20. Bugun bayram.1s.O`quvchilar onalar haqida she`r yodlaydilar.Rasmni kuzatib, onalarimiz bayramiga tayyorgarlik haqida so`zlab berish.
21.Navro`z bayrami. 1s.Navro`z bayrami haqida, Navro`z qanday bayram, Navro`z bayramida qanday taomlar tayyorlanishi haqida tushuntirish.Navro`z taomi – sumalak haqida ma`lumot berish.
22. Fasllar.1s.Fasllarning o`zgarib turishi,fasllardagi sodir bo`ladigan tabiat hodisalari bilan o`quvchilarni tanishtirish. Havoning issiq,sovuq bo`lishi, tiniq osmon, ba`zida shamol bo`lishi, qor, yomg`ir,yoz yomg`iri yog`ishi haqida tushuntirish. Rasmga qarab bolalarning qishki va yozgi o`yinlarini so`zlab berish. Dalalarda, polizlarda pishiqchilik,o`quvchilarning yozgi ta`tili haqida tushuntirish.
23.Tana a`zolarimiz.1s.Insonning qanday tana a`zolari borligi haqida ma`lumot berish.Tozalik, ozodalik, gigiyena qoidalarini tushuntirish.
24. Mehnat qurollari.1s.Maktab ustaxonasi, mehnat qurollari bilan tanishtirish.
25. Yoz fasli – soz fasl. 1s.Yoz faslida sodir bo`ladigan tabiat hodisalari bilan o`quvchilarni tanishtirish. Havoning issiq bo`lishi, tiniq osmon, ba`zida shamol bo`lishi, yoz yomg`iri yog`ishi haqida tushuntirish. Rasmga qarab bolalarning yozgi o`yinlarini so`zlab berish. Dalalarda, polizlarda pishiqchilik,o`quvchilarning yozgi ta`tili haqida tushuntirish.
26. Hayot uchun xavfli.1s.Rasmlarni kuzatib, bolalar uyda kattalarning ruxsatisiz qaychi, pichoq, gugurt, gazni yoqishi, bolalar mashina serqatnov yo`llarda koptok o`ynashi mumkin emasligini tushuntirish.
27.Topishmoqlar.1s.O`quvchilarga topishmoqlarni bilishga, topishmoqlarni mustaqil topishga o`rgatish.
28.Quyonboy bilan tipratikan. 1s. Rasmga qarab ertakni so`zlab berish.
Nutq o`stirish 1sinf (haftasiga 1soatdan – jami 33soat)
Taqvim-mavzu reja 2016. S. Saidazizova
I chorak
Do'stlaringiz bilan baham: |