Aqlli qishloq xo'jaligi
Download 37.88 Kb.
|
Smart Ag Syllabus UZB LATIN
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarkibiy qism Ballar Darslardagi ishtirok
- Sinfdagi topshiriqlarni bajarish 25% Taqdimot
Kursni tashkil etish
Bu kurs faol oʻrganish jarayoni asosiga qurilgan. Talabalar ishtiroki kursning muhim qismi hisoblanib, ular kurs mavzusini muhokama qilish va rejalashtirilgan tadbirlarda ishtirok etishga tayyor boʻlishi lozim. Talablardan, shuningdek, darslarga oʻz vaqtida kelish va eʼtiborli boʻlish talab etiladi. Barcha talabalar topshirilgan boblarni oʻqish va maʼruza slaydlarini oldindan skanerlashi zarur. Baholash Baholash Yakuniy baho sinfdagi topshiriqlar, oraliq nazorat va yakuniy imtihonlar yigʻindisi asosida aniqlanadi. Baholashning bir necha shaklidan foydalanishdan maqsad – oʻrganishning turli uslublari va turli qobiliyat egalarini adolatli baholash. Kursdagi ball taqsimoti quyidagicha:
Darslardagi ishtirok Darsda ishtirok etish bilan davomat bir xil narsa emas. Sizdan nafaqat darsga kelish, balki sinfdagi muhokamalarda ishtirok etish talab qilinadi. Siz har bir darsda gapirishingiz shart boʻlmasa-da, berilgan topshiriqni oʻqib kelib, muhokamalarga oʻz hissangizni qoʻshishingiz lozim. Shuningdek, siz sinfdagi muhokamalar chogʻida eʼtiborli boʻlishingiz, kursdoshlaringiz fikriga hurmat bilan munosabatda boʻlishingiz, maʼruzalar davomida savollar berish va ularga javob berishga tayyor turishingiz kerak. Sinfdagi topshiriqlarni bajarish Sizdan har bir dars davomida qisqa topshiriqni bajarish soʻraladi. Bu, odatda, yozma shakldagi qisqa fikr-mulohaza yoki oʻquv materialiga qoʻshimcha koʻrinishida boʻladi. Topshiriqlar har hafta darsdan keyin kursni boshqarish tizimiga joylashtiriladi va sizga javoblaringizni yuborish uchun bir hafta vaqt beriladi. Taqdimot va kurs ishi Sizdan smart qishloq xoʻjaligi bilan bogʻliq mavzuni tanlab, xulosalaringizni kurs ishi va taqdimot shaklida taqdim etish soʻraladi. Darsda oʻtilgan (yoki ularga yaqin boʻlgan) mavzular orasidan oʻzingizni qiziqtirgan mavzuni tanlashingiz, soʻngra uni ham muhandislik, ham biznes nuqtayi nazaridan batafsilroq maʼlumot bilan toʻldirgan holda tadqiq etishingiz lozim boʻladi. Boshqacha aytganda, yakuniy hujjatingiz nafaqat maʼlum bir texnologiyaning tavsifi boʻlishi, balki undan foydalanish toʻgʻrisidagi biznes qarorini asoslab berishi va bunday foydalanish natijasida qanday natijalarga erishish mumkinligini aks ettirishi lozim. Kurs ishi va taqdimot quyidagi yakuniy materiallar koʻrinishida boʻlishi lozim. Mavzu gʻoyalari (Bu - takliflar, xolos, siz tanlagan mavzu aniqroq boʻladi) Muayyan ekinni sugʻorishning yangi texnologiyalari Chorvachilikning muayyaan yoʻnalishidagi yutuqlar Qishloq xoʻjaligining muayyan sohasida dronlardan foydalanish bilan bogʻliq innovatsiyalar Muayyan ekinlar, mintaqalar yoki mamlakatlarda texnologiyalardan foydalanish amaliyotlarini taqqoslash Qishloq xoʻjaligida sunʼiy intellektdan foydalanish istiqbollari Yoki boshqa mavzu; gʻoyani muhokama qilish uchun oʻqituvchingiz bilan maslahatlashing Mavzu (kurs uchun beriladigan ballarning 3 foizi) Mazkur kurs smart qishloq xoʻjaligi texnologiyalarida qoʻllanadgan ilovalardan foydalanish bilan bogʻliq turfa xil mavzularni qamrab oladi. Chuqur oʻrganish uchun ushbu ilovalardan birini tanlashingiz kerak. Siz oʻzingiz tanlagan mavzu va u nima uchun tadqiq qilish uchun arzigulik ekani toʻgʻrisida fikrlaringizni yozma shaklda bir abzas hajmda bayon etishingiz kerak boʻladi. Adabiyotlar sharhi (kurs uchun beriladigan ballarning 7 foizi) Mavzu maʼqullangandan soʻng sizdan darsda muhokama qilinadigan manbalarga qoʻshimcha tarzda boshqa manbalarni izlash soʻraladi. Ular ilmiy tadqiqotlar, tarmoq nashrlari yoki OAVda eʼlon qilingan maqolalardan iborat boʻlishi mumkin. Siz ularning barchasidan foydalanishingiz mumkin. Siz tanlagan mavzuingiz boʻyicha kamida beshta manba topishingiz va har bir manba toʻgʻrisida umumiy maʼlumotlar jamlagan bir-ikki abzas yozishingiz lozim boʻladi. Dastlabki qoralama (kursga beriladigan ballarning 10 foizi) Topgan manbalaringiz toʻgʻrisida mulohazalar olinganidan soʻng maqolani yozishga kirishsangiz boʻladi. Kurs ishi besh-yetti betdan iborat boʻlib, mavzu boʻyicha topilgan maʼlumotlarning qisqacha mazmunini oʻz ichiga oladi. Bu dastlabki qoralama boʻlib, uni maqolaning ilk loyihasi, deb boʻlmaydi. Boshqacha qilib aytganda, u yakuniy boʻlishi shart emas, lekin puxta tahrirlanishi maqsadga muvofiq. Bu bosqichda siz kiritilishi kerak boʻlgan, ammo hali kiritilmagan narsalarni qayd etishingiz kerak. Yakuniy loyiha (kursga beriladigan ballarning 15 foizi) Kurs ishining yakuniy koʻrinishi olti-sakkiz bet atrofida boʻlishi va darslarning oxirgi kunida topshirilishi kerak. Siz oʻqituvchi tomonidan belgilangan barcha formatlash talablariga rioya qilishingiz kerak. Baho maqolada oʻqituvchining fikr-mulohazalari qanchalik inobatga olinganiga qarab beriladi. Taqdimot Nihoyat, siz sinf eʼtiboriga oʻz taqdimotingizni havola etasiz. Savollar uchun vaqtni hisobga olgan holda taqdimot 12-15 daqiqaga moʻljallangan boʻlishi kerak. Taqdimotdan maqsad - talabalar tanlangan mavzular toʻgʻrisida koʻproq maʼlumot olishi uchun ularga tadqiqotingiz orqali oʻrgangan narsalaringizni oʻrgatish. Davomat va sinf odobi Siz har bir darsda qatnashishingiz lozim. Agar uzrli sababga koʻra darsni qoldirishga majbur boʻlsangiz, menga oldindan xabar bering. Davomati yomon boʻlgan talabalarning darsda ishtirok etish uchun beriladigan ballari ham tushirilishi mumkin. Oʻqituvchi talabaga darsni semestr davomida (koʻpi bilan ikki kun) qoldirishga ruxsat beradi. Siz dars davomida oʻzingizni ogʻir-bosiqlik bilan tutishingiz, sinfdagilarga nisbatan eʼtiborli va hurmatli boʻlishingiz talab qilinadi. Bu - mobil telefonlardan foydalanish, matnli xabarlar joʻnatish, elektron pochtani tekshirish, gazeta oʻqish va hokazolardan tiyilishni anglatadi. Download 37.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling