Aplikatsiya va uning turlari
Tayyorlov guruhida bolalarni aplikatsiya ishlariga o’rgatish
Download 42.86 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar royxati
- Elektron ta’lim resurslari
2.1Tayyorlov guruhida bolalarni aplikatsiya ishlariga o’rgatish.
Tayyorlov guruh bolalari bilan dasturda mazmunli applikatsiyalarni berish ko'zda tutiladi. Ular ko'cha, akvarium kabi mavzularda, shuningdek, «Bo'g'irsoq» kabi ertaklarga illustratsiyalar bajarishlari mumkin. Tayyor shakllarni yopishtirish tayyorlov guruhida ham davom ettiriladi. Simmetrik shakllardan naqshlar tuzishda ularga turli o'lcham va rangdagi tayyor shakllar beriladi va bu guruhda ham katta guruhdagi kabi qog'ozni qo'l bilan yirtish usulidan foydalanish davom etadi. Tayyorlov guruh bolalari bilan dasturda mazmunli applikatsiyalarni bajarish ko'zda tutilgan. Ular «Ko'cha», «Akvarium» kabi mavzularda, shuningdek, «Bo'g'irsoq» kabi ertaklarga illustratsiyalar bajarishlari mumkin. Tayyor shakllarni yopishtirish tayyorlov guruhida ham davom ettiriladi. Simmetrik shakllardan naqshlar tuzishda turli o'lcham va rangdagi tayyor shakllar beriladi. Va bu guruhda ham katta guruhdagi kabi qog'ozni qo'l bilan yirtish usulidan foydalanishi davom ettiriladi. Ikkinchi kichik guruhda bolalarni appilikatsiya qilishga o'rgatishga ish uchun beriladigan materiallar va mashg'ulotni tashkil etish muhim ahamiyatga egadir. Materialning rangi bolalarning diqqatini o'ziga tortib, ularni chalg'itadi. Shuning uchun dastlab mashg'ulotlarda material alohida paketlarda, tushuntirilib bo'lgandan so'ng tarqatiladi. Tarbiyachi mavzuni tushuntirib bo'lgandan so'ng material tarqatilib, bolalar materialni topshiriqqa mos ravishda qog'oz varag'iga terib chiqadilar. Tarbiyachi dastlab elementlarning yig'ilganligini tekshiradi, shundan keyingina bolalarga yelim (kley) ishlatish uchun ruxsat beriladi. Bu guruhda tarbiyachi bolalar bilan naturani kuzatish namuna bilan birgalikda olib borilishi kerak. Namunani ko'rayotgan jarayonda tarbiyachi shaklning rangini aniq atashi va barmog'i bilan uni ko'rsatib, shu shaklning xususiyatlarini bolaga aniq ko'rsatib berishi lozim. Tarbiyachi tomonidan ishning bajarilishini ko'rsatib berilishi bolalarda turli malaka va uquvning vujudga kelishida muhimdir. Shuningdek, tarbiyachi ish tartibini ham boshidan ko'rsatib beradi. Qanday shaklni oldi, qanday qilib quyib, yelim surtdi va boshqalar. Tarbiyachi o'zining har bir harakatini so'z bilan birgalikda olib boradi. Tayyorlov guruhida ishning dastur materialiga siluet qirqish usuli kiritiladi. Shuning uchun o'rgatish usullarining xarakteri bir muncha o'zgaradi. Naturani tahlil qilishda tarbiyachi barmoq harakati orqali ularning diqqatini predmetning konturiga tortadi. Bunda harakatni qirqish qaysi qismdan boshlanadigan bo'lsa, o'sha qismdan boshlash lozim. Bu guruhda bolalar endi predmet konturiga, qandaydir detal qirqishga o'rganadilar, masalan, tipratikanni ignalari bilan. Albatta, bolalarga bu qiyin. Shuning uchun bu ishda ikki bosqichdan foydalaniladi. Oldin tayyorlangan qog'ozdan umumiy kontur qirqiladi. So'ngra uning detallari, masalan, oyog'i yoki suzgichlari qirqiladi. Ba'zi vaqtlarda siluet qirqish oldindan chizilgan kontur asosida qirqiladi. Bu narsa ko'proq murakkab o'simlik elementlaridan dekorativ shakllar tuzishda qo'llaniladi. Bu guruhda qog'ozni ikkiga buklab, qirqishning murakkabroq usuli bilan tanishtiriladi. Masalan, archa, odam, hayvon shakllari. Yana bu guruhda qirqishning murakkab usuli - qog'ozni bir necha marta buklash orqali qirqishga o'rgatish usuli o'rgatiladi. Bu usul salfetka, qor parchalari hosil qilishda qo'llaniladi. Tarbiyachi bolalarga qog'ozni qanday buklash kerakligini, qirqish yo'llarini ko'rsatib beradi. Bu usuldan bolalar keyin dekorativ applikatsiya mashg'ulotlarida foydalanadilar. Bu guruhda hali mazmunli applikatsiya qilish davom ettiriladi. Bunda bolalarni shakllarni to'g'ri joylashtirib, yopishtirishga o'rgatadilar. Oldin umumiy fon, keyin uzoqdan joylashgan, o'rtada va oldinda joylashgan predmetlar yopishtiriladi. Tayyorlov guruhida applikatsiya jamoa ishi sifatida berilishi mumkin. Masalan, «Egri va to'g'ri» ertagida bolalar to'rttadan bo'lib, har bir guruh shu ertakdan ma'lum bir ko'rinishni bajarishlari mumkin. Bolalar shu ko'rinish elementlarini qirqib, joylashtirib qurganlaridan so'ng uni qanday ketma-ketlikda yopishtirish kerakligini aniqlaydilar. Biri yelim surtadi, ikkinchisi uni joylashtiradi, uchinchisi latta bilan mahkam yopishtiradi. Bu ish bolalarni o'rtoqlik, jamoatchilik ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Maktabgacha ta'lim muassasasining hamma guruhlarida ixtiyoriy applikatsiya mashg'ulotlari o'tkaziladi. Lekin o'rta guruh bolalariga o'ylagan mazmunlari asosida tayyor shakllar beriladi. Katta guruhlarda bolalar o'zlari o'ylagan mazmunlari asosida qirqadilar. 6-7 yoshdagi bolalar oldindan qiladigan ishlari mazmunining eskizini oddiy qalam bilan chizib olishlari, keyin esa shu eskizning detallarini applikatsiya qilishlari mumkin. 2.2 Maktabgacha ta’lim muassasalarida aplikatsiya mashg’ulotini o‘tkazish metodlari va ularning ahamiyati .
Applikatsiya kiyimlami, turli buyumlami va xona jihozlarini bezashda, ko‘rgazma materiallami tayyorlashda qoilaniladigan qadimiy amaliy san’at turlaridan hisoblanadi. Applikatsiyada kiyim- kechak va ro‘zg‘or buyumlarini bezash uchun gazlama, fetr, zamsh, charm, mo‘yna parchalaridan foydalaniladi, ya’ni ulami bezak bo‘yicha asosiy gazlamaga qoplab, turli choklar: tekis chok, petlya chok, popop chok va hokazolar bilan chatib qo‘yiladi. Gazlamalaming turli-tumanligi, ularning rangi fakturasi qiziqarli va antiqa pannolar yaratishga yordam beradi. Applikatsiya bilan tikilgan buyumlar alohida dekorativ xarakterda bo‘lib, zamonaviy interyerga juda mos tushadi. Applikatsiya oson tikilishi, turli gazlama va materiallami ishlatish mumkinligi bilan ko'pchilikning diqqat-e’tiborini tortadi. Qo‘l hunarining bu turiga har qanday ochiq rangli gazlama parchalari yaraydi. Bitta rangni ikkinchisiga qo‘yib ko‘rib, ranglaming juda chiroyli uyg‘unligini va kompozitsiyalarini topish mumkin.
raqamli ignalardan foydalanish kerak. Ignalaming ko‘zi katta bo'lsa, bir necha qavat ipni o‘tkazish oson bo‘ladi. Applikatsiyani bajarishda turli xil rangdagi va sifatdagi iplardan, ya’ni 40- va 50- raqamli g'altak ipdan tortib to jun va muline iplarigacha foydalaniladi. Bunday ip turlaridan ko‘p miqdorda to‘plab qo'yilgani ma’qul, chunki bajarilayotgan bitta applikatsiya uchun bir necha xil rangdagi ipdan bir vaqtning o‘zida kerak bo‘lishi mumkin. Shuningdek, applikatsiyani tikish jarayonida ikki-uch xil o‘lchamdagi o‘tkir qaychilar yupqa gazlamalar va qiytimlarni bichish uchun, og‘ir qaychilar esa qalin va zich gazlamalarni bichish uchun kerak bo‘ladi. Ayrim hollarda (agar applikatsiya yopishtiriladi^an bo‘lsa) zig-zag qaychilardan ham foydalaniladi. Applikatsiya nusxalarini tayyorlashda ishlatiladigan qog‘ozlar uchun alohida qaychi ishlatilgani ma’qul, aks holda gazlama uchun ishlatilayotgan qaychi tezda o'tmas bo‘lib qoladi. Applikatsiya bilan ishlash jarayonida charm va zamsh materiallari bilan ham ishlanadi, shuning uchun bu ishlar uchun poyafzalchilar qaychisidan foydalanish kerak. Ish jarayonining bir tekisda borishi uchun maxsus papkaga solingan karton qog‘ozi, kalka, ko‘chirish rangli qog‘ozlari, shuningdek, maxsus idishchada to‘g‘nog‘ichlar, lineyka, santimetr lentasi va detallaming ovalsimon shakllarini chizishda ishlatiladigan turli xil lekalolar to'plami bo‘lgani ma’qul. Turli xil rasmlami gazlamalarga belgilash uchun yumshoq oddiy va rangli qalamlar (oq rangli qalam ham), o'tkirlangan sovun qoldig‘i va bo‘r kerak bo'ladi. Xulosa Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki applikatsiyani o'rgatish, material bilan tanishish, turli shakllarni qirqa olish malakalarini egallash, ularni ma'lum tartibda joylashtirish, obraz va sujetga mos ravishda yopishtirishni talab qiladi. Applikatsiyani o'rgatish bolalarning qabul qilish jarayonini o'stirishga asoslanadi. Shakl, hajm, rang, predmetning o'zaro munosabatlari haqidagi taassurotlarni boyitish, bolalarni mashg'ulot vaqtida fikrlash va (taassurot) tasavvurni ishlatishga yordam beradi. Ammo har bir yosh guruhlarda applikatsiya mashg'ulotlarida qo'llaniladigan ta'limiy usullar o'ziga xos xususiyatga egadir. Maktabgacha ta'lim muassasasida o'tkaziladigan applikatsiya mashg'ulotlari bolalarda sezish qobiliyatlarining rivojlanishiga ta'sir etib, ularni estetik jihatdan tarbiyalashga va ijodiy faolligini shakllantirishga, shuningdek, mehnat ko'nikmalarini shakllantirishga va ularda xarakterning irodaviy xususiyatlarini vujudga kelishiga yordam beradi. Applikatsiya mashg'uloti jarayonida bola rang va uning jilosi (ottenkasi) bilan tanishadi, mashq qiladi, shakl va predmetning tuzilishini bilishga o'rganadi. Ritm va simmetriya haqidagi tushunchalari kengayib borib, qog'oz varag'ida mo'ljallay olishga o'rganadi. Bolalar applikatsiya faoliyatida rang va uning uygunlashuvi bilan juda ko'p marta mashq qiladilar, shuning uchun ular ko'plab rang va uning uyg'unlashuvini tezda esda saqlab qoladilar va bir-biridan ajrata oladilar. Foydalanilgan adabiyotlar royxati Ta’lim to’g’risidagi Qonun 2020-yil Toshkent Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning Davlat standartlari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son qarori “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi Toshkent-2018-yil Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish Chora-tadbirlari to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3261sonli qarori O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Shavkat Miromonovichning O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 25-yilligiga bag`ishlangan “Konstitutsiya — erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir” nomli ma’ruzasidagi nutqidan Mirziyoyev Sh.M. “Yoshlar – O’zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi” 2020-y O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017 — 2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida». 2016 yil 29 dekabr PF - 2707 –sonli qarori. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF–5198-sonli Farmoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8-maydagi PQ-4312-sonli “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”//lex.uz Sodiqova Sh. “Maktabgacha pedagogika” darslik. Toshkent.2017 yil. Qayumova N.M. “Maktabgacha pedagogika” TDPUnashriyoti -T.: 2013 y. XasanboyevJ., To’rakulovX., XaydarovM., XasanboyevaO. Pedagogika Fanidan izohli lug’at. – T., 2008. R.X. Djurayev, S.T.Turg’unov “Ta’lim menejmenti” T.: 2006 y. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-sentabr kun «Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Qarori Ochilov M.” Muallim qalb me’mori”,Toshkent ”Tarbiyachi” nashriyoti, 2001y. F.Qodirova va boshqalar “Maktabgacha pedagogika” darslik 2019-yil Elektron ta’lim resurslari www. tdpu. uz www. pedagog. uz www. ziyonet. Uz www. edu. uz Download 42.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling