Antropozoonoz infeksiyalar. Reja


Download 26.2 Kb.
bet3/7
Sana08.05.2023
Hajmi26.2 Kb.
#1446620
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ANTROPOZOONOZ INFEKSIYALAR.

Oldini olish. Shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, kemiruvchilarni yuqotish.
Leptospiroz. Jigar, buyrak va boshqa a'zolarning yallig`lanishi, terining sarg'ayishi, teri orasiga qon quyilish nuqtalarining paydo bo`lishi, umumiy intoksikatsiya bilan kechadigan og`ir yuqumli kasallik.
Sababi. Kasallikni leptospera deb ataluvchi mikrob qo'zg'atadi. U issiq sharoitda, ayniqsa yoz faslida ko'payadi. Kemiruvchilar mikrobning manbai hisoblanadi. Ular siydigi, ahlati bilan suv manbalarini, daladagi don mahsulotlarini va meva-sabzavotlarni zararlaydi.
Belgilari. Kasallik tana haroratining to'satdan ko'tarilishi va varaja qilish bilan boshlanadi. Asosiy belgilaridan biri boldirning duksimon muskullarida kuchli og'riq paydo bo`lishidir. Bemorning ko'zlari qizaradi. Jigar yallig`lanishi tufayli teri sarg'ayadi, qizil toshmalar paydo bo`ladi. Burnidan qon oqadi, buyrakni yallig`lanishi tufayli siydikda qon bo`ladi.Jigar va taloq kattalashadi.
Tibbiy yordam. Leptospiroz bilan kasallangan bemor tez yordam chaqirilib zudlik bilan yuqumli kasalliklar shifoxonaga yuborilishi kerak.Shifoxonaga yuborguncha tulyaremiyaga o`xshash birinchi tibbiy yordam ko`rsatiladi.
Oldini olish. Shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, kemiruvchilarni yo'qotish.
Brutsellyoz. Bo`g`imlarning yallig`lanib shishishi, jigar, taloq, buyrak kabi ichki a`zolarning yallig`lanishi va kattalashishi, tana haroratini ko'tarilishi bilan surunkali kechadigan yuqumli zoonoz kasallik.
Sababi. Kasallikni brutsella mikrobi qo'zg'atadi. Bu mikrob qaysi hayvonlar tanasida ko'payishi va undan odamga yuqishiga ko'ra kasallikning quyidagi 3 ta turi bo`ladi:

  1. Echki va qo'ylardan yuqadigan brutsellyoz;

  2. Qora moldan yuqadigan brutsellyoz;

  3. Itdan yuqadigan brutsellyoz, (bu juda kam uchraydi).

Kasallik odamlarga asosan qo'y, echki, qora molning go'shti, suti, juni va terisidan yuqadi.
Mikroblar kirgan joyning to'qimasidan limfa tomirlariga o`tib, limfa tugunlarini yallig`lantiradi. So'ngra qonga o'tib, jigar, taloq, suyaklarning ko`mik qismiga, bo'g'imlarga va boshqa to'qima - a'zolarga tarqaladi.
Belgilari. Brutsellyoz 3 turda kechadi:

  1. O'tkir brutsellyoz.

  2. O'tkir qaytalovchi brutsellyoz;

3. Surunkali faol brutsellyoz;

Download 26.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling