Antropozoonoz infeksiyalar. Reja
Download 26.2 Kb.
|
ANTROPOZOONOZ INFEKSIYALAR.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Otkir qaytalovchi brutsellyozda
- 3.Surunkali faol brutsellyoz.
- Tibbiy yordam.
- Oldini olish.
1.O`tkir brutsellyoz. Mikrob yuqqanidan bir haftadan ikki oygacha yashirin davri o`tgach, tana haroratining 39-40 darajaga ko'tarilishi bilan boshlanadi. Harorat bir haftadan to'rt haftagacha davom etishi mumkin.Bu davrda bemor varaja qiladi, ko'p terlaydi. Sinchiklab tekshirilganda bo'yin, qo`ltiq osti, chov sohasidagi limfa tugunlarining hajmi bir sm gacha kattalashgani aniqlanadi. Davolash natijasida o`tkir brutsellyoz bilan kasallangan bemor to`lig`icha tuzalishi mumkin. Ammo, ayrim hollarda bemor to`lig'icha tuzalmaydi, ya'ni o'tkir brutsellyoz kasallikning o'tkir qaytalovchi turiga aylanishi mumkin.
2.O'tkir qaytalovchi brutsellyozda kasallik vaqti-vaqti bilan qo'zg`alib va paysal topib kechadi. Kasallik qo'zg'aganda tana harorati ko'tariladi, bo'g'im va muskullarida og'riq bo`ladi, 3-4 kundan keyin bemorning ahvoli yaxshilanadi, lekin 1-1,5 oy o'tgach shu holat yana takrorlanaveradi. O`tkir qaytalovchi brutsellyozning har 1-1,5 oyda qaytalanishi tufayli bemorda intoksikatsiya holati yuzaga keladi, ya'ni umumiy quvvatsizlik, kamqonlik, bosh og`rishi, uyquning buzilishi, muskul, suyak, mayda bo'g'imlarda og'riq bo`ladi. Shuningdek, bemorning mayda bo'g'imlarining yallig`lanishi, ayollarda endometrit (bachadon ichki shilliq qavatining yallig'lanishi), miokardit, endokardit, perikardit, plevrit, gepatit, meningit va boshqa a'zolarning yallig`lanishi. 3.Surunkali faol brutsellyoz. O'tkir qaytalovchi brutsellyoz 6 oy davomida tuzalmasa, u surunkali faol brutsellyozga aylangan bo`ladi.Bunda asosan katta bo'g'imlar zararlanadi, ya'ni tirsak, son-chanoq, tizza bo'g'imlari. Shunungdek, bel dumg'aza umurtqalari ham yallig`lanishi mumkin (bel-dumg'aza radikuliti vujudga keladi). Zararlangan bo'gimlarda uzoq davom etadigan og'riq, harakatlanishning qiyinlashuvi kuzatiladi. Surunkali faol brutsellyozda nerv tizimining yallig`lanishi nevrit, radikulit, meningit, meningo-ensefalit, ko'rish va eshitish nervlarining yallig`lanishi kuzatiladi. Jinsiy a'zolarning yallig`lanishi erkaklarda jinsiy zaiflikni, ayollarda bepushtlikni yuzaga keltiradi. Tibbiy yordam.O'tkir va o'tkir qaytalovchi brutsellyoz yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanadi. Surunkali faol brutsellyoz qo'zg'olgan davrida bemor yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanishi kerak. Kasallikning qo'zg'olmagan davrida bemor vaqt-vaqti bilan shifoxona shifokori nazoratida, kasallikning qo'zg'olishiga qarshi, davolanish tadbirlarini qabul qilib turadi. O'tkir va o'tkir qaytalovchi brutsellyozda bemorga quyidagi antibiotiklar buyuriladi: tetratsiklin guruhi, rifampitsin, levometsitin va baktrim (biseptol) ikkalasi birgalikda. Yuqoridagi antibiotiklar navbat bilan 10-12 kundan, o'rtada 7-10 kun tanaffus qilib, 2-3 kurs qabul qilinadi. Bo'g'imlar va muskullarning yallig`lanishiga qarshi butadion, indometatsin, voltarin. Fizioterapevtik muolajalar (diatermiya, sollyuks, UVCH, parafin kabilar). Oldini olish. l.Chorva mollarini veterenariya nazoratidan o'rkazib turish. Kasallangan mollarni davolash. 2.Go'sht-sut mahsulotlarini sanitariya nazoratidan o'tkazib, yaxshi pishirib iste'mol qilish. 3.Chorva mollarida brutsellyoz tarqalgan hududlarning chorvadorlarini bu kasalga qarshi emlash. Download 26.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling