Aql uz Aqlingiz uchun ozuqa, kashfiyotlar, olimlar, kitoblar


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana28.04.2020
Hajmi0.84 Mb.
#101849
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
mojiza kitob 1 bolalar uchun unversal (2)


AQL.uz – Aqlingiz uchun ozuqa, kashfiyotlar, olimlar, kitoblar     

www.aql.uz

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


 

IMPROVIZATSIYA NIMA? 

Musiqaning  paydo  bo‘lishiga  bag’ishlangan  talay  afsonalar  mavjud.  Musiqani  ham, 

bilganingizdek, mana, bir necha asrlardan buyon bastalashadi. U barcha  qadimgi va hozirgi 

madaniyat  sohiblarida:  xitoyliklar,  hindlar,  misrliklar,  fransuzlar,  amerikaliklar  va  ruslarda 

mavjud.  Musiqa  o‘zining  latifligi  va  go‘zalligi  bilan  hammaga  xush  yoqadi.  Biz  uni 

eshitganimiz zahoti har daf'a quvonamiz. U gimndan tortib simfoniyagacha,- turli shakllarda, 

xalq kuylaridan tortib operagacha,- har xil turlarda mavjud bo‘ladi.  

Ba'zida  musiqani  yillar  davomida  bastalaydilar.  Cholgu  asbobi  yoniga  yaqinlashgan 

bastakor  har  bir  akkordni  oldindan  obdon  o‘ylaydi,  ularni  yozib  boradi,  qayta  jilo  beradi. 

Ammo  shunaqasi  ham  bo‘lishi  mumkin:  muganniy  for-tepyano  yoniga  o‘tirganida  yoki 

skripka chalayotganida bir dasta akkordlarni oladi, va biz o‘sha zahoti ular allaqanday yaxlit 

va  inkishof  etilgan  bir  narsaga  tizilganini  eshita  boshlaymiz,  va  muganniy  chala  boshlaydi. 

Shundan so‘ng u ko‘pincha hatto chalganlarini takrorlab bera olmay qoladi. «Men, shunchaki, 

tayyorgarliksiz chaldim»,- deydi u. 

Lotincha  «improvizatsiya»  so‘zi  ham  nogohoniy,  oldin  bashorat  qilinmagan  degan 

ma'nolarni  anglatadi.  Improvizatsiyalash  -  bu,  oldindan  tayyorgarliksiz  chalish,  kuyni 

yo‘l-yo‘lakay to‘qish va o‘sha joyning o‘zida ijro etish degani. 

Burnogi  yillarda improvizatsiya  san'ati  juda  avj  bilan  rivojlangan  edi. Deyarli har bir 

muganniy tomoshabinlar buyurtmasiga binoan konsertlarda tayyorgarliksiz chalar edi. Keyin 

esa improvizatsiya san'ati deyarli tamomila unut bo‘layozdi. Tagin tomoshabinlar ko‘z oldida 

«to‘qishga» qodir muganniylar paydo bo‘layotir. Biroq, buning uddasidan chiqish rosa qiyin, 

chunki betakror bastakorlik fazilatlariga ega bo‘lish kerak. 

 

 

VARIATSIYA NIMA? 

Lotincha  «variatsiya»  so‘zi  «uzgartirish»  demakdir.  U  musiqada  qadim  zamonlardan 

beri qo‘llanadi. Bizga aynan shu o‘zakka ega bo‘lgan tag’in bir kalima - variant ancha yaxshi 

tanish. Har ikkala tushuncha o‘xshash bo‘lgan, ammo jinday o‘zgartirilgan nimanidir nazarda 

tutadi,  boshqacha  aytganda:  ko‘rinish  o‘zgaradi  -  mohiyat  saqlanadi.  Ma'nosiga  ko‘ra 

yaqinroq «versiya» so‘zi burilish (fikr burilishi nazarda tutiladi)ni anglatadi. 

Musiqa  asarlaridagi  variatsiyalar  oldidan  qisqa  va  tamomila  mustaqil  mavzu 

jaranglaydi. Variatsiyalar, aytish mumkinki, mavzuni ko‘p marta varakayiga qayta-qayta naql 

qilib beradi (odatda turt marotabadan ortiq). Har bir variatsiya mavzuni alohida tariqada talqin 

etadi. Biri  -  mayin, boshqasi  - hazilomuz, uchinchisi  -  jo‘shqin, to‘rtinchisi  - tag‘in qay  bir 

tariqada.  Hammasi  kompozitorning  xohish-istagiga  va  fantaziyasiga  bogliqdir.  Variatsiya 

uchun mavzu shaxsiy yoki begonaniki bo‘lishi mumkin. Begonaga tegishli mavzuda variatsiya 

bastalash  -  azaliy  musiqaviy  odat.  Glinkaning  Alyabyevning  «Bulbul»  romansi  mavzusiga 

«Variatsiya»sini bir eslangchi, shuning o‘zi ham kifoya qiladi. 

Musiqaviy  shakl  sifatida  variatsiya  XVI  asrda  paydo  bo‘lgan.  O‘shanda 

polifonik-serqatlam  variatsiyaning  ikki  ko‘rinishi  -  passakalya  va  chakoni  vujudga  keladi. 


AQL.uz – Aqlingiz uchun ozuqa, kashfiyotlar, olimlar, kitoblar     

www.aql.uz

 

XVII-XVIII asrlarning aksariyat kompozitorlari, shu jumladan buyuk Iogann Sebastyan Bax 



ham, chakonilar va passa-kalyelar bastalagan edilar.  

XIX asrda bu shakl o‘zining ravnaqiga erishadi va juda ommaviylashadi. «Qat'iy» deb 

ataladigan variatsiyalarda mavzu tubdan o‘zgarmaydi. Musiqaviy timsol boyitiladi, lekin tanib 

oladigan holda qoladi.  

Aksincha, Shuman va List, keyinchalik esa Raxmaninov, shuningdek bir talay hozirgi 

bastakorlar  ijodida  mavzu  tanib  bo‘lmas  darajada  o‘zgartiriladi.  Bundaylarni  erkin 

variatsiyalar  deb  atash  odat  tusiga  kirgan.  Ularda  bir  emas,  balki  o‘nlab  turli-tuman,  hatto 

bir-biriga zid bo‘lgan timsollar uchraydi. 

Variatsiya kalimasi - bu, tagin baletga oid atama hamdir. Uncha katta bo‘lmagan, odatda 

texnikaviy jihatdan murakkab, jonli, shitob bilan ijro etiladigan yakka raqs shunday ataladi. Bu 

dongэi  ketgan  pa-de-de,  ya'ni  ikki  kishilik  raqsning  bir  qismi.  Balet  pa-de-desining  tarkibi 

quyidagicha: antre deb ataladigan mushtarak chiqish, shundan keyin lirik juftlar qismi - adajio, 

va ikki variatsiya: birinchisi - raqqosning yakka raqsi,  ikkinchisi - raqqosaning yakka raqsi, 

shuningdek kodo deb ataluvchi birgalikdagi xotima. 

 

 

PASSAJ NIMA? 

Yetuk muganniylarning ijrosini tinglayotganingizda, Siz, albatta, ularning hayratangiz 

mahoratidan  qayta-qayta  zavqlangansiz.  Va,  shu  narsani  muqarrar  payqagansizki:  musiqa 

asarida ohanglar  zo‘r shitob bilan taraladigan lavhalar ham bo‘lar ekan. Ular yoki marvarid 

donalari singari sochilib ketgandek, yoxud bit-ta uzluksiz oqimga qo‘shilayotgandek tuyuladi. 

Bu narsa esa passajdir.  

Fransuzcha «passaj» - bu, yo‘lak, o‘tish demak. Darhaqiqat, passajni ijro etayotganida 

mug‘anniy, birinchidan, go’yo bir registrdan boshqasiga shitob bilan o‘tadi, ikkinchidan esa 

passajlar  ko‘pincha  asarning  turli  mavzularini  o‘zaro  birlashtiradi.  To‘g‘ri,  XIX  asr 

musiqasida va biz yashayotgan kunlarda bundaqangi «ko‘prukchalar» kam va tobora kamayib 

bormoqda. 

Passaj - bu, tovushlarning shitob bilan takrorlanuvchi va yangilanuvchi galma-galligi. 

Siz,  albatta,  Rimskiy-Korsakovning  «Shoh  Sulton  haqida  ertak»  operasidagi  mashhur 

«Bolarining  parvozi»ini  bilasiz.  Esladingizmi,  xo‘sh,  u  qay  tariqa  boshlanar  edi? 

Rimskiy-Korsakov  shiddatli,  «hushtaknamo»  passaj  bilan  kemani  quvib  ketayotgan  arini 

tasvirlaydi.  Ammo  ushbu  «hushtak»da  nafis  va  esda  qolarli  kuy  darj  etilgan.  Paganining 

skripka  uchun  kaprislari,  Shopenning  fortepyano  uchun  asarlarining  passajlari  nihoyatda 

jarangdor va mazmundor sanaladi. 

 

 

RANGLI MUSIQA MAVJUDMI? 

Siz,  qanday  fikrdasiz,  deylik,  fortepianodan  «qizil  akkord»ni  undirish  yoki  nayda 

«sabzarang  ohang»ni  chalish  mumkinmi?  Javobi  oddiygina  emas,  garchi  dunyoda  hali 

qandaydir  bo‘yoqqa  bo‘yalmish  tovushlar  uchratilmagan  bo‘lsada.  Vaholanki,  ingliz 



kompozitori va dirijyori Artur Bliss o‘z zamonasida «Rangli simfoniya»ni bastalagan, uning 

sho‘'balarini «Pushtirang», «Qizil», «Zangori» va «Sabzarang» deya atagan edi. Demak, u har 

holda rangli musiqa yaratgan va uning rangini ko‘rmoq mumkin ekan-da? 

Biz,  tagin  to‘gridan-to‘gri  javobdan  tiyilamiz.  «Ko‘rish»ga  kelsak,-  bu,  ehtimol,  his 

etish  esa...  Ayni  muammo  Vagner,  Rimskiy-Korsakov,  Skryabin  singari  buyuk 

kompozitorlarning diqqat-e'tiborini band etib keldi. Musiqa ularga ko‘pincha u yoki bu tusga 

chulg‘angan holatda namoyon bo‘lgan. Masalan, Rimsiy-Korsakov nazdida bir ohangdoshlik - 

mibemol  major  dengiz  to‘lqinlari  rangidek,  boshqasi  -  rebemol  -  oltin  ranglidek  bo‘lib 

tuyulgan. O‘zining so‘nggi asarlaridan biri - «Prometey» simfonik dostonida - daho Skryabin 

musiqaning  ranglar  bilan  qovushuvi  haqidagi  orzusini  ruyobga  chiqarishga  urinib  ko‘rgan. 

Ikkinchi  bir  nomi  «Otash  dostoni»  bu  musiqa  asari  gulxan  kabi  ulg‘ayib  boradi:  pastgina 

olisha boshlashdan tortib gurullab yonishga qadar. O‘z niyatini amalga oshirishda dirijerga 

yordam bergan Skryabin dostonning birinchi sahifasida «Girashira», oxirgisida esa «Ko‘zni 

qamashtiruvchi  porloqlik  bilan»  qabilidagi  qayd-tavsiyalarni  yozib  qo‘ygandi.  Afsuski,  u 

musiqa bilan rangni birlashtirishning uddasidan chiqa olmadi: o‘sha kezlarda kompozitor orzu 

qilgani singari zalni goh bir, goho boshqa rang bilan chulg‘ashga imkon beradigan baquvvat 

apparaturalar hali mavjud emasdi. Rost, oradan ellik yil o‘tib, hozirgi kunda muhandislar va 

mug‘aynniylar  bu  niyatni  ro‘yobga  chiqarishga  urinib  ko‘rishdi.  Hosil  bulgan  natijani  yuz 

foizli  muvaffaqiyat  deb  atash  qiyin.  Gap  faqat  texnikadagina  emasdida.  Chunki,  mabodo 

Skryabinning o‘ziga u yoki bu sadolar muayyan rangga chulg‘angan holatda namoyon bo‘lgan 

esada, aynan shu narsa «Prometey»ning shundog‘am latif va ajoyib musiqasini idrok etishda 

aksariyat tinglovchilarga xalal bergan, ya'ni ularga aql o‘rgatgan bo‘lar edi.  

Jahonning  bir  talay  mamlakatlarida  amalga  oshirilayotgan  musiqa  va  rangni 

birlashtirish  yo‘lidagi  ko‘p  sonli  tajribalar  nimaga  olib  kelishini  oldindan  aytish  qiyin. 

Qaydam, bunday urinishlarga hojat yo‘qdir aslida? Ehtimol, haqiqiy musiqa muxlisiga sehrli 

skripka  chalinishi  bilan  yoki  betakror  sadolar  jaranglay  boshlashi  bilan  uning  qalbida 

tug‘iladigan rangin hissiyotlarning o‘zi ham kifoya qilar? 

 

 



QAYSI MUSIQA ASBOBI BIRINCHI YARATILGAN? 

Bu  xususda  afsona  mavjud,  lekin  u  fantaziyadan  o‘zga  bir  narsa  emas.  Yunon 

asotiriyasi-mifologiyasiga ko‘ra, birinchi musiqa asbobi -cho‘pon nayini - iloh Pan yasagan. 

Kunlardan bir kuni u qirg‘oqda qamish g‘ishshasiga puflaydi va poya bo‘ylab o‘tgan nafasi 

hazin bir nola chiqarganini eshitadi. U poyalarni kalta-uzun qilib qirqadi, qo‘shib bog‘laydi, 

shunday qilib, ilohning izmida birinchi musiqa asbobi paydo bo‘ladi! 



AQL.uz – Aqlingiz uchun ozuqa, kashfiyotlar, olimlar, kitoblar     

www.aql.uz

 

Gapning nafsilambrini aytganda, biz ilk musiqa asbobini kim yasagani uyoqda tursin, 



uning  nomi  qandayligini-da  zikr  etolmaymiz,  chunki  barcha  ibtidoiy  olamlar,  zotan,  butun 

dunyoda  u  yoki  bu  musiqani  yaratganlar.  Bu  odatda  qanday-dir  diniy  ahamiyatga  molik 

musiqa  bo‘lgan  va  tomoshabinlar  uning  ishtirokchilariga  aylanganlar.  Odamlar  raqsga 

tushishar, chapak chalishar va unga jo‘r bo‘lgancha qo‘shiqlar kuylashar edilar. Bu amallar 

shunchaki  huzur-halovat  uchungina  bajarilmagan.  Ibtidoiy  musiqa  odamlar  turmushining 

salmoqli qismini tashkil etardi.  

Iloh Pan va qamish haqidagi afsona odamzot qay yo‘sinda shu qadar rangbarang musiqa 

asboblarini yasashga qodirlik darajasiga yetishganini taxmin qilishimizga imkon beradi. U o‘z 

musiqasini yaratish uchun tabiatdagi tovushlarga taqlid qilgan yoxud uning o‘zini qurshagan 

tabiat ne'matlaridan foydalangan bo‘lishi mumkin.  

Dastlabki  musiqa  asboblari  urma  musiqa  asboblari  bo‘lgan  (baraban  xilida). 

Keyinchalik  odamzot  hayvonlarning  mo‘guzidan  yasaladigan  puflama  musiqa  asboblarini 

ixtiro  qildi.  Ushbu  ibtidoiy  puflama  musiqa  asboblaridan  hozirgi  mis  puflama  musiqa 

asboblari o‘sib chiqqan. Odamzot o‘zining musiqani his va idrok etishini rivojlantirib borishga 

qarab qamishdan foydalana boshlaydi va shu tarzda birmuncha tabiiy va nozik sadolar hosil 

qiladi. 


Nihoyat,  inson  lira  va  arfani  ixtiro  qiladi-da,  kamonchali  asboblarning  dunyoga 

kelishiga  yo‘l  ochib  beradi,  O‘rta  asrlarda  salbbardorlar-salb  yurishlari  ishtirokchilari 

yurishlaridan Mashriqzaminning bir talay g’aroyib musiqa asboblarini olib qaytadilar. O‘sha 

zamonlardayoq Yevropada mavjud bo’lgan xalq musiqa asboblariga sing-dirilganidan so‘ng 

ular  hozirgi  kunda  musiqa  hosil  qilish  uchun  foydalanilayotgan  ko‘plab  musiqa  asboblari 

darajasiga takomillashdilar. 

 

ENG QADIMIY MUSIQA ASBOBLARI QAYSILARI? 

Qadim-qadim  zamonlardayoq  odamlar  musiqa  sadolari  bilan  ko‘ngillarini  xushnud 

etishgan. Oltin kafaraning maftunkor sadolari oltinsoya Apollonning tashrifidan darak berar 

edi. Ushbu hayratangiz musiqa asbobini chalish bobida birov u bilan bellasha olmas, frigiyalik 

satir Mars uning bilan musiqa jabhasida tor-tishishga botinib, tayinlangan musobaqaga qo‘lida 

qamish nayi bilan kirib kelganida u o‘zining bunday jur'ati uchun qattiq jazolanadi. 

Qadimgi Yunoniston asotirlarida ilohlar va avom musiqani nechog’li sevganlari va turfa 

musiqa  asboblarini  durust  chala  bilganlari  haqida  talay  naqllar  bor.  Naylar,  kavslar  va 

nag‘oralarning quvnoq sadosi xushro‘y Dionis va ayonlarining serg’alva odimlariga jo‘r bo‘lar 

edi. 


Arxeologlar-qadimshunoslar  ham  musiqa  asboblari  qadimiy  davrlarda  paydo 

bo‘lganligiga  guvohlik  beradilar.  Yer  kurrasining  barcha  hududlarida  ular  amalga  oshirgan 



deyarli hamma qazish ishlarida ro‘zg‘or buyumlari, kiyim-kechaklar qoldiqlari, zebu ziynatlar 

va hokazolar qavatida qadimiy  musiqa  asboblari ham topilgan. Darvoqe, bunday topilmalar 

sayyoramizning ibtidoiy odamlar manzillarining barcha hududlaridan ham topilgan. 

Yuqori paleolit (bu esa miloddan avvalgi 25-22 mingyilliklar) davrigayoq mansub bo‘lgan eng 

qadimiy musiqa asboblari - nay va hushtak - Vengriya va Moldova hududlaridan topilgan. 

Qadim-qadim zamonlarda nafaqat musiqa asboblari yasay va kuy to‘qiy olar edilar, qolaversa 

hatto uni nota belgilari bilan sopol jadvalchalarga - mixxatlarga yozib ham qo‘yar edilar. 

 

BARABANNI KIM IXTIRO QILGAN? 

 

Qandaydir  bitta  yoki  bir  necha  nafar  ixtirochilar  tomonidan  ishlab  chiqilgan  boshqa 



musiqa asboblaridan farqli o‘laroq baraban ibtidoiy zamonlardan beri mavjuddir. 

 

Eng qadimiy xalqlar, ulardan ko‘pchiligi allaqachonlar yer yuzidan butkul yo‘q bo‘lib 



ketishgan, butun jahonda turli-tuman barabanlardan foydalanishgan. 

 

Aftidan, ilk barabanlardan qandaydir qabilaning vakillarini bir joyga yig’ish maqsadida 



foydalana boshlashgan. Bu, harbiy signalga o‘xshash bir narsa edi. Allaqancha zamonlardan 

keyin  baraban  ibtidoiy  odamlar  «yovuz  ruhlar»  bilan  kurashishda  foydalangan  musiqaning 

tarkibiy qismiga aylanadi. Baraban sadosi bu odamlar nazdida diniy ahamiyatga ega bo‘lgan. 

Aksariyat marosimlar raqslarsiz kechmagan, baraban esa a'lo darajadagi jo‘rlikni ta'minlar edi. 

 

Ibtidoiy  odamlar  turli-tuman  materiallardan  yasalgan  barabanlardan  foydalanishgan. 



Bunday  cholg’u  asboblaridan  ba'zilari  ustiga  hayvon  terisi  tortib  qoplangan  kovak  daraxt 

poyasidan  iborat  bo‘lgan.  Bambuk  barabanlar  qir-qilgan  bambuk  kovak  poyasining  uzun 

bo‘laklaridan  tayyorlangan  edi  va  unga  tayoqcha  bilan  qoqishardi.  Ayrim  odamlar  esa 

barabanni eslatadigan tovushni izlab topish maqsadida yerga yotvolib o‘z tanalariga, deylik, 

qorin yoki ko‘kraklariga zarba qoqishgan! 

 

Qadimgi misrliklar barabanlardan keng foydalanishgandi. Misrning odatdagi barabani 



unchalik  katta  bo‘lmagan,  uni  qo‘lda  bemalol  ko‘tarib  yurishgan.  Qadimgi  yahudiylarning 

childirmaning  aylamasiga  o‘xshash  barabani  bo‘lib,  o‘nga  qo‘l  yoki  tayoqcha  yordamida 

qoqishgan. Xitoylikliklar va yaponiyaliklar ham barabandan qadim-qadim zamonlardan beri 

foydalanib kelishadi. 

 

Amerikalik hindular barabanlardan nainki signallar yetkazish, raqslarga musiqa jo‘rligi 



maqsadlarida,  balki  dohiyona  bir  yo‘sinda  obhavoni  oldindan  aytib  berish  uchun  ham 

foydalanishgan!  Yomg’irli  kunlar  yaqinlashgan  kezlarda  barabanga  qoplangan  charm 

kulmoqchi bo‘layotgan kampirning kulguchiday taranglashib boravergan. 

 

 



 

 

AQL.uz – Aqlingiz uchun ozuqa, kashfiyotlar, olimlar, kitoblar     

www.aql.uz

 

QAYSI MUSIQA ASBOBI DAMDAN TAYYORLANGAN? 

Bu, jahonning aksariyat mamlakatlarida keng tarqalgan - surnay. U puflama musiqa asboblari 

sirasiga  kiradi.  Uning  farqlovchi  unsuri-detali  -  dam,  ya'ni  charmdan  yoki  ichakdan 

tayyorlangan zarfi. Damga bir necha quvurchalar o‘rnatilgan. Ulardan biri - istalgan yog’och 

puflama  cholg’u  asboblarida  bo‘lgani  singari  teshikchalikdir.  Unda  kuylarni  ijro  etishadi. 

Boshqa  bir  taginam  kichik  quvurcha  havoni  damlash  uchun  xizmat  qiladi:  ijrochi  unga 

puflaydi. Qolgan barcha quvurchalar - ular bittadan tortib bir nechtagacha bo‘lishi mumkin - 

kuyga uzluksiz jaranglash bilan jo‘rovoz bo‘ladi:  

 

Surnayni  odatda  ochiq  joylarda  chalishadi, chunki  undan  taraladigan  tovush  judayam 



shiddatli  va  balanddir.  Shotlandiyada,  masalan,  maxsus  surnaychilar  dastasi  bor  bo‘lib, 

muganniylar unda surnayni o‘z milliy liboslarida - kalta katakli yubka kiyvolib chalishadi. 

 

 

 



 

AKKORDEONNI KIM IXTIRO QILGAN? 

 

Akkordeon  -  temirchilik  damlari  tamoyiliga  asosan  yasalgan  cholg’u  asbobi.  Tovush 



unda  metall  taxtachalar  orqali  o‘tadigan  havoni  qizdirish-damlash  hisobiga  hosil  qilinadi. 

Mazkur cholgu asbobining rivojlanishi ko‘p yillar, asrlar davom etgan. 

 

Cholg’u asbobining bir qismi bo‘lmish metall taxtachalar ilk daf'a qadimiy xitoyliklar 



tomonidan  «chang»  deb  yuritiladigan  musiqa  asbobida  qo‘llangan  edi.  XVI  asrda  yog’och 

ramkalarni damda foydalanish g’oyasi paydo bo‘ladi. 

 

Damlar  cho‘zilganda  va  qisilganda  taxtachalarni  tebrantiruvchi  havo  oqimi  yuzaga 



keladi.  Taxtachalarning  tegishli  tugmachalari  bosiladi.  Bu  taxtachalarning  tebranishi  esa 

akkordeon  ovozini  hosil  qiladi.  Tugmachalar  nafaqat  akkordeonlarda,  qolaversa  XII  asrda 

ixtiro qilingan pianinolarda ham ishlatiladi. 

 

Hozirgi akkordeonlarning bobokaloni deb hisoblash mumkin bo‘lgan dastlabki cholg‘u 



asbobi Damian degan bir avstriyalik tomonidan 1829 yilda yasalgan edi. 

 

1910 yilga qadar konsertbop deb atalgan akkordeon faqat Yevropa mamlakatlaridagina 



ma'lum  edi.  Shundan  so‘ng  u  Amerika  estradasida  paydo  bo‘ldi.  O‘sha  pallalardan  beri  u 

ancha-muncha  takomillashdi  va  1937  yilda  ilk  marotaba  undan  simfonik  orkestrda 

foydalanishdi. 

 

Konsertbop akkordeonning bir yonida 120 dona bas tugmachalari va boshqa bir yonida 



41 dona baland parda tugmachalari bor. 

 

 



MUSIQA ASBOBLARI ICHIDA ENG KATTASI QAYSI BIRI? 

 

Musiqa  asboblari  ichida  eng  kattasi,  albatta,  organdir.  Uni  chalish  fortepyanoni 



chalishga juda o‘xshash, ovoz xuddi undagidek tugmachalarni bosish tariqasida hosil qilinadi. 

Biroq,  fortepyanodan  farqli  o‘laroq  organ  torli  emas,  balki  puflama  cholg‘u  asbobidir  va 

tugmali  cholg‘u  asboblariga  emas,  basharti  oddiygina  jajji  nayga  -  Misrda  6  000  yildan 

ortiqroq muqaddam paydo bo‘lgan qadimiy puflama cholg‘u asbobiga qarindosh bo‘ladi. 

Hali  murakkab  musiqa  asboblari  mavjud  bo‘lmagan  qadim-qadim  zamonlarda  turli 

kattalikdagi bir necha qamish hushtaklarni bir joyga birlashtira boshladilar. Bu cholg‘u asbobi 

yunon asotirlarida Pan nayi sifatida zikr etiladi. 

 

Pan - o‘rmonlar va chakalakzorlar ilohi. Rivoyatlarda naql qilinishicha, kunlardan bir 



kun daryo yoqasida o‘tirgan Pan qamishga puflaydi va u orqali o‘tayotgan nafasi ohangdor 

sado  chiqarayotganini  payqab  qoladi.  Shunda  iloh  Pan  har  xil  uzunlikdagi  bir  necha 

qamishlarni sindirib oladi, ularni birga bog‘laydi va shunday qilib ajoyib musiqa hosil bo‘ladi. 

 

Bitta  nayni  chalish  oson  edi,  chunki  havo  kam  talab  qilinardi.  Birvarakayiga  bir 



nechtasida kuy chalish esa qiyin - nafas yetishmasdi. Shu bois ajdodlarimiz inson nafasi urnini 

bosa  oladigan  mexanizmni  izlay  boshladi.  Havoni  qizdiradigan  damlar  ana  shunda  yarab 

qoldi. Shu tarzda, organ vujudga keldi. Asrlar kechaverdi - u ham takomillashib boraverdi. Ijro 

pulti  yoki  stol,  bir-birining  ustiga  joylashgan  bir  necha  tugma  uyalar-klaviaturalar,  ulkan 

tugmalar - oyoqlar uchun pedallar paydo buldi. Klaviaturalar ustida knopkalar yasadilar. Har 

bir klaviaturaga bir necha o‘nlab va hatto yuzlab bir xil balandlikdagi, lekin har xil tembrda 

ovoz chiqaradigan quvurlar mos keladigan bo‘ldi. Ularni registr qalamchasi bilan qo‘shish va 

ajratish  mumkindir,  shunda  kompozitor  va  ijrochining  xohishiga  ko‘ra  organ  ovoz  gohi 

naynikiga,  gohida  surnaynikiga  yoxud  boshqa  cholg‘u  asboblarinikiga  o‘xshab  chiqa 

boshlaydi; u hattoki qushlarning sayrog‘iga taqlid qila olishi mumkin. 

 

Organ,  Rossiyada  dunyoviy  musiqa  asbobi  edi,  chunki  pravoslav  kalisolarida 



katoliklarnikidan  farqli  o‘laroq  uni  hech  qachon  urnatishmagan.  Hozirda  organ  musiqasini 

konservatoriyada tinglash mumkin. Ba'zida organ simfoniya yoki oratoriyaga kiritiladi.  

 

 

QAYSI MUSIQA ASBOBI BARCHA MUSIQA 



ASBOBLARINING BOBOKALONI 

SANALADI? 

 

Eng qadimiy musiqa asboblaridan biri - arfa. Uning tarixi bir necha asrlarning boshini 



oqartirdi.  Arfa  hali  bashariyat  sivilizasiyasining  tongidayoq  paydo  bo‘ldi  va  birinchi  torli 

musiqa asbobiga aylandi. Yoy shakliga ega bo‘lgan ushbu musiqa asbobini Qadimgi Misr va 

Yunonistonda yaxshi ko‘rishardi. 


AQL.uz – Aqlingiz uchun ozuqa, kashfiyotlar, olimlar, kitoblar     

www.aql.uz

 

 

O‘rta  asrda  arfa  Yevropada  nihoyatda  keng  tarqaladi.  Arfaning  tasviri  hattoki 



Irlandiyaning milliy  gerbiga kiritilgan. Bora-bora u kibor musiqa asbobiga aylana boshladi. 

Arfai oltin, nodir toshlar bilan to‘ldirib bezatardilar. Uning latif sohirona ovozi shoirlarni asir 

etgan. XIX asrda «botartib jamiyat»dan bo‘lmish har bir yaxshi tarbiya ko‘rgan qiz bola arfa 

chalishni bilmog‘i shart edi. 

 

Endilikda  arfa,  albatta,  obdon  o‘zgargan  va  o‘zining  o‘rta  asrlardagi  ajdodlaridan 



ancha-muncha farq qiladi. Arfada nafis ko‘rinishdagi o‘ymalar bilan ziynatlangan uchburchak 

metall  asosga  tarang  tortilgan  45-47  ta  tor  mavjud.  Uning  yetti  xarragipedali  yordamida 

jaranglashi maftunkor musiqa hosil qilish mumkin. 

 

 



Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling