Aqlli qishloq xo'jaligi
Download 37.88 Kb.
|
Smart Ag Syllabus UZB LATIN
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs tavsifi va maqsadlari
- Kursdan koʻzlangan natijalar
Smart qishloq xoʻjaligi fan dasturi "Aqlli qishloq xo'jaligi" kursi bo'yicha ushbu o'quv-uslubiy majmua USIAD ning Agrobiznesini rivojlantirish loyihasi doirasida quyidagi mutaxasislar ishtirokida ishlab chiqilgan: AQSh ning Missuri universitetidan Dr. Tszyanfeng Chjou, Dr. Kennet Shnayberger, Dr. Metyu Sveum; Toshkent Davlat agrar universitetidan dotsent Dilshod Mamadiyorov, professor Iroda Rustamova, katta o’qituvchi Abdulla Primov hamda Andijon Qishloq Xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutidan dotsent Baxodirjon Nosirov va katta o’qituvchi Turg’unboy Xolmatov. Kurs tavsifi va maqsadlari Kurs tavsifi Mazkur kurs davomida talabalar Buyumlarni internet orqali boshqarishning (Internet of Things - IoT) qishloq xoʻjaligida qoʻllanilishi bilan tanishtiriladi. Talabalar fermerlikni yanada samarali qilish va hosildorlikni oshirishda texnologiyalardan qanday foydalanish mumkinligini oʻrganadi. Kurs davomida ekish, sugʻorish, zararkunandalarga qarshi kurashish, ekinlar va chorvachilik monitoringi hamda hosil yigʻim-terimida texnologiyalardan foydalanish masalalari koʻrib chiqiladi. Kurs doirasida, shuningdek, qishloq xoʻjaligidagi ayrim tarixiy oʻzgarishlar hamda texnologik taraqqiyot qanday qilib sodda mehnat qurollaridan bugungi smart texnologiyalarni yaratish imkonini bergani koʻrib chiqiladi. Kursdan koʻzlangan natijalar Talaba rivojlanadi: Bilim: Qishloq xoʻjaligi texnologiyalari qanday rivojlanganini tushunish IoT va uning qishloq xoʻjaligida qoʻllanishini tushunish Turfa xil qishloq xoʻjaligi sharoitlarida IoTning turli texnologiyalarini tushunish Smart qishloq xoʻjaligining iqtisodiy va biznes foydalarini tushunish Koʻnikmalar: Muayyan qishloq xoʻjaligi ehtiyojlariga eng mos keladigan IoT qurilmalarini aniqlay olish Texnologik investitsiyalarning iqtisodiy foydasini belgilash Turli xil smart qishloq xoʻjaligi texnologiyalaridan foydalana olish Download 37.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling