Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana18.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1590344
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-maruza texnologiya

Ko’p rangli applikatsiyalar. Ko’p rangli applikatsiyalarni qirqish ancha murakkab ish 
bo’lib, tasvirni qismlarga ajratish bilan aloqadordir. Bu turdagi applikatsiyalarni bajarishda fonni 
tanlash juda muhimdir. Fon ifodalangan predmetlar rangidan ochroq bo’lishi kerak. Ana shunda 
predmet xuddi bo’rtib turgandek yorqin ko’rinadi. Hammasi o’ylagan asarga bog’liq. Fonda 
joylashgan detallar rangi ham shunga qarab tanlanadi, detallarining tabiiy joylashishi va 
o’lchamlarining uyg’unligiga ye’tibor berish kerak. Bu ishlarni bajarishning bir necha usullari 
mavjud: ayrim detallar oldindan belgilanmay qirqiladi, ayrim detallar yesa belgilangan yeskizlar 
bo’yicha qirqiladi. 
Ko’p rangli applikatsiyalardan biri dekorativ applikatsiyalardir. Dekorativ applikatsiya 
naqsh gullardan tashkil topib, alohida-alohida tasvirlangan hodisa harakatlar uyg’unligini aks 
yettiruvchi manzaralardan iborat bo’lishi mumkin. 
Dekorativ applikatsiyalarni bolalar kitob, oynoma va boshqa materillardan olishlari, ayrim 
yelementlarni qo’lda yaratishlari mumkin. SHarq naqshi applikatsiyasining bu turi uchun boy 
material hisoblanadi. Dekorativ applikatsiya bir va ko’p rangli bo’lishi mumkin. 
Badiiy applikatsiyalar. Mavzuli ishlarni yaratish faqat mehnatni yemas, balki badiiy 
tayyorgarlikni ham talab qiladi. Mehnat ta’limi darslarida applikatsiya ishlarining bajarilish 
texnikasi o’rganiladi. 
Rangdor surat applikatsiya mavzusining yelementlarini, o’quvchilar turli bayramlarga 
bag’ishlangan ishlarni (tabriknomalarni, maktub va faxriy yorliqlar muqovasini, yo’l belgilarini) 
bajaradilar. Ish mavzu va fikr tanlashdan boshlanadi. Applikatsiya ishida ochiq tondagi qog’oz 


fon tarzida tanlanadi. Applikatsiyaga qaratilgan asarning yaratilishi va yelementlar miqdori 
qog’ozni tanlashni belgilaydi. Asarni yaratish ustida ishlagan asosiy ye’tibor tanlangan 
mavzuning mazmuniga, kerakli materiallar, ularning o’lchamlari, ranglarni tanlashga qaratiladi. 
Asar hajmiga ko’ra yeng katta detal mavzuli detal bo’lishi kerak. 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling