Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi
GEOMETRIK FIGURALARDAN PREDMETLI APPLIKATSIYA
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
2-maruza texnologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- KO’P RANGLI APPLIKATSIYA
GEOMETRIK FIGURALARDAN PREDMETLI APPLIKATSIYA
Bolalarning predmetlarni fazoviy idrok etishi rivojlanishi kerak. Buni o’rab turgan narsalar: uy, archa daraxt, mashina, idishtovoq, jonivorlar, gullar va shu kabilarni u yoki bu darajada geometrik shakllar bilan ifodalash mumkin. Rangli qog’ozlardan olingan doiralar va ularning qismlari bilan aplikaciya bo’yicha juda ko’p geometrik ishlarni bajarish mumkin. Doiralarning har birini shunday joylashtirish kerakki, natijada talab qilinadigan kontur paydo bo’lsin. Ishni qo’ziqorin, pufak kabi oddiy shakllarni bajarishni 1 sinfdanoq boshlash mumkin. 2-3 sinflarda murakkabroq ishlarni bajarish mumkin. Bu ishlar o’quvchilarda ijodiy va atroflicha tasavvurni, badiiy didni o’stirishga yordam beradi. Bolalarda qo’yilgan maqsadga yerishish yo’lida qat’iyatlik, tartiblik tarbiyalanadi, uyushqoqlik bilan ishlash ko’rsatmalarga rioya qilish, tashabbuskorlik ko’rsatish ko’nikmalari shakllanadi. O’quvchilar tayyorlagan applikatsiyalar ona tili va matematika darslari uchun ajoyib debaktik material, o’quvchilar nutqini o’stirish vositasi bo’lishi, ularning predmetlar shakli, rangi, fazoda joylashishi haqidagi tushunchalarini boyitishga xizmat qilishi mumkin. KO’P RANGLI APPLIKATSIYA Ko’p rangli applikatsiyalarni qirqish anchagina murakkab ish bo’lib, tasvirni qismlarga ajratish bilan aloqadordir. Bu turdagi applikatsiyani bajarishda fonni tanlash muhimdir. Fon ifodalanadigan predmetlar rangidan ochroq bo’lishi kerak. Ana shunda predmet xuddi bo’rtib turgandek yorqin ko’rinadi. Hammasi o’ylagan kompoziciyaga bog’liq. Fonda joylashadigan detallar rangi ham shunga qarab tanlanadi, detallarning tabiiy joylashishi va o’lchamlarning uyg’unligiga ye’tibor berish kerak. Bu ishlarni bajarishning bir necha usullari mavjud: ayrim detallar kontorlarini oldindan belgilamay qirqiladi; ayrim detallar yesa belgilangan natura- eskizlar bo’yicha qirqiladi. Ko’p rangli applikatsiyalardan biri – dikorativ aplikaciyadir: Dekorativ applikatsiya – u naqsh gullardan tashkil topib, alohida-alohida tasvirlardan tarkib topuvchi predmetli, hodisa, harakatlar uyg’unligini aks yettiruvchi syujetdan iborat bo’lishi mumkin. Dekorativ applikatsiyalarni bolalar kitob, oynoma va boshqa materiallardan olishlari, ayrim yelementlarni qo’lda yaratishlari mumkin. SHarq naqshi applikatsiyani bu turi uchun boy material hisoblanadi. Dekorativ applikatsiya bir va ko’p rangli bo’lishi mumkin. SHakliga ko’ra ornamentlar cheksiz va cheklangan bo’ladi. CHeksiz ornametda uni tashkil yetuvchi ayrim yelementlar ritmik yoki simmetrik almashinib turadi. Bu yelementlarning rangi, shakli bir xil bo’lishi kerak. CHeklangan ornament shakl-kvadrat, to’g’ri burchak, doira, oval va shu kabilar ichiga joylashadi yoki kompanovka qilinadi. Undagi yelementlar ham xuddi fazoviy uyg’unlikda bo’lishi kerak. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling