallik irsiy hisoblanadi. Biror belgi yoki kasallik bir xil konkordantlikka ega bo'lsa, bu belgi yoki kasallikning irsiy emasligidan dalolat beradi. Qachonki ayni belgi bo'yicha Mz egizaklar nisbiy konkordantlikka ega bo'lsa, Dz egizaklar esa bir necha marta kam bo'lsa, taxmin qilish mumkinki, bu belgi irsiy berilgan, lekin uning shakllanishiga tashqi muhit omillari katta ta'sir ko'rsatadi yoki kasallik poligen bo'ladi.

*
Bola rivojidagi kamchiliklar

Berilgan belgilarni tekshirib, olingan natijalarni baholashda ularning ajralib ketishi mumkinligini hisobga olish kerak. Masalan, egizaklarning psixik va hulq atvorining belgilarini o'rganishda, shuni esda tutish kerakki, konkordantlik tashqi muhit natijasi hisoblanadi, Mz — egizaklar yuqimli xastalik bilan kasallanganda faqat konkordant bo'lishi mumkin, lekin konkordantlik infeksiya asorati bo'yicha genetik omil sifatida namoyon bo'lmasligi, ya'ni genetik omil bo'lib, ta'sir qilmasligi mumkin.


Download 42.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling