Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/53
Sana23.03.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1287675
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   53
 
 
5.3. Urbanizasiya jarayoni va shaharlar geografiyasi
Shaharlar yirik aholi punktlapi bo‘lib, unda yashaydigan kishilar qishloq 
xo‘jaligi bilan band bo‘lmasdan, boshqa ijtimoiy – iqtisodiy, madaniy sohalarda 
shug‘ullanishadi. Shaharlar turli makon va zamonlarda iqtisodiy, siyosiy, madaniy 
va boshqaruv markazi rolini o‘ynagan. Shahar aholi punktlapi o‘lchami jihatidan 
yirik va unda yashovchi aholi, qishloq aholi punktlapidagiga nisbatan ko‘p 
sonliligi hamda zichligi bilan tavsiflidir. Shaharlarning qudrati ularda 
mujassamlangan iqtisodiy, intellektual va demografik salohiyat bilan belgilanadi.
Dunyo miqyosidagi shaharlarni aholiyligiga ko‘ra maqom berishda aniq 
chegaralangan bir xil miqdordagi senz mavjud emas. Har bir davlatdagi shaharlar 
bajaradigan funktsiyasi va aholi punktlapining roli va aholi soniga qarab ajratiladi. 
Masalan, Daniya va Islandiyada aholisi 200 kishi va undan ko‘p bo‘lgan aholi 
punktlapi shahar, deb ataladi. Bundan tashqari Yaponiyada–30 mingdan oshiq
Niderlandiyada 20 ming, Turkiyada – 10 ming, Hindiston va Pokistonda – 5 ming, 
Meksikada – 2,5 ming, Fransiyada 2 ming, AQShda 2,5 ming, Xitoyda 3 ming, 
Germaniyada 5 ming kishi va undan ko‘p aholi yashaydigan aholi punktlari shahar 
qatoriga kiritiladi. Rossiyada – 12 ming, O‘zbekistonda esa 7 ming aholisi bor 
punktlap shahar hisoblanadi. Ammo, dunyoda shunday aholi punktlapi borki, ular 
faqat ma’muriy markaz bo‘lganligi bois shahar, deb nomlanadi. Chunonchi, ayrim 
mamlakatlardagi barcha aholi punktlapining ma’muriy markazlari, poytaxtlari 
shaharlar sirasiga kiritiladi. Masalan, Jazoir, Ekvador shular jumlasidandir. 
Aholi punktlapi shaharga aylanishida ularning iqtisodiy salohiyati, funktsiyasi 
ham muhim mezonlardan biri. Shahar aholi punktlapida yashovchilar qishloq 
xo‘jaligi tarmoqlarida band bo‘lmasligi yoki juda kam sonlini tashkil etishi kerak. 
Masalan, Rossiya shaharlaridagi aholining atigi 15 foizga yaqini qishloq 
xo‘jaligida band bo‘lishi mumkin. Hindistonda esa mehnatga layoqatli 
erkaklarning 3/4 qismi qishloq xo‘jaligida band bo‘lmagan aholi punktlapida 
yashasa bunday punktlap shaharlar sifatida qabul qilinadi.
O‘zbekistonda ishchi, xizmatchi va ularning oila a’zolari shahar aholisining 
2/3 qismidan ko‘prog‘ini tashkil etishi hamda bunday aholi punktlarida sanoat 
korxonalari (og‘ir industrial), kommunal xo‘jalik tashkilotlari, davlat uy-joy fondi, 
o‘quv yurtlari, madaniy-ma’rifiy, tibbiy, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish 


126 
muassasalari mavjud bo‘lishi lozim. Bu mezon ham barcha davlatlarda bir xil 
emas.
Sobiq SSSR davrida aholi punktlariga shahar maqomini berish bo‘yicha bir 
qator qonun-qoidalar qabul qilingan. Bunday qonun-qoidalar ayrim respublikalarda 
o‘zaro farq qilar edi. Masalan, Ukrainada aholi soni shaharlar uchun 10000, shahar 
tipidagi posyolkalar (ShTP) uchun 3000 kishi qilib belgilangan. O‘zbekistonda esa 
bu ko‘rsatkich tegishlicha 7000 va 2000 kishini tashkil etadi. 
Aholi punktida istiqomat qiluvchilarning ko‘pchilik qismi mehnatning qanday 
turi bilan bandligi darajasi ham shaharcha maqomini berishda muhim belgilaridan 
hisoblanadi. Chunonchi, Gruziyada ham, Turkmanistonda ham aholi punkti shahar 
maqomini olishi uchun, u yerda 5000 kishidan kam bo‘lmagan aholi istiqomat 
qilishi kerak. Lekin, Gruziyada aholining 75% dan ortig‘i ishchi, xizmatchi va 
ularning oila a’zolaridan iborat bo‘lishi talab etilsa, Turkmanistonda buning uchun 
66 % aholi kifoya. 
Shahar aholi punktlapining shahar, deb nomlanishida unda yashovchilar 
miqdori ham muhim ko‘rsatkichlardan biridir. Mamlakatlar, mintaqalar aholisining 
hududiy tarkibida shahar aholisining va shaharlarning o‘sib borishi – urbanizasiya 
jarayonining rivojlanishiga olib keladi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling