Arab frazeologizmlarini tarjima qilish xusususiyatlari


Download 29.95 Kb.
bet2/4
Sana04.02.2023
Hajmi29.95 Kb.
#1158640
1   2   3   4
Bog'liq
ARAB FRAZEOLOGIZMLARINI

Ishning maqsadi quyidagilardan iborat:

  • Tilshunoslikda frazeologizmlar haqida umumiy ma’lumot berish ya’ni frazeologizmlar nima va u qanday xususiyatlarga ega;

  • Zamonaviy tilshunoslikda frazeologizm muammolari va uni o’rganish;

  • Arab frazeologizmlarini tarjimada berish;

  • Arab frazeologizmlarini lingvomadaniy tahlil etish.

Ishning vazifasi. Frazeologizmlar haqida umumiy ma’lumot berish va arab frazeologizmlarini tarjimada berish va ularning tahlil etishga qaratish.
Ishning dolzarbligi. Arab frazeologizmlarni tarjimadagi muammolarini bartaraf etish.
Ishning tuzilishi. Bitiruv malakaviy ish kirish, ikki bob, xulosa, faydalanilgan adabiyotlar ro'yxati va ilovadan iborat.

1 BOB. FRAZEOLOGIZMLAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT

    1. Tilshunoslikda frazeologizmlar

“Frazeologiya” termini grek tilidan olingan bo‘lib, rhrasis- ibora, logos-ta’limot, ya’ni “Iboralar to‘g‘risidagi ta’limot” degan ma’noni beradi. Leksikologiya, jumladan, frazeologiyaga doir mavjud darslik, o‘quv qo‘llanmalar va ayrim ilmiy manbalarda esa frazeologiya terminiga quyidagicha izoh beriladi: “Frazeologiya yunoncha so‘z bo‘lib, rhrasis –fraza –ibora, ifoda; logos –bilim, ilm, fan, ya’ni iboralar haqidagi fan demakdir”. Umuman, frazeologizmlarning o‘rganish tarixiga nazar tashlaganda, shu narsa ma’lum bo‘ladiki, ular dastlab adabiyotshunoslikda paydo bo‘lgan ekan. Bu tabiiy hol. Qolaversa, mazkur tushunchalar ilk bor yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlarida, shuningdek, xalq og‘zaki ijodida o‘z ifodasini topgan.
Bundan tashqari, frazeologizmlarni lingvistik nuqtai nazardan o‘rganish zarurati ularni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish jarayonida paydo bo‘lgan. Bu xususida ilmiy tadqiqotlar olib borgan rus tilshunosi Y.D.Pinxasov shunday yozadi: “Ma’lum bir asarni bir tildan ikkinchi bir tilga tarjima qilish jarayoni juda qiyin kechgan. Shundan keyingina esa o‘sha tillardagi mavjud bo‘lgan frazeologik iboralar o‘rganila boshlangan”. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, frazeologizmlar dastlab adabiyotshunoslikda adabiyotshunoslar tomonidan o‘rganilganligi shubhasizdir. Keyinchalik esa, turli xildagi frazeologik lug‘atlarda oddiy so‘z ma’nolari izohlanganidek, tildagi frazeologizmlar ham atroflicha to‘planilib, ularni ma’nolari izohlanishiga kirishilgan. Ana shundan so‘ng frazeologizmlarning ma’nolari, ularning grammatik qurilishlari va boshqalar tilshunoslik fanida ham bosqichma-bosqich monografik planda o‘rganila boshlandi.
Rus tilshunosi V.V.Vinogradov frazeologizmlarning o‘rganilishi yuzasidan fikr yuritar ekan, shunday yozadi: “Frazeologiya termini dunyo tilshunosligida 1558-yili ingliz adabiyotshunos olimi Neandr tomonidan birinchi marta qo‘llangan. Chunonchi, u badiiy asarlarni tarjima qilishda, aynan, shu terminni qo‘llashni ma’qul ko‘rgan”. Frazeologiya sohasiga doir ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan o‘zbek tilshunoslari bu masalaga boshqacha yondashib, ilmiy asoslab, quyidagicha fikr bildiradilar: “Frazeologiya masalalari bilan tilshunoslar shug‘ullanganlari ma’qul. Chunki hozirgi davrgacha ham frazeologizmlar, maqollar, matallar, idiomalar, aforizmlar, hikmatli so‘zlar, topishmoqlar va turli xildagi qochirimlarning munosabatlari, o‘xshash hamda farqli tomonlari o‘zaro aralashib ketgan”.
Bularning o‘zaro farqlarini ajratish mushkul bo‘lib qolmoqda. Buning ustiga, bular yuzasidan har bir tadqiqotchining o‘z qarashlari mavjud bo‘lib, har bir muallim bu hodisani o‘zi tushungani darajasida talqin qilib keladi. Vaholanki, ular o‘rtasida farqlar bo‘lishi aniq. Aks holda ular turli xil terminlar bilan berilmas yoki belgilanmas edi. Bu xususida rus tilshunosi A.V.Fyodorov ham o‘z davrida fikr bildirgan. Uning fikricha, nutq vositalarining bu kategoriyasi faqatgina badiiy adabiyotlarning xususiy mulki bo‘lolmaydi. Chunki frazeologizmlar publitsistikada va qisman, ilmiy adabiyotlarda ham ishlatiladi. Shuning uchun ularga faqat badiiy adabiyotga taalluqli masala deb emas, balki juda muhim umumiy til masalasi sifatida qaralmog‘i kerak . Shunday ekan, frazeologiya tilshunoslikning ajralmas bir qismi bo‘lib, u frazeologik birliklarni o‘rganuvchi fan sohasidir. Frazeologiyaga yoki leksikologiyaga oid darslik va o‘quv qo‘llanmalarda frazeologiya termini tilshunoslikda ikki ma’noda qo‘llanilishi e’tirof etiladi. Birinchisi, tildagi frazeologik birliklarning jami ma’nosi bo‘lsa, ikkinchisi esa ana shunday frazeologik birliklarni o‘rganuvchi soha ma’nosidir . Endi shu xususida ham to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Gap shundaki, ayrim darsliklarda frazeologizmlar ta’rifi haqida gap ketganda frazeologik birlik yoki lug‘aviy birlik deb yuritiladi. Bizningcha, bu o‘rinda frazeologizmlar frazeologik birlik deb emas, balki lug‘aviy birlik deb yuritilgani ma’quldir. Chunki tilshunoslikda frazeologizmlar lug‘aviy birlik deb yuritiladi. Demak, ikki va undan ortiq so‘zdan tarkib topgan hamda yaxlit bir ma’no ifodalaydigan til birligi frazeologizmlar deyiladi.
Tilshunoslik boʻlimi sifatidagi frazeologiyaning asosiy diqqat eʼtibori frazeologizmlarni oʻrganishga qaratiladi. Frazeologizm— ikki yoki undan ortiq soʻzdan tashkil topgan, maʼnoviy jihatdan oʻzaro bogʻliq so’z birikmasidir.. Frazeologizm so‘z kabi lug‘aviy birlik hisoblanadi.Ular ham so‘z kabi tilda tayyor holda mavjud bo‘lganligi sababli nutq hodisasi emas, balki til hodisasidir.
Frazeologizmlar tuzilishi, leksik–semantik, funksional–uslubiy va sintaktik vazifalari, shuningdek, o‘ziga xos shakllanish xususiyatilariga ega bo‘lgan til birligidir. Frazeologiya – tilshunoslikning biror tilga xos barqaror so‘z birikmalarni va iboralarni o’rganadigan bo’lim. Tilshunoslikda frazeologiya atamasi Sharl Balli tamonidan ishlatilib, stilistika fani bilan qo’shib o’rganilgan, lekin frazeologiyani fan sifatida tan olish fikrini bildirgan taniqli tilshunos olim prof. E. F. Polivonovdir. Shu fikrni qullab quvvatlagan olimlardan yana biri mashhur tilshunos olim V.V.Vinogradovdir. U o’zining qator ilmiy tadqiqotlarida rus tilidagi frazeologik birikmalar ta‘limotlarni yig’adi va ularni semantik jihatdan guruhlarga bo’lib chiqadi. E.D.Polivanov va V.V.Vinogradovlar tomonidan o’rtaga tashlangan frazeologiya haqidagi fikrlar keyinchalik bu sohada ko’plab tadqiqotlarning yuzaga chiqishiga turtki bo’ldi. Lekin hozirga qadar frazeologiyani fan sifatida qarash yoki qaramaslik haqidagi fikrlar o’z yechimini to’laligicha topgan emas. Idioma frazeologizmlar, frazeologik birikmalar va turg’un iboralar (maqol va matallar, gapga teng boshqa frazeologizmlar) orasidagi bir qancha farqlarga qarab bir qancha olimlar frazeologiyani 2 xil: tor va keng ma‘noda izohlaydilar. Uni keng ma‘noda anglaganda frazeologiya ichiga maqol va matallar, xalq og’zaki ijodiga mansub bo’lgan iboralar, bir qancha so’zlashuv shakillarini (salomlashish, xayrlashish iboralarini) ham kiritishadi. Ammo frazeologiyani keng ko’lamda tushunish masalasi haligacha ham o’z yechimini topgani yo’q desak aslo mubolag’a bo’lmaydi.
Frazeologiyaning tilshunoslikning o’ziga xos sohasi sifatida rivojlanishi mashaqqatli yo’llarni boshdan kechirdi. Hatto atoqli ingliz tilshunosi Smirnitskiy ham frazeologiyaning alohida tilshunoslik sohasi ekanligi tarafdori bo’lgan. ― Frazeologik birikmalar nazariyasi bilan leksikologiyaning bir bo’limi bo’lgan frazeologiya o’rganishiga qaramasdan, u tilning sintaktik qismida o’rganilishi zarur. Agar biz frazeologiyani alohida soha deb tan olmaydigan bo’lsak, uni alohida fan deb aytolmaymiz degan edi Smirnitskiy ―”Лексикология англисково языка” asarida. [1. 53 b.] Кунин А.В. Курс фразеологии современного английского языка. –M
O‘zbek tilining frazeologik boyligini o‘rganishga bag‘ishlangan mukammal tadqiqotlarga egamiz. Adabiy til lug‘at tarkibining taraqqiyoti va boyishi xalq shevalari bilan uzviy va chambarchas bo‘g‘liqdir. Adabiy til normalarini belgilashda xalq shevalarining leksik, fonetik va grammatik xususiyatlariga suyanadi va ma’lum o‘ziga xos qonuniyatlar bilan rivojlanadi. Shunday ekan milliy tilning xalq shevalaridagi ko‘chma ma’noli iboralarni o‘rganish ham hozirgi o‘zbek adabiy tili taraqqiyotining, uning boyib borish yo‘llarini belgilovchi omillardan biri bo‘ladi.
O‘tgan asrning 50-yillarigacha frazeologiya hali o‘zbek tilshunosligi tarkibida mustaqil soha sifatida shakllanib yetmagan edi. Bu davrda frazeologiyaga doir dastlabki ma’lumotlar turg‘un birikmalarga oid ilk nazariy fikrlar grammatika va stilistikaga, ayrim o‘zbek shoirlari, yozuvchilarining badiiy mahorati tadqiqiga bag‘ishlangan ishlarda ko‘zga tashlanadi. Bunday ishlar A.G‘ulomov, U.Tursunov, V.Abdullayev, H.Zarif, N.Mallayev singari mashhur tilshunos va adabiyotshunos olimlarning qalamiga mansubdir. Jumladan, A.Sa’diy, V.Abdullayev kabi adabiyotshunoslarning A.Navoiy asarlarida turg‘un birikmalar, xalq iboralarining qo‘llanilishiga oid fikrlari hozir ham o‘z qimmatini saqlab kelmoqda. O‘zbek frazeologiyasiga doir dastlabki ishlar o‘tgan asrning 50-yillarining boshida yuzaga keldi. Ular qatoriga Sh.Rahmatullayevning ishlarini kiritish mumkin.
Masalan, Sh.Rahmatullayev idiomatik so‘zlar haqidagi fikrini rivojlantirib, til birliklarini etimologik jihatdan qo‘shma so‘zga teng idiomatik so‘zlar deb tahlil qilgan.Uning “O‘zbek frazeologiyasining ba’zi masalalari” nomli monografiyasining yana bir xarakterli tomoni shundaki, undan frazeologik omonimlarni frazeologik paronimlar va frazeologik paraformalardan farqlashga harakat qilinganligidir.
Sh.Rahmatullayevning talqiniga ko‘ra o‘zaro frazeologik omonimlar va frazeologik paronimlar shuningdek frazeologik omoformalar va frazeologik paraformalar birbiriga shu qadar o‘xshash bo‘ladiki, ulardan biri o‘rniga ikkinchisini xato ishlatib yuborish mumkin. Agar iboralar o‘zaro tarkibidagi biror so‘z komponenti bilangina farq qilsa, ularni frazeologik paronimlar deb yuritish mumkin bo‘ladi. Masalan, “ko‘nglini ko‘tarmoq” – “ko‘ngli ko‘tarildi” va “ko‘nglini tog‘day ko‘tarmoq” – “ko‘ngli tog‘day ko‘tarildi”.
Agar ba’zi iboralar biri ikkinchisida yo‘q garmmatik shakllanish sistemasiga ega bo‘lsa, frazeologik paraformalar haqida gapirish mumkin bo‘ladi. Masalan, “jon(i)kirdi” – “jonini kirgizmoq” va “jon kirdi” –“jon kirgizmoq” kabilar. So‘nggi yarim asr davomida frazeologiya jahon tilshunosligining diqqat markazida bo‘ldi, bir qator monogrfik ilmiy izlanishlar natijasida uning ob’yekti aniqlandi, tadqiqot metodlari ishlab chiqildi va bu fan tilshunoslikning boshqa sohalari qatorida o‘z o‘rnini shakllantirdi. Hozirgi kunda bu termin ikki ma’noda qo‘llanilmoqda:

So‘nggi yillarda ko‘plab tillar materiallari asosida olib borilgan keng ko‘lamli frazeologik tadqiqotlar natijasida frazeologizmlar quyidagicha ta’riflanmoqda. Ikki yoki undan ortiq komponentdan tashkil topgan, yaxlit frazeologik ma’no anglatuvchi turg‘un til birligi frazeologizm yoki frazeologik birikma (ibora) deyiladi.
Umuman olganda, bunday tadqiqotlar mamlakatimizda kelgusida qiyosiy frazeologiya sohasida juda ko‘p ilmiy ishlar olib borish mumkinligini amaliy jihatdan isbotladi. Chunki, o‘zbek va ingliz, o‘zbek va nemis, o‘zbek va tojik, o‘zbek va fransuz, o‘zbek va arab, o‘zbek va qoraqalpoq tillarining frazeologiyasini qiyosiy-tipologik jihatdan tahlil etish xalqaro miqyosda mamlakatimiz nufuzi ortib borayotgan bir sharoitda o‘zbek frazeologiyasining dolzarb muammolaridan birini tashkil etadi.
Arab tilida esa, umuman, hozirgi arab tili frazeologiyasining o‘ziga xosligi shundan iboratki, sinonim bo'lgan erkin iboralar deyarli yo'qligida bir xil vazifani bajaradigan frazeologik birliklar. Shu bilan birga, arab frazeologizmlarining o’ziga xosligi zamonaviy tilshunoslik nazariyasi atamalaridan foydalanish imkonini beradi. Chunki bu nazariyaning kontseptsiyasi va atamalari asosan hind-evropa tillari materiallari ustida ishlab chiqilgan. Dunyo tilshunosligini nazariy jihatdan o'rganishda arab frazeologik birliklari materialidan foydalanish alohida o‘rin tutadi [2].

    1. Zamonaviy tilshunoslikda frazeologizm muammolari

Tilshunoslikning bo‘limi sifatida frazeologiyaning predmeti frazeologik birliklarning kategorik belgilarini o‘rganish bo‘lib, ular asosida frazeologik birliklarning asosiy belgilari aniqlanadi va frazeologik birliklarning tilning maxsus birliklari sifatida mohiyati to‘g‘risidagi masala hal qilinadi. shuningdek, frazeologik birliklarning nutqda ishlash qonuniyatlari va ularning shakllanish jarayonlarini aniqlash. Biroq, bitta tadqiqot mavzusi mavjud bo'lganda va frazeologiyaning ko'plab savollari batafsil ishlab chiqilganiga qaramay, rus tilining frazeologiyasi hajmida bo'lgani kabi frazeologik birlik nima ekanligi to'g'risida hali ham turli nuqtai nazarlar mavjud.
Turli olimlar tomonidan taklif qilingan rus tilining frazeologik birliklari ro'yxati bir-biridan shunchalik farq qiladiki, biz biron bir sababga ko'ra tadqiqot mavzusi bo'yicha turli xil, ko'pincha qarama-qarshi, hatto bir-birini inkor etuvchi qarashlar haqida gapirishimiz mumkin. tegishli tushunchalarni belgilash uchun ishlatiladigan ilmiy terminologiya ...
Bu "frazeologiya" atamasining vazifalari, maqsadlari va mohiyatini tushunishning noaniqligini, shuningdek, rus tilidagi frazeologik burilishlarning semantik birlashishi nuqtai nazaridan etarlicha aniq yagona tasnifi mavjud emasligini tushuntiradi. Garchi eng keng tarqalgan (aniqliklar va qo'shimchalar bilan) V.V.Vinogradovning tasnifi. Shuning uchun, nihoyat, rus frazeologik tizimida ko'p narsa endigina o'rganila boshlandi
Frazeologiyaning asosiy vazifalari yoki masalalari: frazeologik tarkibning izchilligini aniqlash va shu munosabat bilan frazeologizmning belgi(lik) xususiyatini oʻrganish; frazeologizmlar omonimiyasi, sinonimiyasi, antonimiyasi, polisemiyasi va variantdorligini tavsiflash; frazeologizmlar tarkibida qoʻllanuvchi soʻzlar va ularga xos maʼnolarning oʻziga xos xususiyatlarini aniqlash; frazeologizmlarning soʻz turkumlari bilan oʻzaro munosabatlarini oydinlashtirish; ularning sintaktik rolini aniqlash; frazeologik birliklar tarkibida soʻzlarning yangi maʼnolari hosil boʻlishini oʻrganish va boshqa frazeologiya frazeologik birliklarni ajratish prinsiplarini, ularni oʻrganish, tasniflash va lugʻatlarda tavsiflash metodlarini ishlab chiqadi. Frazeologiyada ishlab chiqilgan oʻziga xos, xilma-xil metodlar asosida tilning frazeologik tarkibi turlicha: struktursemantik, grammatik, vazifaviy uslubiy asoslarga ko`ra tasnif etiladi. Struktursemantik tasnif prinsipi asosiy hisoblanadi. Frazeologiya tilshunoslikning mustaqil tarmogʻi sifatida 20-asrning 40-yillarida rus tilshunosligida paydo boʻlgan. Uning dastlabki shakllanishiga rus olimlari A.A.Potebnya, I.I.Sreznevskiy, A.A.Shaxmatov asarlarida asos solingan boʻlsa, barqaror (turgʻun) soʻz birikmalarini alohida tilshunoslik boʻlimi - frazeologiyada oʻrganish masalasi 20-40-yillardagi oʻquv-metodik adabiyotlarda - Ye.D.Polivanov, S.Abakumov, L.A.Bulaxovskiy asarlarida koʻtarib chiqilgan. Gʻarbiy Yevropa va Amerika tilshunosligida frazeologiya tilshunoslikning alohida boʻlimi sifatida ajratilmaydi [3]
Frazeologiya fan nuqtai nazari ikki ma’noli bo‘lib, uning birinchi ma’nosi barcha ko‘chma ma’nodagi turg‘un so‘z birikmalari (frazeologizmlar) ning umumlashmasi bo‘lsa, ikkinchi ma’nosi esa, turg‘un so‘z birikmalari o‘rganiladigan tilshunoslikning bir bo‘limini anglatadi. Frazeologiyaning turli xil muammolari bilan ko‘plab tilshunos olimlar shug‘ullanib kelishmoqda. Ingliz tilidagi ko‘plab ilmiy asarlar frazeologiyaning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan. U erda frazeologizmlar ma’nolarining batafsil tushunchalari va ularning kelib chiqishi haqida ko‘plab muhim ma’lumotlarni topish mumkin. Lekin frazeologizmlarning nazariy izohlari mavjud emas. Ushbu asarlarda alohida tasvirlangan hususiyatlar mavjud bo‘lib, ulardan asosiy ma’lumotlar olish uchun foydalanish mumkin. Tilshunoslik fani taraqqiyotining hozirgi davrida frazeologik birliklarga xos bo’lgan muammolarni o’rganish hozirgi zamonda kun tartibidagi o’ta dolzarb masalalardan biri bo’lib qolmoqda. Til tarixiga nazar tashlaydigan bo`lsak, frazeologiyaga bog’liq muammolar doimiy tarzda tilshunoslar diqqat markazida bo’lib kelgan. Frazeologizmlarni o’rganish tarixi ikki asrni o’z ichiga oladi.
O’zbek tilshunosligida frazeologizmlarni sistemali ravishda o’rganish Sh.Rahmatullayev, Ya.Pinxasov, A.Shomaqsudov, M.Xusainov ishlarida boshlangan. “Ta’kidlash lozimki, ilmiy adabiyotlarda ushbu til birligi frazeologizm, frazeologik birlik kabi terminlar bilan ataladi, leksema, morfema terminlariga monand ravishda frazema deb atalishi ma’qul. Frazema lisoniy birlik sifatida miyaning til xotirasi qismida mavjud ramzga teng: frazemadan foydalanishda ana shu ramzdan nusxa olinadi. Frazema lisoniy birlik sifatida qismga teng bo’ladi, ma’lum grammatik belgi-xususiyatlar qo’shilgandan keyingina butunga aylanadi va nutqda ishlatiladi, keyingi holatida frazema nutqiy birlikka teng bo’ladi va frazema shakl deyiladi” [4].
Lisoniy birlik sifatida frazeologizm ikki jihatning - ifoda jihatining va mazmun jihatining bir butunligidan iborat. Frazeologizmlarning ifoda jihati deb ularning asli qanday til birliklardan tarkib topgani tushuniladi. Frazeologizm ikki va undan ortiq leksemaning o’zaro semantik- sintaktik bog’lanib, umumlashma ko’chma ma’no kashf etishi bilan yuzaga keladi. Frazeologizmlarda birikmaning, gap shaklining ma’lum bir qolipi doimiy tarkibiy qism sifatida leksemalar va morfemalar bilan to’ldirilgan bo’ladi.
Frazeologizmlarni nutqni bezovchi vosita sifatida o‘rganish umuman xato hisoblanib, ular ham boshqa til birliklariga o‘xshab yuqori informativ shakldagi xususiyatga ega bo‘lish bilan birgalikda, tilda nominativ va kommunikativ vazifa bajaruvchi birliklar hisoblanadi. Frazeologizmlar universal til vositalari bo‘lib, ularsiz til mavjud emas. Frazeologizmlarning stilistik imkoniyati o‘ta muhumdir. Frazeologik stilistika, frazeologik birliklarning uslubiy xususiyatlarini tadqiq etadi va bu sohada leksik uslubshunoslik tajribasiga, turli stilislik birliklar tahliliga tayanadi. Zero, frazeologik birliklar tilda nominativ funksiya bajarish bilan bir qatorda, malum bir emotsionallikka, ekspressiv o‘ziga xosliklarga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Til tarixi hamda etimologiya frazeologik birliklarning etimologik tahlilida o‘ziga xos o‘rin egallaydi.
Frazeologiya deganda barqaror so’z birikmalari va tilshunoslikning barqaror so’z birikmalarini o’rganadigan bo’limini tushunishimiz mumkin. Frazeologizmlar maqol, matal va idiomalardir. Turmushda sinalgan, tugal va umumiy ma’no anglatuvchi, ixcham, jarangdor shaklga kirib qolgan xalq hikmatiga maqol deyiladi. Matal - tugal ma’no ifodalamaydigan obrazli ibora, hikmatli so’z (masalan, qizil qor yoqqanda). Idioma - ma’nosi o’z tarkibidagi so’zlarning ma’nolariga bog’liq bo’lmagan, yaxlit holda bir ma’no beruvchi ixcham ibora (masalan, bosh qotirmoq, pichoqsiz so’ymoq).
Arab tilidagi frazeologik birliklar milliy xususiyatni yaqqol aks ettiradi va arablarning mentaliteti, ularning kundalik xulq-atvori va muloqot uslubi qoida tariqasida, hissiy ekspressiv vosita sifatida ishlatiladi. Frazeologik iboralarning ba’zilari tilda mavjud bo'lsa-da, ulardagi komponentlarni almashtirish juda cheklangan yoki mutlaqo mumkin emas. Nutqda ular alohida leksema bilan ifodalangan tushuncha ma’nosini bildiradi, ya’ni. "bitta so'zning ekvivalenti sifatida" vazifa bajaradi [6. 504 b. Ахманова О.С. Словарь лингвистических терминов. — М.: Едиториал УРСС, 2004]
Frazeologik birliklarni tarjima qilishning qiyin muammolaridan biri bu ularning vazifaviy va semantik tomondan ajralmas birliklar bo’lib hisoblanishidir. Ularning idiomatik ma’nosi bor, nutqda esa tayyor birlik sifatida namoyon bo’ladi. Frazeologik birliklarning milliy-madaniy xususiyatlari mavjud va ular tarjimada turli muammolar paydo qiladi. Arab tilidagi frazeologizmlar ham arablarning milliy mentalitetining o’ziga xos xususiyatlarini, ularning kundalik xulq-atvori va muomala uslubini aniq aks ettiradi.
Frazeologik birliklar bir tildan boshqa tilga to’rt yo’l orqali tarjima qilinadi:
1. Grammatik, semantik va uslubiy moslashishlar orqali
2. Semantik ekvivalentlar orqali
3. Kalka orqali
4. Tasviriy (bayon) tarjima orqali[5].

Download 29.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling