O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
AQLI ZAIF BOLALAR UCHUN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB, MAKTAB-INTERNATLARI UCHUN
O‘QUV DASTURI
NUTQ O‘STIRISH
I-IV SINFLAR
Respublika ta’lim Markazi
Imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim
muassasalarini metodik ta’minlash bo‘limining
IlmiyMetodik Kengashida 2018 yil
29-martdagi 1 - sonli qarori bilan tasdiqlangan.
Toshkent -2018
Tuzuvchilar:
V.S.Raxmonova Nizomiy nomidagi
TDPU p.f.n professori
S.M.Turdieva25-sonli
ixtisoslashtirilgan
maktab o‘qituvchisi
Sh.A. Karimova – Toshkent shahar
Mirzo Ulug`bek tumani 105-maxsus
maktab-internatining o`qituvchisi
Taqrizchilar:
F.Muzaffarova 37-yordamchimaktab
Z. Adilova 37-yordamchimaktab
M.To‘rayeva 87-yordamchimaktab
N.Abdullayeva Farg‘ona viloyati 88-yordamchimaktab
Dastur. 1-sinf (yordamchi maktab) Tevаrak – atrofni o’rganish yo’li bilan nutqni o’stirish. (haftasiga 1soatdan – jami 33soat) 2016, S.Saidazizova
1.Mustaqillik bayrami.Sentabr qo’shig’i1s.
2.Jonajon maktabim. 1s.Ko`p qavatli va bir qavatli maktab binosini rasmlarni kuzatib aytib berish.Sinf xonasi, maktab yo`lagi, maktab oshxonasi, sport zali.
3.Bizning sinf. 1s.Sinf xonasida joylashgan jixozlarning nomini to`g`ri tallafuz qilish. O`quvchilarning qoidalari bilan tanishtirish.
4.Kuz fasli. 1s.Sentabr kuz faslining birinchi oyi.Kuz faslida sodir bo`ladigan tabiat hodisalari bilan o`quvchilarni tanishtirish. Havoning ochiq bo`lishi, bulutli osmon, yomg`ir yog`ishi, shamol bo`lishi haqida tushuntirish.
5.O`quv qurollari va o`yinchoqlar. 1s.O`quv qurollari va o`yinchoqlarni nomlash va ularni bir so`z bilan nima deb atalishini tushuntirish. O`quv qurollari va o`yinchoqlarni “Buyumlarni nomlang”, “Oqtiqchasini top”, “Nima o`zgardi” kabi didaktik o`yinlarda mustahkamlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |