Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
2-maruza texnologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Badiiy applikatsiyalar.
Ko’p rangli applikatsiyalar. Ko’p rangli applikatsiyalarni qirqish ancha murakkab ish
bo’lib, tasvirni qismlarga ajratish bilan aloqadordir. Bu turdagi applikatsiyalarni bajarishda fonni tanlash juda muhimdir. Fon ifodalangan predmetlar rangidan ochroq bo’lishi kerak. Ana shunda predmet xuddi bo’rtib turgandek yorqin ko’rinadi. Hammasi o’ylagan asarga bog’liq. Fonda joylashgan detallar rangi ham shunga qarab tanlanadi, detallarining tabiiy joylashishi va o’lchamlarining uyg’unligiga ye’tibor berish kerak. Bu ishlarni bajarishning bir necha usullari mavjud: ayrim detallar oldindan belgilanmay qirqiladi, ayrim detallar yesa belgilangan yeskizlar bo’yicha qirqiladi. Ko’p rangli applikatsiyalardan biri dekorativ applikatsiyalardir. Dekorativ applikatsiya naqsh gullardan tashkil topib, alohida-alohida tasvirlangan hodisa harakatlar uyg’unligini aks yettiruvchi manzaralardan iborat bo’lishi mumkin. Dekorativ applikatsiyalarni bolalar kitob, oynoma va boshqa materillardan olishlari, ayrim yelementlarni qo’lda yaratishlari mumkin. SHarq naqshi applikatsiyasining bu turi uchun boy material hisoblanadi. Dekorativ applikatsiya bir va ko’p rangli bo’lishi mumkin. Badiiy applikatsiyalar. Mavzuli ishlarni yaratish faqat mehnatni yemas, balki badiiy tayyorgarlikni ham talab qiladi. Mehnat ta’limi darslarida applikatsiya ishlarining bajarilish texnikasi o’rganiladi. Rangdor surat applikatsiya mavzusining yelementlarini, o’quvchilar turli bayramlarga bag’ishlangan ishlarni (tabriknomalarni, maktub va faxriy yorliqlar muqovasini, yo’l belgilarini) bajaradilar. Ish mavzu va fikr tanlashdan boshlanadi. Applikatsiya ishida ochiq tondagi qog’oz fon tarzida tanlanadi. Applikatsiyaga qaratilgan asarning yaratilishi va yelementlar miqdori qog’ozni tanlashni belgilaydi. Asarni yaratish ustida ishlagan asosiy ye’tibor tanlangan mavzuning mazmuniga, kerakli materiallar, ularning o’lchamlari, ranglarni tanlashga qaratiladi. Asar hajmiga ko’ra yeng katta detal mavzuli detal bo’lishi kerak. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling