Antropozoonoz infeksiyalar. Reja
Download 26.2 Kb.
|
ANTROPOZOONOZ INFEKSIYALAR.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Belgilari.
- 3.Kasallikning avj olish davri
- 4. Terminal (paralich) davri
- Tibbiy yordam.
Quturish (gidrofobiya). Bosh miya nerv to'qimasining zararlanishi bilan kechadigan va bemorning o`limi bilan tugaydigan o'ta xafli zoonoz infeksion kasallikdir.
Sababi. Kasallikni nervatrop RNK saqlovchi viruslar qo`zg`atadi. Virus kasallangan hayvon tishlashi natijasida sog' odamga yuqadi.Hayvon tishlagan joy miyaga qancha yaqin bo'lsa, kasallanish xavfi shuncha ko'p bo`ladi. Tibbiy kuzatuvlarning aniqlashiga ko`ra odamning yuz sohasi tishlanganlarning uchtadan ikkitasi, oyoq sohasi tishlanganlarning to'rtadan bittasi kasallangan. Belgilari. Kasallik to'rt davrda kechadi: 1. Kasallikning yashirin davri - 1 oydan 3 oygacha, ayrim hollarda 10 kungacha qisqarishi yoki 1 yilgacha va undan ko'proq uzayishi mumkin. 2. Kasallikning boshlanish davri - 1-3 kun bo`lib, quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi: tishlangan joyning yarasi bitib ketishiga qaramasdan, shu joyning terisi qaytadan yallig'lanadi, qichiydi, og'riydi, og'riq nerv tolasi bo'ylab tananing yuqori qismiga tarqaladi. Bemorning boshi og'riydi, bo`shashadi, ichi ketadi, og'zi quriydi, tana harorati ko'tariladi. Uyqusizlik, qo'rqinchli tushlar ko'rish, sababsiz qo'rqish, kayfiyatini tushishi, g'amginlik kuzatiladi. 3.Kasallikning avj olish davri - bemorda qo'zg'olish, notinchlik yuzaga keladi. Suv icholmaydi, hatto suvni ko'rganida halqum va hiqildoq muskullari tirishib, nafasi qisib qoladi. Bemorning tana harorati ko'tariladi, nafas va yurak- tomir ishi buziladi.Bu davr 2-5 kungacha davom etishi mumkin. 4. Terminal (paralich) davri - bemor tinchlanadi, qo'rqish yo'qoladi, suvni ko'rganda nafasi qisilmaydi. U ovqat va suv iste`mol qila boshlaydi, go`yo tuzalayotganga o'xshab ko'rinadi. Ammo, to`satdan yurak urishi kuchsizlanadi, arterial qon bosimi pasayadi, qo'l-oyoqlarda shol holati yuzaga keladi. Tana harorati 42° gacha ko'tariladi.Nafas va yurak markazining zararlanishi natijasida bemor hayotdan ko'z yumadi. Tibbiy yordam.1.Bemor yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanadi.Xonada shovqin, o'ta yorug'lik bo`lmasligi kerak.Tibbiy yordam asosan bemorning ahvolini oz bo'lsada yengillashtirishga yo`naltiriladi, nafas olishni osonlashtirish, yurak-tomir quvvatini oshirish, tana haroratini pasaytirish, intoksikatsiyani kamaytirish kabilar. Download 26.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling