6.1-oktabr – O`qituvchi va murabbiylar kuni. 1s.
7.Oila. 1s.Rasmlarni kuzatib, oila a`zolarining nomini aytib berish. “Bu kim?” savoliga javob berish. “Mening oilam” nomli kichik hikoya tuzish.
8.Kiyimlar.Oyoq kiyimlar.1s.Rasmda tasvirlangan kiyimlar va oyoq kiyimlarning nomini to`g`ri aytib berish. Maktabda, uyda, mavsumiy kiyiladigan kiyimlarni, oyoq kiyimlarni rasmlarda ko`rsatish va aytib berish. Ustki kiyimlar va oyoq kiyimlarni ozoda saqlash haqida tushuntirish.
9.Sabzavotlar. Mevalar.1s.Rasmda tasvirlangan sabzavot,mevalarning nomini aytib berish.Nordon, shirin so`zlarning ma`nosini tushuntirish, ular ishtirokida gaplar tuzish.
10.Xonada o`stiriladigan gullar. 1s. Geran, gunafsha, fikus, liliya, aloe, kaktus xonada o`stiriladigan gullarni bilish.
11. Uy hayvonlari. Yovvoyi hayvonlar. 1s.Uy hayvonlari, yovvoyi hayvonlarining yashash joyi, oziqlanishi, nomlanishi haqida tushuncha berish.
12.Qushlar. 1s.Qushlarning nomlanishi, tashqi ko`rinishi, yashash joyi, insonlarga keltiradigan foydasi, insonlarning qushlarga qiladigan g`amxo`rligi haqida tushuntirish.
13. Transport. 1s.Transport turlari haqida o`quvchilarga o`rgatish. O`zbekistonda ishlab chiqarilgan mashina turlari haqida tushuntirish.
15. Yo`l harakati qoidalari. 1s.Yo`l harakati qoidalarini, yo`l harakati qoidalariga rioya qilish lozimligini o`quvchilarga tushuntirish.
14. Qish fasli. 1s.Qish faslida sodir bo`ladigan tabiat hodisalari bilan o`quvchilarni tanishtirish. Havoning sovuq bo`lishi, bulutli osmon, yomg`ir, qor yog`ishi, shamol bo`lishi haqida tushuntirish. Rasmga qarab bolalarning qishki o`yinlarini so`zlab berish.
16. Assalom, yangi yil! 1s.Yangi yil bayrami, qorbobo, qorqiz, archa, archa o`yinchoqlari haqida she`rlar yodlash, topishmoqlar topish, rasmlarni kuzatib gaplar tuzish.
17.Yil, oy, fasllar. 2s. O`quvchilarga yil, oy, fasllar haqida tushuntirish.
18.Bahor.2s.Bahor faslida sodir bo`ladigan tabiat hodisalari bilan o`quvchilarni tanishtirish. Havoning iliy boshlashi va issiq bo`lishi, bulutli osmon, yomg`ir yog`ishi, yomg`irdan so`ng kamalak chiqishi, shamol bo`lishi haqida tushuntirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |