Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi


GEOMETRIK FIGURALARDAN PREDMETLI APPLIKATSIYA


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana18.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1590344
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-maruza texnologiya

GEOMETRIK FIGURALARDAN PREDMETLI APPLIKATSIYA 
Bolalarning predmetlarni fazoviy idrok etishi rivojlanishi kerak. Buni o’rab turgan narsalar: 
uy, archa daraxt, mashina, idishtovoq, jonivorlar, gullar va shu kabilarni u yoki bu darajada 
geometrik shakllar bilan ifodalash mumkin. 
Rangli qog’ozlardan olingan doiralar va ularning qismlari bilan aplikaciya bo’yicha juda 
ko’p geometrik ishlarni bajarish mumkin. Doiralarning har birini shunday joylashtirish kerakki, 
natijada talab qilinadigan kontur paydo bo’lsin. Ishni qo’ziqorin, pufak kabi oddiy shakllarni 
bajarishni 1 sinfdanoq boshlash mumkin. 2-3 sinflarda murakkabroq ishlarni bajarish mumkin. 
Bu ishlar o’quvchilarda ijodiy va atroflicha tasavvurni, badiiy didni o’stirishga yordam beradi. 
Bolalarda qo’yilgan maqsadga yerishish yo’lida qat’iyatlik, tartiblik tarbiyalanadi, uyushqoqlik 
bilan ishlash ko’rsatmalarga rioya qilish, tashabbuskorlik ko’rsatish ko’nikmalari shakllanadi. 
O’quvchilar tayyorlagan applikatsiyalar ona tili va matematika darslari uchun ajoyib debaktik 
material, o’quvchilar nutqini o’stirish vositasi bo’lishi, ularning predmetlar shakli, rangi, fazoda 
joylashishi haqidagi tushunchalarini boyitishga xizmat qilishi mumkin. 
KO’P RANGLI APPLIKATSIYA 
Ko’p rangli applikatsiyalarni qirqish anchagina murakkab ish bo’lib, tasvirni qismlarga 
ajratish bilan aloqadordir. Bu turdagi applikatsiyani bajarishda fonni tanlash muhimdir. Fon 
ifodalanadigan predmetlar rangidan ochroq bo’lishi kerak. Ana shunda predmet xuddi bo’rtib 
turgandek yorqin ko’rinadi. Hammasi o’ylagan kompoziciyaga bog’liq. Fonda joylashadigan 
detallar rangi ham shunga qarab tanlanadi, detallarning tabiiy joylashishi va o’lchamlarning 
uyg’unligiga ye’tibor berish kerak. Bu ishlarni bajarishning bir necha usullari mavjud: ayrim 
detallar kontorlarini oldindan belgilamay qirqiladi; ayrim detallar yesa belgilangan natura-
eskizlar bo’yicha qirqiladi. 
Ko’p rangli applikatsiyalardan biri – dikorativ aplikaciyadir: 
Dekorativ applikatsiya – u naqsh gullardan tashkil topib, alohida-alohida tasvirlardan tarkib 
topuvchi predmetli, hodisa, harakatlar uyg’unligini aks yettiruvchi syujetdan iborat bo’lishi 
mumkin. 
Dekorativ applikatsiyalarni bolalar kitob, oynoma va boshqa materiallardan olishlari, ayrim 
yelementlarni qo’lda yaratishlari mumkin. SHarq naqshi applikatsiyani bu turi uchun boy 
material hisoblanadi. Dekorativ applikatsiya bir va ko’p rangli bo’lishi mumkin. 
SHakliga ko’ra ornamentlar cheksiz va cheklangan bo’ladi. CHeksiz ornametda uni tashkil 
yetuvchi ayrim yelementlar ritmik yoki simmetrik almashinib turadi. Bu yelementlarning rangi
shakli bir xil bo’lishi kerak. 


CHeklangan ornament shakl-kvadrat, to’g’ri burchak, doira, oval va shu kabilar ichiga 
joylashadi yoki kompanovka qilinadi. Undagi yelementlar ham xuddi fazoviy uyg’unlikda 
bo’lishi kerak. 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling