Aqsad: Transformatorlarning ishlatilishi, bir fazali va uch fazali transformatorlarning


Transformatorlarning transformatsiyalash koeffitsiyentlarini bir xil bo‘lishi sharti


Download 41.78 Kb.
bet3/3
Sana13.04.2023
Hajmi41.78 Kb.
#1350238
1   2   3
Bog'liq
ТРАНСФОРМАТОРЛАРНИ ПАРАЛЛЕЛ УЛАШ. uz-assistant.uz

Transformatorlarning transformatsiyalash koeffitsiyentlarini bir xil bo‘lishi sharti.

Faraz qilaylik, birlamchi va ikkilamchi kuchlanishlari teng bo‘lmagan E2 > E2 ikkita transformator parallel ishlashga ulangan bo‘lsin. Bu transformatorlarning cho‘lg‘amlarini ulanish guruhlari bir xil va qisqa tutashuv kuchlanishlari teng bo‘lsin. Transformatorlarning cho‘lg‘amlari hosil qilgan berk konturda ikkilamchi elektr yurituvchi kuchlarning farqi E hosil bo‘ladi va ikkilamchi cho‘lg‘amlar orqali elektr yurituvchi kuchlarning farqiga proporsional bo‘lgan muvozanatlashtiruvchi Im toki oqib o‘tadi. Bu holda birinchi transformator bu tokni uzatadi, ikkinchi transformator esa uni isteomol qiladi. Cho‘lg‘amlarda muvozanatlashtiruvchi toklar taosirida kuchlanish U ni pasayishi hosil bo‘ladi va ikkilamchi cho‘lg‘amlaridagi kuchlanishlarni tenglashtiradi. Transformatorlarga yuklama ulanganda yuklama toklari Iyuk1 va Iyuk2 hosil bo‘ladi. Muvozanatlashtiruvchi toklar yuklama toklariga qo‘shilib cho‘lg‘amlardagi toklarning kattaligini o‘zgartiradi va transformatorlarni haroratini ortishiga olib keladi. Davlat standarti transformatsiyalash koeffitsiyent-larining farqi 0.5% dan ortiq bo‘lmagan transformatorlarni parallel ishlashga ulash mumkinligini tavsiya qiladi. Davlat standarti transformatsiyalash koeffitsiyentlari K<3 bo‘lgan transformatorlarning transformatsiyalash koeffitsiyentlarini farqi 1 foizdan ortiq bo‘lmagan transformatorlarni parallel ishlash uchun ulashga ruxsat beradi.




Kisqa tutashuv kuchlanishlari bir xil bo‘lishi sharti.

Faraz qilaylik, uchta parallel ishga ulangan transformator-larning cho‘lg‘amlarini ulanish guruhlari bir xil va transformatsiyalash koeffitsiyentlari teng bo‘lib, qisqa tutashuv kuchlanishlari Uk%1Uk%2Uk%3 teng bo‘lmasin. Transformatorlardagi kuchlanishni pasayishi hamma transformatorlarda bir xil bo‘ladi.


U=U20 - U2, U= zI (6-3)


Transformatorlarning cho‘lg‘amlaridan oqib o‘tayotgan toklar I1+III+III=I shuning uchun parallel ishlayotgan transformatorlarning to‘la quvvatlarining arifmetik yig‘indisi yuklamaning to‘la quvvatiga teng.


SI+SII+SIII=S (6-4)


Parallel ishga ulangan transformatorlar o‘rtasida isteomolchilarning taqsimlanishini quyidagi ifoda yordamida aniqlashimiz mumkin:

(6-5)




bu yerda: S-isteomolchining to‘la quvvati; Snp - parallel ishga ulangan transformatorlarning nominal quvvatlarining yig‘indisi;Uk%p- parallel ishga ulangan transformatorlarning qisqa tutashuv kuchlanishlarining yig‘indisi.


Yuqoridagilarga asosan
SI :SII :SIII

yaoni transformatorlarning nisbiy yuklamalari ularning qisqa tutashuv kuchlanishlariga teskari proporsional bo‘ladi. Agar UKI%=UKII%=UKIII% bo‘lsa, u holda, SI=SII=SIII yaoni qisqa tutashuv kuchlanishlari teng bo‘lsa, transformatorlar o‘rtasida yuklama bir xil taqsimlanadi va yuklama ortganda transformatorlar ham nominal quvvatlariga erishadi. Qolgan hollarda qisqa tutashuv kuchlanishi katta bo‘lgan transformatorlar yukni ozroq olib, qisqa tutashuv kuchlanishlari kichik bo‘lgan transformatorlar esa yukni ko‘proq oladi.


Bu holda qisqa tutashuv kuchlanishi katta trans-formatorlarning quvvati-dan to‘la foydalanilmaydi. Davlat standarti bo‘yicha parallel ishlayotgan trans-formatorlarning qisqa tu-tashuv kuchlanishlarini o‘r-tacha arifmetik yig‘indi-sidan qisqa tutashuv kuchlanishi 10%dan ortiq farq qilmagan transformatorlarni parallel ishlash uchun ulashga ruxsat beriladi.
Shuningdek, parallel ishlayotgan transformator-larning quvvatlarini nisbati 3:1 dan kichik bo‘lmasligi kerak. Transformatorlarning quvvatlari ortsa ularning qisqa tutashuv kuchlanishlari ham ortadi.





18-rasm. Transformatsiyalash koeffitsiyentlari va ulanish guruhlari bir xil bo‘lgan, transformatorlarning soddalashtirilgan sxemasi
Download 41.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling