Aqsad: Transformatorlarning ishlatilishi, bir fazali va uch fazali transformatorlarning
Download 41.78 Kb.
|
ТРАНСФОРМАТОРЛАРНИ ПАРАЛЛЕЛ УЛАШ. uz-assistant.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Transformatorlarning chulg‘amlarini ulanish guruhlarini bir xil bo‘lish sharti 3. Transformatorlarning transformatsiyalash koeffitsiyentlarini bir xil bo‘lishi sharti
TRANSFORMATORLARNI PARALLEL ULASH. MAQSAD: Transformatorlarning ishlatilishi, bir fazali va uch fazali transformatorlarning paralel ishlashini o‘rganish. REJA: Transformatorlarni paralel ishga ulash 2. Transformatorlarning chulg‘amlarini ulanish guruhlarini bir xil bo‘lish sharti 3. Transformatorlarning transformatsiyalash koeffitsiyentlarini bir xil bo‘lishi sharti 4. Qisqa tutashuv kuchlanishlari bir xil bo‘lishi sharti Transformatorlarni paralel ishga ulash. Pasaytiruvchi va kuchaytiruvchi podstansiyalarda podstansiyaning quvvatiga asosan ikkita va undan ko‘proq transformatorlarni parallel ishlashga ulanadi. Transformatorlarni parallel ishga ulash maqsadi generatorlarnikiga o‘xshash bo‘ladi: a) transformatorlardagi avariya holatlari va taomirlash davrida isteomolchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan taominlash; b) yuklamalar kamayganda transformatorlarning sonini kamaytirish hisobiga energiya sarfini kamaytirishga, f.i.k. larni oshirishga va ularning optimal ishlashlariga erishish. Parallel ishlayotgan transformatorlar uchun eng yaxshi sharoitlar yaratish maqsadida parallel ishga ulangan transformatorlar o‘rtasida yuklamani ularning nominal quvvatlariga proporsional ravishda taqsimlanishini taominlash kerak. Podstansiyaning yuklamasini transformatorlar o‘rtasida bunday taqsimlanishini taominlash uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak: 1.Transformatorlarni cho‘lg‘amlarini ulanish sxemalari va guruhlari bir xil bo‘lishi; 2.Transformatorlarni birlamchi va ikkilamchi nominal kuchlanishlari teng bo‘lishlari, yaoni transformatsiyalash koeffitsiyentlari teng bo‘lishi; 3.Transformatorlarning qisqa tutashuv kuchlanishlari teng bo‘lishi, yaoni qisqa tutashuv kuchlanishining aktiv va reaktiv tashkil etuvchilari o‘zaro teng bo‘lishlari. Agar birinchi ikkita shartga rioya qilinsa, salt ishlash rejimlarida parallel ishlashga ulangan transformatorlarning o‘xshash fazalaridagi ikkilamchi kuchlanishlari teng va fazalari bir xil bo‘ladi. Shuning uchun bunday transformatorlarni ikkilamchi cho‘lg‘amlari manbaga ulanganda hech qanday qo‘shimcha toklar hosil bo‘lmaydi. Aks holda ularning salt ishlash rejimlarida ham muvozanatlashtiruvchi toklar hosil bo‘ladi. Bu muvozanatlashtiruvchi toklar parallel ishlayotgan trans-formatorlarni ikkilamchi cho‘lg‘amlari hosil kilgan berk kontur ichida oqib o‘tadi va birlamchi cho‘lg‘amga transformatsiyalanadi. Muvozanatlashtiruvchi toklar yuklama tokiga qo‘shilib, transformatorlar o‘rtasida yuklamani notekis taqsimlanishiga, isroflarni ortishiga va transformatorlarni qizishiga olib keladi. Uchinchi shartning bajarilishi parallel ishlayotgan transformatorlar o‘rtasida yuklamani ularning nominal quvvatlariga nisbatan proporsional taqsimlanishini taominlaydi. Transformatorlarni birinchi marta parallel ishlashga ulanayotganda "Fazirovka"ni yaoni tarmoq bilan trans-formatorning fazalarini mos ekanligini tekshirish kerak. Download 41.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling